Mavzu: Kompyuterlarning raqamli mantiqiy satxi


Download 174.21 Kb.
bet3/3
Sana02.04.2023
Hajmi174.21 Kb.
#1320460
1   2   3
Bog'liq
Abdivaxobov samariddin

Ikkinchi sath – buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi.
Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan
protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi
keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti
tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Uchinchi sath – operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi.
Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik
buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham,
mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi
va ishlatilishi mumkin. Operatsion tizim sathi ba’zi bir qo‘shimcha xususiyatlarga
ega. Bu – unda xotiraning boshqacha tashkil qilinganligi, bir vaqtda ikki va undan
ortiq dasturlarni bajara olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim
sathining yangi buyruqlar to‘plamiga ega ekanligi xususiyatlaridir

To‘rtinchi va beshinchi sathlar – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi
va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab
chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy
dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi tillardan
tashkil topgan bo‘ladi.
Kompyuter tuzilishini ko‘p sathli ko‘rinishda ifodalanishi va sathlarga oid
muhokamalarni shu erda to‘xtatib, kompyuter arxitekturasini o‘rganishda muhim
hisoblangan ba’zi bir xulosalarni keltirib o‘tamiz. SHunday qilib, hozirgi
kompyuterlar bir-nechta sathlarning ierarxik tuzilishi shaklida loyihalanadi va ishlab
chiqariladi. Har bir sath turli xil ob’ektlarning va amallarning ma’lum bir
abstraksiyasini, ya’ni ma’lum darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi. Kompyuterlar
tuzilishini bunday o‘rganish bilan biz, murakkab bo‘lgan jihatlarni tushunish uchun,
nisbatan soddaroq ko‘rinishda ifodalash va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va
tavsiflar xillarining to‘plami arxitektura deb ataladi. Arxitektura - kompyuterni
qanday dasturlanishi, ishlanishi va ishlatilishi kabi jihatlariga bog‘liq tushuncha
hisoblanadi. Masalan, biron-bir dasturni yozish va ishlatish uchun zarur bo‘ladigan
xotiraning xajmi haqidagi ma’lumot - bu arxitekturaning bir qismidir. Ushbu
xotiraning qanday ishlab chiqilganligi, ya’ni unda qo‘llanilgan texnologiya esa
arxitekturaning bir qismi hisoblanmaydi.
Kompyuterning yoki kompyuter tizimining dasturiy elementlarini loyihalash
usullarini o‘rganish bilan biz, kompyuter arxitekturasini o‘rganamiz. Amaliyotda
kompyuter arxitekturasi va kompyuterni tashkil qilish degan iboralar sinonim
iboralar sifatida qo‘llaniladi.

XULOSA
Men 21-03 guruh talabasi ______________________________ ushbu mustaqil ishni bajarish davomida Kompyuterlarning raqamli mantiqiy satxi.

  • haqida bilimlarga ega bo’ldim.


Menga berilgan individual topshiriqni chuqur o’rganib chiqdim
Adabiyotlar


  1. Таненбаум Э. Современные операционные системы – СПб.: Изд. Питер, 2002.

  2. Ahmedov A, Toyloqov N. Info’rmatika. To’shkent. “O’ʻzbekisto’n”. 2002 y

  3. Леонтьев В.П. Новейшая энциклопедия персонального компьютера. –М: Изд. ОЛМА-ПРЕСС, 2003.

4. P. Brinch Hansen, The evolution of operating systems. In Classic Operating Systems: From Batch Processing to Distributed Systems, P. Brinch Hansen, Ed. Copyright (c) 2000, Springer-Verlag, New York.


Download 174.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling