Mavzu: konstitutsiyaviy islohotlar hamda ularning mazmun-mohiyati


O‘zbekiston Respublikasida Konstitusiyaviy islohotlar tushunchasi, zarurati va ahamiyati


Download 43.06 Kb.
bet4/4
Sana03.06.2024
Hajmi43.06 Kb.
#1899052
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU

O‘zbekiston Respublikasida Konstitusiyaviy islohotlar tushunchasi, zarurati va ahamiyati
Bugungi kunda mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni qizg'in pallaga kirdi. Bosh qomusimiz va uning asosida qabul qilingan qonunlar mazmunini yaxshi bilish bizga o‘z huquq va manfaatlarimizni ro‘yobga chiqarishda yordam berishi bilan birga, huquqiy ongimiz va shuurimizda qonunlarga hurmat hissini oshiradi.
16 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining eng yirik fraksiyalari — O‘zLiDeP va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining alohida, 17 may kuni mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish va ushbu masalani Oliy Majlis palatalari kengashlari muhokamasiga kiritishga bag'ishlangan qo‘shma yig'ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan bog'liq holda, 20 may kuni Senat va Qonunchilik palatasi kengashlarining qo‘shma majlisi o‘tkazildi. Bu yig'ilishda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etilib, uning tarkibi va ­vazifalari belgilandi. Mazkur Konstitutsiyaviy komissiya tarkibiga barcha hududlardan deputatlar, senatorlar, ­jamiyatning turli qatlamlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yetuk huquqshunos va siyosatshunoslar hamda boshqa ekspertlar (jami 46 kishi) kiritildi.
Avvalo, O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotning bosh g'oyaviy ilhomlantiruvchisi Shavkat Mirziyoev, asosiy tashabbuskori esa mamlakatimiz aholisining keng qatlamidir.
Birinchidan, 2021 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonida barcha nomzodlarning elektorat vakillari bilan uchrashuvlari chog'ida hayotiy talabdan kelib chiqqan va mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lgan muhim taklif ilgari surildi. Bu — Konstitutsiyaviy islohotni amalga oshirish.
Xususan, Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid birinchi taklif O‘zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoevning saylovchilar bilan Qoraqalpog'istonning Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog'ida ilgari surilgan edi. Nafaqat mintaqaviy, balki jahon ko‘lamiga ega ekologik fojia — Orol dengizi qurishi bilan bog'liq vaziyatda amaldagi Konstitutsiyada o‘z aksini topmagan, insonning ekologik huquqlari, yurtimiz aholisining yashab turgan va bo‘lajak avlodlarining qulay va toza atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini mamlakat Bosh qonunida aks ettirishning dolzarbligi va hayotiy ahamiyati ta'kidlandi.
Kelgusida Shavkat Mirziyoevning hududlardagi saylovchilar bilan yana 7 ta viloyatda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari jarayonida xususiy mulk muhofazasiga doir Konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash tashabbuslari, jumladan, er va erosti boyliklariga bo‘lgan huquq, inson qadr-qimmati, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, mamlakatda millatlar va elatlararo totuvlikni kuchaytirish, milliy demokratik institut — mahallaning o‘rni va maqomini oshirish, kelajak avlodlargacha an'anaviy insoniy qadriyatlarni asrab-avaylagan holda etkazish, oila institutining ahamiyati, davlat yoshlar va gender siyosatini, innovasion iqtisodiyot va “bilimlar iqtisodiyoti”ni rivojlantirish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga investisiyalar hajmini kengaytirish kabi tashabbuslar ilgari surildi.
Eng muhimi — keltirilgan barcha masalalar saylovchilar, jumladan, o‘qituvchilar, tadbirkorlar, fermerlar, fuqarolik jamiyati institutlari va milliy-madaniy markazlari vakillari — mamlakatning oddiy aholisi tomonidan ko‘tarildi. O‘z navbatida, bu, bir tomondan, Prezidentimizning Yangi O‘zbekiston strategiyasi doirasidagi demokratik islohotlar siyosati keng qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan, saylovchilar ularning natijadorligidan, ularni yanada chuqurlashtirish va saylovoldi dasturda belgilangan maqsadlarga erishishdan manfaatdorligini ko‘rsatadi.
Quyidagi partiya nomzodlarining uchrashuvlari chog'ida ham:
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi — mamlakatimizning Konstitutsiyaviy tengligini belgilash, milliy an'ana va qadriyatlarni mustahkamlash va muhofaza qilish yuzasidan;
O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi — sud hokimiyati mustaqilligi, qonunlar va sud qarorlari odilligi, Konstitutsiya va qonunlar, inson huquqlari ustuvorligining, korrupsiyaga qarshi kurashishning Konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan;
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi — aholining himoyaga muhtoj qatlamlarining, ayniqsa, nogironligi bor shaxslarning Konstitutsiyaviy va ijtimoiy himoyasini kengaytirish, ijtimoiy yo‘nalishga ega davlat qurish borasida;
O‘zbekiston Ekologik partiyasi — mamlakatda yashil iqtisodiyotga o‘tish, ekologik noqulay hududlarda vaziyatni yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ta'kidlash joizki, bularning barchasi saylov va prezidentlikka nomzodlar bilan uchrashuvlar jarayonida saylovchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza, taklif va xohish-istakdir.
Ikkinchidan, saylovchilarning xohish-istaklarini chuqur o‘rgangan holda, O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiyaviy islohotlar zaruriyatiga alohida urg'u berdi:
o‘tgan yilning 6 noyabr kuni o‘zining inaugurasiya nutqi vaqtida ­Prezident akademik ta'lim va ekspertlar hamjamiyati oldida Konstitutsiyaviy rivojlanishda milliy va xorijiy tajribani o‘rganish vazifasini qo‘ydi, deputat va senatorlardan ushbu masalaga e'tibor bilan yondashib, uni o‘rganish va aniq takliflarni ishlab chiqishni so‘radi;
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” fundamental mualliflik monografiyasining ikkinchi qayta ko‘rib chiqilgan va to‘ldirilgan nashriga Konstitutsiyaviy islohotning zaruratiga bag'ishlangan va saylovoldi kompaniya jarayonida berilgan barcha takliflarni umumlashtirishga asoslangan bo‘limni kiritdi. Kitobda O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotning asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilangan.
Birinchi bosqichda 60 mingdan ziyod takliflar, ikkinchi bosqichda 150 mingdan ortiq takliflar, shu bilan birga 10 mingta qo‘shimcha takliflar bildirildi va ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari orqali loyiha bilan 5 million aholimiz tanishib chiqdi. Xalqaro-huquqiy hujjatlar va 190 dan ortiq davlatlar tajribasi o‘rganildi, loyiha 6 turdagi ekspertizadan o‘tkazildi.
Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
Qonunchilik palatasi Konstitusiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini — 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni ma'qulladi. Tegishli qarorni 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf qoldi, 1 nafari esa ovoz bermadi. Avvalgi referendum bundan 21 yil avval bo‘lib o‘tgandi.
30 aprelь kuni O‘zbekiston Konstitusiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib bordi.
Referendumda 20 milliondan oshiq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega edi.
Referendum jarayonlarida 964 nafar OAV vakili ishtirok etdi. Ularning 772 nafari mahalliy, 192 nafari chet ellik vakillar.
Referendum uchastkalari o‘z faoliyatini 20:00 ga qadar davom ettirdi.
Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g'risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqildi. Ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitusiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatladi. Ovoz beruvchilarning 9,35 foizi qarshi ovoz bergan.
“Referendumning yakuniy xulosalariga ko‘ra, unda ovoz beruvchilarning ishtiroki 84,51 foizni tashkil etdi, 16 million 667 ming 097 kishi ovoz berdi”, — dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjaev.
Ta'kidlanishicha, referendumda 16 667 097 nafar (84,51%) ovoz beruvchi qatnashdi. Jumladan, 611 320 kishi muddatidan oldin ovoz bergan. Ularning 15 034 608 nafari (90,21%) qonunni ma'qulladi. Ovoz beruvchilarning 1 558 817 nafari (9,35%) yangi tahrirdagi Konstitusiyani ma'qullamadi. 73 672 ta byulleten yaroqsiz deb topilgan.


Konstitutsiya yangi tahriri 128 ta moddadan155 ta moddaga, mavjud 275 ta norma 434 taga oshirildi. Konstitutsiyamizning yangi tahriri 2023 yil 1-maydan kuchga kirdi.
Download 43.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling