Mavzu: Kompyuter va uning qurilmalari


Download 236.77 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi236.77 Kb.
#1040132
Bog'liq
1-maruza


1-maruza
 Mavzu: Kompyuter va uning qurilmalari

Reja :
 

  1. Kompyuter haqida umumiy tushuncha.


  1. Kompyuterning asosiy qurilmalari

 

  1. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari.

 
 
KOMPYUTER
 
Kompyuter deganda- dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. Birinchi shaxsiy kompyuter 1973- yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977- yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri
kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
 
Sistema bloki asosiy qurilma  Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira
qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar
saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.
 
 

 
Ona plata sistema blokining qismlari
Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. mainboard — Asosiy plata; материнка) Shaxsiy kompyuterning asosiy komponentlari (Markaziy protsessor, TXQ kontrolleri va TXQ, yuklanuvchi DXQ, BIOS kontrollerlari) o’rnatiladigan plata. Odatda ona platada razyomlar (slotlar) joylashgan bo’ladi.
 

 
 
Mikroprotsessor sistema blokining qismlari
Mikroprotsеssor (MP) ShK ning markaziy bloki bo’lib, u ma­shinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmеtik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan.
 
Mikroprotsessor- ma`lumotlarni qaytaishlovchi va barcha qurilmalarni boshqaruvchi sxema
 

 
Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio-axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o'z mikro- protsessoriga ega bo'lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o'zgartirish va chiqarishida o'zgartirishni ta'minlaydi.
 

 
 
Video platasi sistema blokining qismlari
Video plata-(ing. Graphics adapter) - murakkab tasvirlar va
millionlab ranglarni qayta ishlashni ta'minlab beruvchi plata. Bu plata 16 o'z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo'ladi. Zamonaviy video-plata hajmli va uch o'lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko'p dasturlar va o'yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig'imli video- platalar bilangina ishlaydi.
 

 
Vinchester sistema blokining qismlari
Vichestor-qattiq disk(ing.HDD,Hard—qattiq,Disk—disk,Drive—dvigatel) -deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy 17 platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi juda tez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o'rnatilayotganda kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog’lab qattiq diskka yozib saqlanadi.

 
 
Monitor
Monitor –Ma’lumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga chiqarish qismi.

MONITOR TURLARI
 
Elektron nurli trubkali Suyuq kristalli
 

 
 
Plazmali (LED) Sensorli monitor
 

 
 
 
 
 
Klaviaturalar (asosiy qurilmalar)
Klaviatura –kompyuterga ma’lumotlarni kiritish qurilmasi.Uning quyidagi turlari mavjud:
 
Standart (103ta klavish) Multimediali Erganamik
 

 
 
 
Sichqoncha-kompyuterga axborotlarni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi.Ular klaviaturaning o’rnini to’laligicha almashtira olmaydi.Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmasiga egadir.
 

 
 
Modem (qo`shimcha qurilmalar)
Modem–axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o`tkazuvchi maxsus electron qurilma.Modem modulyator va demodulyator so`zlari birikmasidan xosilbo`lgan .Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880,33600 bobdan iborat.
Modem tushunchasi va uning vazifasi. Modem modulyator –demodulyator so`zlarining qisqartmasi hisoblanadi.Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo`ylab uzatishdan iborat. Modem signalni telekommunikasiyalar bo`ylab Modem ichki va tashqi turlarga bo`linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikasiya tarmoqlariga ulanish uchun hizmat qiladi.







Tashqi faks /modem
 

Simsiz modem
 

Ichki modem

 
Videoproektorlar-ma’lumotlarni yirik o’lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmadir.Unda tasvir o’lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi.Bu qurilma kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo’ljallangan bo’lib ko’proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish etish uchun ishlatiladi.

 
 
Kolonka(qo`shimcha qurilmalar)
Qo`shimcha qurilmalarKalonka-tovushli ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari, Aktiv kalonkalar dinamiklar soni (1 yoki 2) bo’yicha har xil bo’ladi.

 
Skaner (qo`shimcha qurilmalar)
Skaner-tasvir va matn ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli va rangsiz bo’ladi.
 

 
 
Printer(qo`shimcha qurilmalar)
Printerlar-ma’lumotlarni bosmaga chiqarish qurilmasi. Printerlarni lazerni, matritsali,bosma turlari bor . Matritsali printer pechatlash qurilmasiga o’xshaydi. Sepuvchi printerlarda qog’oz ustidan bo’yoq joylashgan qurilmalar harakatlanadi va kerakli joyga bo’yoq
bilan nuqta qoldiradi. Lazer printerlarni pechatlashi
kserokslar ishlashiga o’xshash holda bo’ladi.
 

 
Plotter(qo`shimcha qurilmalar)
Plotterlar-ma’lumotlarni bosmaga chiqarish qurilmasi. Printerdan farqli ravishda plotter katta hajmadagi qog’ozlarga , bannerlarga ma’lumotni bosmalaydi

 

Operativ xotiralar tezkor hotira bo’lib,odatda zamonaviy platalar ikki turdagi DDR hotiralari bilan ishlay oladi. SDRAM va DDR2.
 

 
Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar:fleshka,CD va DVD disklar
Fleshkalar juda katta hajmdagi axborotni o’z ichiga sig’dira oladigan yarim o’tkazgichli elementlardan qurilgan hotira.Hozirda flash hotiralarining hajmi 32 gb gacha bo’lgan axborotni o’ziga sig’dira oladi.
 

 
CD disklar bu kompakt disk so’zlarining bosh harflaridan olingan nomli disklar bo’lib, axborotlarni saqlash uchun optic yuzadan iborat,yumaloq disk ko’rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi.Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo’lib, unga ma’lumot o’quvchi disk qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o’qiladi.
 

 
 
DVD disklar bu dijigal video disk so’zlarining bosh harfidan iborat nomli disklar hisoblanadi.Bu disklar 4,5 Gbayt hajmga ega bo’lib,CD disklarga nisbatan 7 barobar ko’p axborot sig’dirishi mumkin.
 

 
 
 
5.Mustahkamlash.”turli testlar”har bir o’quvchiga tarqatiladi.
 
 
Download 236.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling