Mavzu: konstitutsiyaviy islohotlar hamda ularning mazmun-mohiyati


Konstitutsiyaviy islohotlar: dunyodagi zamonaviy tendensiyalar


Download 43.06 Kb.
bet3/4
Sana03.06.2024
Hajmi43.06 Kb.
#1899052
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU

Konstitutsiyaviy islohotlar: dunyodagi zamonaviy tendensiyalar

Bugungi kunda dunyoda 500 dan ortiq amaldagi Konstitutsiya bo‘lib, ulardan 200 ga yaqini mustaqil davlatlar, 300 dan ortig‘i federasiyalar subyektlariga tegishli. Shu bilan birga, Shumer shohi Ur-Nammuning Qonunlar to‘plami dunyoning eng qadimgi yozma Konstitutsiyasi, deb hisoblanadi. U muhrlangan sopol peshlavhachalarning yoshi 4 ming yildan oshgan.


Bunda Konstitutsiya aqida emas, balki harakatlarning, barqaror taraqqiyotning dasturi. Tuzatish, o‘zgartirish kiritish imkoniyati barcha Konstitutsiyalarning fundamental xususiyatidir. Jamiyat tarixiy rivojlanishining turli bosqichlarida birdek xizmat qiladigan Konstitutsiyaviy matnni bittada va abadiy yaratib qo‘yishning iloji yo‘q.
Shunday qilib, XX asrning oxirgi o‘n yilligi va XXI asrning boshi dunyo yurisprudensiyasi tarixiga jahon hamjamiyati vakillarining Konstitutsiyaviy tuzumida Konstitutsiyaviy islohotlarning yangi sifat bosqichiga chiqishi, Konstitutsiyaviy dunyoqarashda sifat jihatidan chuqur o‘zgarishlar davri o‘laroq kiradi. Xususan, so‘nggi 30 yil ichida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida Konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazildi, 57 davlatda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. E'tiborlisi, Konstitutsiyaga eng ko‘p o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan davlatlar o‘ntaligida Meksika, Yangi Zelandiya, Braziliya, Shveysariya, Avstriya, Isroil, Chili, Kolumbiya, Gruziya va Hindiston mavjud. Bunda Konstitutsiyaviy islohotlarning aksariyati davlat va jamiyatni modernizasiya qilish yoxud siyosiy, iqtisodiy yoki ijtimoiy inqirozlarga yo‘l qo‘ymaslik oqibatlarini bartaraf etish doirasida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda dunyoda dastlabki tahrirdagi Konstitutsiyalar deyarli qolmagan. Hozirgi kunda eng qadimiy hisoblangan Konstitutsiyalarga ham AQSh da 27 ta tub o‘zgartirish, Norvegiyada 200 martadan ortiq (bunda Bosh qonun moddalaridan taxminan 1/3 qismigina o‘zining dastlabki ko‘rinishida qolgan), Niderlandiyada 24 marta (biroq 1983 yilda matni puxtalik bilan modernizatsiya qilinishi natijasida undagi deyarli barcha moddalar o‘zgargan) o‘zgartirish kiritilgan.
Zamonaviy globallashuv sharoitida butun dunyo mamlakatlari jadal tarzda Konstitutsiyaviy rivojlanishning o‘z modelini izlamoqda. Shu bilan birga, Konstitutsiya davlatning siyosiy va ijtimoiy barqarorligini ta'minlashning asosiy omillaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunda Konstitutsiyaviy tamoyillar quyidagilarni ko‘zda tutadi:
birinchidan, insonning asosiy huquq va erkinliklarini kengaytirish (shaxs Konstitutsiyasi);
ikkinchidan, “jamoat huquqlari”, “umumjamiyat huquqlar”ning himoyasini mustahkamlash, ya'ni fuqarolik jamiyati institutlarini muvofiqlashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish (jamiyat Konstitutsiyasi);
uchinchidan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimini tashkillashtirish, bevosita demokratiya shakllari bilan uyg'unlashgan vakillik demokratiyasini (saylov, referendum, umumxalq muhokama) takomillashtirish, hokimiyat vakolatlarini bo‘lish, jumladan, qonunchilik va ijroiya hokimiyati o‘rtasidagi o‘zaro nazorat va muvozanatni saqlash hamda sud organlari mustaqilligi tamoyilini qo‘llash, mansabdor shaxslarning mas'uliyati va hisobdorligini yanada oshirish (davlat Konstitutsiyasi).
Konstitutsiyaviy islohot hozirgi va kelajak barqaror rivojlanishning zarur yuridik zaminidir. Xususan, u hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro nazorat va muvozanatni saqlash tizimini mustahkamlashga, hisobdorlik shaffoflik ishtirok va kelajakni ko‘ra bilishni oshirishga ko‘maklashuvchi Konstitutsiyaviy “qoidalar”ni o‘zgartirish yo‘li bilan “samarali boshqaruvning” hayotiy ahamiyatga ega instrumenti bo‘lishi mumkin. Boshqaruvning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgarishlar siyosiy tizim barqarorligiga imkon beradi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyot uchun foydali bo‘lib, investisiya va taraqqiyot uchun barqaror zamin yaratadi.
Dunyodagi Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarni o‘rganish o‘ziga xos jihatni — davlat Bosh qonunini zamon talablariga moslashtirish, uning vujudga kelayotgan da'vatlarga javob berish qobiliyatini oshirish zaruratini namoyon qilmoqda.
Dunyoda zamonaviy Konstitutsiyaviy rivojlanishning ustuvor tendensiyalari quyidagilarga jamlanmoqda:
Konstitutsiyaviy islohotlarning tizimliligi. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar sohalar, shuningdek Konstitutsiyaviy islohotlar bilan modernizasiya jarayonlarining o‘zaro bog'liqligi va o‘zaro shartlanganligi;
Konstitutsiyaviy tartibga solishning kengayishi, davlat hokimiyati mexanizmini isloh qilish va boshqaruv shaklini o‘zgartirish;
Konstitutsiyaviy ko‘lam sohasini rivojlantirish, huquqiy suverenitetni mustahkamlash va davlat Konstitutsiyaviy o‘ziga xosligini belgilash;
inson huquq va erkinliklarining sud himoyasini oshirish, Konstitutsiyaviy odil sudlov vakolatini kengaytirish, fuqarolarga Konstitutsiyaviy sudga bevosita murojaat qilish huquqini berish;
Konstitutsiyaviy huquq ijodkorligining globallashuvi, dunyo davlatlari Konstitutsiyalarida xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyil va normalarini aks ettirish;
davlat va jamiyatning Konstitutsiyaviy rivojlanishini ekologiyalashtirish, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish prinsipini amalga oshirish;
raqamli huquqlarni mustahkamlash va rivojlantirish, axborot jamiyatini institutlashtirish, kiberxavfsizlikni huquqiy jihatdan tartibga solish.
Konstitutsiya har bir davlat taraqqiyotining poydevori
bo‘lgan huquqiy, siyosiy va mafkuraviy hujjat – mamlakatning
Asosiy qonuni hisoblanadi. Fuqarolarning eng muhim orzu-intilishlari va maqsadlari Asosiy qonun – Konstitutsiyada to‘liq ifoda etiladi.
Mustaqillik yillarida Konstitutsiya asosida inson qadri
ulug'lanadigan demokratik huquqiy davlat va adolatli
fuqarolik jamiyatini qurish maqsadida keng qamrovli
yangilanishlar va islohotlar amalga oshirildi, bu borada boy
tajriba to‘plandi.
Hozirda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli va ulkan islohotlar olib borilmoqda. Ushbu strategiyani amalga oshirishda Bosh Qomusimiz ham ulkan ahamiyat kasb etadi, sababi Yangi O‘zbekiston strategiyasining barcha yo‘nalishlarining amaliyotga joriy etilishi qomusimiz bilan chambarchas bog'liqdir.
O‘zbekiston bugun o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam
qo‘ymoqda. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida
belgilangan adolatli va xalqparvar davlat barpo etish yo‘lida
dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni to‘laqonli amalga
oshirish uning maqsadi, ko‘lamiga monand va munosib bo‘lgan
yangi mustahkam Konstitutsiyaviy makonni shakllantirishni
taqozo etadi.
Shu nuqtai nazardan, Konstitutsiyaviy islohotlar tabiiy rivojlanish natijasi bo‘lib, millat va xalq sifatida keying qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun o‘ta ahamiyatlidir, adolatli jamiyat qurish yo‘lida ulkan qadamdir.
Binobarin, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha'ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishini qat'iy qoidaga aylantirish, bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri
uchun” g'oyasini hamda bugungi islohotlarning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyatiga chuqur singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 43.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling