Mavzu: Ko’ngdalang kesim yuzasini aniqlash
Sim va kabellarning ko'ndalang kesim yuzasi-
Download 21.41 Kb.
|
Sim va kabellarning ko'ndalang kesim yuzasi- Sim va kabellarning ko‘ndalang kesim yuzasini tanlaSh hamda qaysi materiallardan tanlangan sim va kabellardan tayyorlangan tarmoqni quriSh va iShlatiShda eng kam keltirilgan xarajatlar usuli qabul qilinadi.
35 kV va undan yuqori kuchlaniShli havo elektr tarmoqlari uchun ko‘pincha AS, ASO rusumli po‘lat-alyumin simlar iShlatiladi. Kichik kuchlaniShli tarmoqlar asosan alyumin simlardan tayyorlanadi. Atrof-muhit Sharoitlari alyumin simlarni iShlatiShga imkon bermasa unda mis simlari va kabellar iShlatiladi. Elektr uskunalarining tuziliSh qoidalariga asosan rayon elektr tarmoqlari tokni iqtisodiy zichlik jiq qiymatlari bo‘yicha hisoblanadi. 2-ilovadagi 8-jadvalda jiq ning qiymatlari keltirilgan. UShbu jadvalda keltirilgan qiymatlar 220 kV kuchlaniShgacha bo‘lgan liniyalarga tegiShli. 330 kV va 500 kV kuchlaniShli liniyalar uchun tokning iqtisodiy zichligi usuli tavsiya etilmaydi. Bu liniyalar uchun simning ko‘ndalang kesim yuzasi bir nechta, bo‘lingan simlar tuzilmalari va ularni umumiy kesim yuzalari uchun kumulativ xarajatlar bo‘yicha taqqoslanib tanlanadi. Tokning iqtisodiy zichligi simni tayyorlangan material, elektr uzatiSh liniyasi joylaShgan hudud iste’molchilarni maksimal yuklamada iShlaSh vaqtiga bog‘liq. Simning kerakli iqtisodiy ko‘ndalang kesim yuzasi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: bu erda: In-normal iSh Sharoitida hisobiy tok. Hisoblangan natija yaqin standart qiymatga yaxlitlanadi. Mahalliy elektr tarmoqlarining aktiv qarShiligi induktiv qarShilikka nisbatan ancha katta, ko‘ndalang kesim yuzasi kichik simlardan tayyorlanadi. Liniyaning induktiv qarShiligi simning ko‘ndalang kesim yuzasining o‘zgariShiga ham bog‘liq. SHuning uchun mahalliy elektr tarmoqlarida sim va kabellarning ko‘ndalang kesim yuzasini tanlaShda, undagi kuchlaniSh yo‘qotiliShining maksimal qiymati ruxsat berilgan qiymatdan oShiShi kerak emas. Iste’molchilarga kerakli sifatli kuchlaniSh beriSh – hozirgi vaqtda iqtisodiy jihatidan o‘zini oqlagan usul hisoblanadi HisoblaShlar quyidagicha olib boriladi: havo liniyalarining induktiv qarShiligi kichik oraliqda (x0=0,384÷0,42 Om/km) o‘zgaradi, Shuning uchun X0 ni o‘rtacha qiymatini berib, X va reaktiv yuklama Q ga bog‘liq kuchlaniShning yo‘qotiliShini aniqlaymiz: Keyin liniyaning aktiv qarShiligidagi ruxsat berilgan kuchlaniSh yo‘qotiliShi aniqlanadi: Qidirilayotgan simning ko‘ndalang kesim yuzasi quyidagi ifodadan topiladi: bu erda: P- yuklamani aktiv taShkil etuvchisi; Ɩ- liniya uzunligi; γ – simning soliShtirma o‘tkazuvchanligi. Bir nechta iste’molchilar bo‘lgan liniyalarda asosiy Shartlardan biri, liniyaning hamma uchastkalarida simning ko‘ndalang kesim yuzasining bir xil bo‘liShi. Download 21.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling