Mavzu: Ko’ngdalang kesim yuzasini aniqlash


Ko'ndalang kesim va ko'ndalang egilish-


Download 21.41 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi21.41 Kb.
#1820006
1   2   3
Ko'ndalang kesim va ko'ndalang egilish- Kesish usuli yordamida qurilgan ichki kuchlar epyurasidan foydalanib sterjenning har bir kesimida hosil bo‘ladigan ichki kuchlarning absolyut miqdorini aniqlash mumkin. Ammo, har bir absolyut kattalik kabi ichki kuch kattaligi ham hodisani to‘liq baholashga me’yor bo‘laolmaydi. Masalan, temir yo‘l ko‘prigi fermasi sterjenida hosil bo‘luvchi bo‘ylama kuch N=5tk, material mustahkamligi nuqtai nazaridan juda ham kichik bo‘lishi, ammo shu kuch ingichkaroq po‘lat trosni muqarrar buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun materiallar mustahkamligini baholaganda nisbiy kattaliklar ishlatiladi va ular materiallar qarshiligida kuchlanish deb ataladi.
Kuchlanishlarning turlari. Biror jismning kesimini ko‘raylik (1.11-rasm). Kesimdagi K nuqta atrofidan elementar yuzacha ΔF ni ajratamiz. Shu yuzachaga ta’sir qilayotgan ichki kuchni Δ R r deb belgilaymiz. Bu holda quyidagi kattalik F R Рo r Δ Δ ' = , ΔF yuzachadagi o‘rtacha kuchlanish deb olinadi.

ΔF yuzachani kichraytira borib K nuqtaga intiltiramiz, ya’ni
(ko‘rilayotgan muhitimiz uzluksiz bo‘lganligi sababli ) ΔF → 0 bo‘lsa u
holda natija vektor kattalik bo‘lib, sterjen kesimining K nuqtasidagi to‘la kuchlanishni ifodalaydi. Demak kuchlanish kuch/yuza o‘lchov birligida o‘lchanar ekan. Kuchlanish odatda kgk/sm2 , kgk/mm2 , N/mm2 , kN/sm2 , Pa, MPa va x.k.z.larda o‘lchanadi. Demak, kuchlanish vektor kattalik bo‘lib ichki kuchlarning yuza birligidagi miqdori ekan.
To‘la kuchlanishning kesimga perpendikulyar o‘qdagi proeksiyasi normal kuchlanish σ (sigma), kesimda yotuvchi o‘qdagi proeksiyasi esa urinma kuchlanish τ (tau) deb ataladi (1.12-rasm)

Kesimda hosil bo‘ladigan kuchlanishlar (normal yoki urinma kuchlanishlar) yuzaga ta’sir qilayotgan ichki kuchlarning tashkil etuvchilariga va kesimning bo‘ylama o‘qqa nisbatan joylashishiga bog‘liq. Masalan: bo‘ylama kuch N va eguvchi moment Meg ta’sirida sterjen ko‘ndalang kesimida faqat normal kuchlanish, ko‘ndalang kuch Q va burovchi moment Mbur ta’sirida urinma kuchlanish paydo bo‘ladi.
Sterjen ko‘ndalang kesimi bilan mos kelmaydigan kesimlarda kuchlanishlarning boshqa komponentalari ham hosil bo‘lishi mumkin


Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling