Mavzu: Konstantin Dmitrievich Ushinskiyning pеdаgоgik tizimi


K. D. Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o‘rganib, o‘zining «Boshlang‘ich ta’lim usullari» asarini yozdi


Download 15.03 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi15.03 Kb.
#1577877
1   2   3   4
Bog'liq
Sobirov Islomjon ped

K. D. Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o‘rganib, o‘zining «Boshlang‘ich ta’lim usullari» asarini yozdi.

Unda boshlang‘ich maktabdagi talim mazmunini asoslab berish bilan birga uning qoidalari, tartibi, usuli va vositalarini xam ishlab chiqib didaktika faniga katta xissa qo‘shdi. Bu esa ajoyib yangilik sifatida muxim axamiyat kasb etdi. U eng avvalo o‘qitishni bolalar mexnati bilan bog‘lashni tavsiya qildi. Ushinskiyning fikricha, xar bir fanni o‘qitishda, tarbiyalanuvchining xissasiga tushadigan mexnat uning yoshi va kuchiga loyiq bo‘lishi kerak. SHifokor bemorni davolar ekan, unga yordamlashadi, xolos; shuningdek, murabbiy xam tarbiyalanuvchiga malum bir fanni o‘rganishda uchraydigan qiyinchiliklarni engish uchun kurashuvida yordam berishi lozim.
Bolani o‘qitish emas, balki unga o‘kib-o‘rganib olishda ko‘maklashish zarur. o‘quvchiga yordam berishga asoslangan mana shu talim usulining yaxshi tomonlaridan tashqari, yana bir afzalligi xam borki, bu usul o‘quvchini aqliy mexnatga o‘rgatish bilan birga, shunday mexnatning og‘irligini enga olishga va undan zavqlanishga xam o‘rgatadi. Aqliy mexnatni eng og‘ir mexnat desa bo‘ladi. hayol surish oson va yoqimli narsadir, ammo o‘ylash ancha qiyin ish. Faqat bolalargina emas, katta yoshdagi kishilarda xam miyani ishlatishdan qochish xollari ko‘p uchraydi. Bola bir necha daqiqa jiddiy fikrlashdan ko‘ra kun buyi jismoniy mexnat qilishni yoki kitobning bir betini ochib qo‘yib, aql ishlatmay, soatlab quruq yod olishni afzal ko‘radi.
Yoshlikdan o‘rganilgan bu yomon odat keyinchalik ulfatchilik bilan vaqtni bekor o‘tkazishga aylanib qoladi.

Ushinskiy, Komenskiy va Pestalotssi kabi buyuk pedagoglar ta’limning didaktik jixatlarini quydagicha belgilaydilar:

Ta’limning bolalar kuchiga mosligi va izchilligi. Bu qoidaga rioya etishda bolani o‘quv mashg‘uloti bilan xaddan tashqari band qilmaslik kerak.


Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling