Mavzu: Ko‘ndalang kesimlar, mustahkamlagich turlari va kon lahimlarini o‘tkazish usullari Reja: Mustahkamlagich materiallari Kon lahimi mustahkamlagichlari Kon lahimlarini o‘tish usullari va texnalogiyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Mustahkamlagich
Kon lahimlarini o‘tish texnologik pasporti
Download 112 Kb. Pdf ko'rish
|
Kon lahimlarini o‘tish texnologik pasporti
Lahim o‘tish texnologik pasporti texnikaviy hujjat bo’lib, grafik va tushuntirish xatlaridan tashkil topadi. Texnologik pasportda uskunalarning joylashish sxemasi, lahimni mustah- kamlash pasporti. burg‘ilab-portlatish ishlari pasporti (agar kon massivini portlatish orqali parchalash zarur bodganda), lahim kavjoyini shamollatish sxemasi. lahim o‘tishjarayonlarini tashkil qilish grafigi kabi texnikaviy hujjatlar keltiriladi. Mustahkamlash pasporti mustahkamlagich konstruksiyasi, uning elementlari va kon lahimi o'lchamlari, mustahkamlash materiallariga bo‘lgan talab va ehtiyoj kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Burg‘ulab-portlatish ishlari pasporti shpurlar soni va chuqur ligini ko‘rsatgan holda ularning kavjoyda joylashish sxemasi. shpurga joylashtiriladigan portlovchi modda zaryadining miq- dori, shpurlarni portlatish navbati, portlovchi modda va portlatish vositalarining rusumlari (tipi), ularni 1 m lahim o‘tish- da sarflanishi kerak bo’lgan me’yori, shpurlardan foydalanish koeffitsiyenti, kavjoyni bir siklda surilish masofasi va boshqa ko‘rsatkichlar yig’indisi ko‘rinishida bo’ladi. Lahim o‘tish texnolgik pasportining asosiy qismlaridan biri — bu lahim o‘tish jarayonlarini tashkil qilish grafigidir. Bu grafikda lahim o‘tish jarayonlarining nomlari, bajarilish tartibi va ularga ajratilgan vaqt aks ettirilgan planogramma, ishchi- larning ishga chiqish grafigi va lahim o‘tish siklining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltiriladi. Planogramma lahim o‘tish siklida alohida jarayonlarni bajarish tartibi (ketma-ket yoki parallel) har bir jarayonning bajarilish vaqti ko‘rsatilgan grafik shaklida bo‘ladi. Xulosa Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklardagi kon lahimlarini mustahkamlashda mustahkamlagich materiallari sifatida yog‘och. metall. beton. temir-beton. tabiiy va sun’iy toshlar. shuningdek. polimer materiallaridan foydalaniladi. Kon lahimlarini mustahkamlashda yog‘och materiallari boshqalariga qaraganda ko‘proq qo‘llaniladi. Chunki yog‘och o‘z massasiga nisbatan pishiq bo‘lib. osonlikcha qayta ishlanadi va nisbatan arzon bo‘ladi. Ammo yog‘och mustahkamlagich materiallari yonish xususiyatiga ega ekanligi. chirishga moyil- ligi tufayli ishlash muddati qisqa bo‘lishi kabi kamchiliklardan ham xoli emas. Yog‘och mustahkamlagich materiallari sifatida g‘o‘la. brus. taxta. garbil va shu kabilardan foydalaniladi. G‘o‘la — uzunligi 5 dan 9 m gacha bo‘lgan. yuqori uchi- ning diametri 12 m va undan katta bo‘lgan daraxt tanasining bo‘lagi. Brus — ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak. keng- ligi qalinligiga teng yoki undan ikki barobar katta bo‘lgan arralangan yog‘och. Taxta — kengligi qalinligidan kamida ikki barobar katta bo‘lgan. arralangan uzun yog‘och. Garbil — daraxt tanasini arralab taxta yoki brus olinganda uning (daraxt tanasining) chetidan chiqqan bir tomoni tekis. ikkinchi tomoni sferik shakldagi yog‘och. Bo‘yi 0.5 m dan 5 metrgacha. yuqori uchining diametri 7 dan 30 sm gacha bo‘lgan g‘o‘la shaklidagi yog‘och shaxta (rudnik) ustuni deyiladi. Metall ham o‘zining pishiqligi. qayta-qayta ishlatilishi mumkinligi. uzoq vaqt xizmat qila olishi. yong‘indan xavf- sizligi kabi qator xususiyatlarga ega bo‘lib. konchilik amaliyotida mustahkamlagich materiali sifatida keng qo‘lla- nilmoqda. Kon lahimlarini mustahkamlashda cho‘yan va po‘lat quymalaridan. po‘lat profillaridan foydalaniladi. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling