Мавзу: Кон машиналари электр жиҳозлари


Download 1.53 Mb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1570002
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mirza


РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЬЛИМ, ФАН ВА ИННОВАЦИЯЛАР ВАЗИРЛИГИ
ИСЛОМ КАРИМОВ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТЕҲНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ОЛМАЛИҚ ФИЛИАЛИ
Мавзу: Бир чўмичли ва роторли экскаваторларни автоматлаштириш аппаратлари
Гуруҳ: 5Б-С19КЭМ
Бажарди: Ўразбаев М
Текширди: Шойимов. Й.Ю
Олмалиқ 2023

Reja:


Кириш
Бир чўмичли ва роторли экскаваторлар
Экскаваторларни автоматлаштириш аппаратлари

Kirish


Tog’-kon sanoatida texnik taraqqiyotning asosiy yo’nalishlari – foydali qazilmalarni ularning sifatini yaxshilash bilan birga qazib olish unumdorligini oshirish uchun texnika va texnologiyani keng masshtabda takomillashtirish; xavfsiz mehnat uchun sharoitlarini ta’minlashda yangi vositalarni ishlab chiqish va qo’llash; barcha ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarishga ega yuqori mexanizatsiyalangan karyerlar va razrezlarni yaratish. Zamonaviy karyer (razrez) yuqori darajada mexanizatsiyalangan korxonani ifoda etadi. Ochiq kon ishlaridagi asosiy kon mashinalari bir va ko’p cho’michli ekskovatorlar, tog’-kon komplekslari, burg’ulash dastgohlari, turli transportlar, bularning ko’pchligi murakkab elektr uskunalari bilan ta’minlangan. Zamonaviy qudratli ekskovatorlarda o’rnatilgan elektr mashinalaring quvvati o’rta va katta korxonalar quvvati bilan solishtirsa bo’ladigan 20MW va undan ko’pga ham yetadi. Tog’-kon mashinalari va komplekslari, asosan katta yagona quvvatli, ish unumdorligi va chiqarilayotgan mahsulot sifati oshishiga olib keluvchi mukammal elektr tarmoqlari sistemasi va kon korxonalari elektr ta’minotini qo’llashni talab etadi.

Asosiy qism


Bir cho‘michli ekskavator deb, siklik (davriy) ishlaydigan, tuproq qazuvchi o‘ziyurar mashinaga aytiladi. Uning ish jarayoni quyidagidan iborat: muayyan konstruksiyali va sig‘imli yakka cho‘michi bilan tuproq-gruntni massivdan ajratib olib, bo‘shatish joyiga keltiradi va maxsus joyga yoki transport vositasiga bo‘shatadi. Тuproq qazish ishlarining yarmidan ko‘pi bir cho‘michli ekskavatorlar bilan bajariladi. Bir cho‘michli ekskavatorning ish sikli quyidagi operatsiyalardan iborat: cho‘michni zaboyga tushirish; ma’lum qalinlikdagi grunt qatlamini kesib olib cho‘michni to‘ldirish; ekskavator platformasini burib, cho‘michni grunt bo‘shatiladigan joyda to‘xtatish; cho‘michni bo‘shatish va platformani burib, bo‘shagan cho‘michni zaboyda to‘xtatish. Odatda har qaysi sikl ekskavatorning o‘zini yurgizmasdan bajariladi. Zaboyning mazkur qismi qazib bo‘lingandan keyingina, ya’ni cho‘mich bilan gruntni olish mumkin bo‘lmay qolganda ekskavator boshqa joyga quriladi. Ekskavator gruntni kovlaydigan va uni tashiydigan ish organidan, yurish qismidan, barcha mexanizmlarni harakatga keltiruvchi kuch ustanovkasidan, mashinaning ish organlari va mexanizmlariga harakat uzatuvchi transmissiyadan, ish jihozlari o‘rnatiladigan, mahkamlanadigan hamda buriladigan tayanch-burilish qurilmasidan va ekskavatorni boshqarish tizimidan tuzilgan.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling