Topshiriq №1
Download 20.45 Kb.
|
Topshiriq
Topshiriq №1 Axloq nima uchun kerak? Javob: Axloqiy me'yorlar va qoidalarsiz madaniyatli odamlar bilan muloqot qilish mumkin emas. Odamlar faqat o'zlarining manfaatlarini o'ylaydilar, atrofdagilar va hech kimni sezmaydilar, shu bilan boshqalar bilan munosabatlarini yo'qotadilar. Axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalari jamiyatni birlashtirish va birlashtirishga yordam beradi. Ahloq – biz yashab turgan zaminni o`z ichki-kechinmalarimiz bilan boyitadi. Hatto 1-sinf o`quvchisi bilan suhbatlashayotganimizda ham axloq me`yor-qoidalariga rioya etishimiz darkor. Axloq tufayli biz jamiyatda o`z obro`-e`tiborimizga ega bo`lamiz. Biz yashab turgan zaminda kasblar ko`p va har bir kasbda inson boshqalar bilan chiroyli muomalada bo`lishi zarur. O`z kasbdoshlari bilan muloqot vaqtida ham ularni hurmat qilishni bilishi zarur. Nozik kasblardan biri hisoblangan ``shifokorlik``da ham axloq qoidalari muhim ahamiyatga egadir. Bu ayniqsa ``shifokor-bemor`` munosabatida yaqqol ko`zga tashlanadi. Shifokorning har bir so`zi bemor sog`ligi uchun ahamiyatlidir. Hattoki birgina so`z ham bemorni hayotga qaytarishga qodirdir. Bemorning shaxsiy hayoti bilan, uning turmush tarzi bilan suhbatlashish chog`ida ham axloqiy qoidalarga rioya etish zarur. Chunki, bemorning sog`ligi uning ichki-kechinmalariga ham bog`liqdir. Agar bemor o`zini sog`ayib ketishiga ishonch hosil qilsa, u albatta sog`ayib ketadi. Shu sababli xalqimiz ``Ishonch – bu yarim sog`ayishdir`` deb aytadi. Zero, shifokor axloqiy qoidalarni bilmas ekan, u bemorlarni his tuyg`ulariga beparvo bo`lishi tabiiy. Agar shifokor bemorning ichki-kechinmalari bilan qiziqmas ekan, u hech qachon bemorni davolay olmaydi. Shu sababli axloq bizning turmush tarzimizda, o`z ish joyimizda katta ahamiyat kasb etadi. Buyuk donishmandlarning axloqqa bergan ta`rifi: Javob:
3.Jadvalni to`ldiring:
Test topshiriqlari
Download 20.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling