Referendum okruglari va referendum uchastkalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarnnng oldini olish bo’yicha
Y O’ R I Q N O M A
Referendum okruglari va referendum uchastkalari joylashgan bino va inshootlarning hamda xonalarning yong‘inga qarshi holati, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bо‘yicha javobgarlik ushbu obyektlarning rahbarlariga yuklanadi.
Referendum tadbirlari о‘tkaziladigan obyektlar rahbarlari buyrug‘i bilan har bir bino va inshootga hamda xonaga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha javobgar shaxslar tayinlanadi.
Yong‘inlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bо‘lganda, insonlarni va moddiy boyliklarni qutqarish hamda xavfsiz joylarga kо‘chirish rejasi (sxemasi) ishlab chiqilib, kо‘rinarli joylarga о‘rnatilishi lozim.
Obyektlarga yong‘in-qutqaruv va boshqa maxsus xizmatlarning ekipajlari yetib boruvchi yо‘llari sun’iy tо‘siqlar bilan tо‘sib qо‘yilishi man etiladi.
Referendum okruglari va referendum uchastkalarida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
har bir obyektning referendumlar о‘tkaziladigan joylarida favqulodda vaziyatlarda insonlarni evakuatsiya qilish uchun kamida 2 ta kirish-chiqish yо‘laklari mavjud bо‘lishini ta’minlash;
evakuatsiya kirish-chiqish yо‘nalishlarini belgilovchi kо‘rsatgichlarni kо‘rinarli joylarga joylashtirish;
ovoz berishi uchun mо‘ljallangan kabinalarni yong‘inga qarshi oraliq masofalarga rioya qilgan holda о‘rnatish;
referendum о‘tkaziladigan bino va inshootlarni hamda xonalarni yong‘inni о‘chirish birlamchi vositalari bilan meyor talablari asosida jihozlash;
yong‘inga qarshi suv ta’minoti va ichki yong‘in о‘chirish jumraklarini soz holatda hamda yeng, dastak va ulash moslamalari bilan ta’minlash;
bino, xonalar va ovoz beruvchilar uchun mо‘ljallangan kabinalardagi barcha elektr ta’minoti tizimini “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari” talablari asosida bajarish;
obyektlarda isitish tizimlari, qozonxonalar, tabiiy va suyultirilgan gaz, boshqa muqobil yoqilgi mahsulotlarida ishlaydigan uskunalar sertifikatlangan va soz holatda bо‘lishini ta’minlash;
kommunal soha (gaz, elektr, issiqlik, ichimlik suvi va boshqalar) tizimlarini soz holda bо‘lishini hamda xavfsiz ishlashini ta’minlash;
obyektlarning bino va inshootlari, havozalar, monitorlar va boshqa konstruksiyalarning texnik mustahkamligini ta’minlash;
referendum uchastkalari va okruglari hududlarini tunda tо‘liq yoritilishini ta’minlash;
barcha referendum okruglari va uchastkalariga olib boruvchi yо‘llar va kо‘priklarni aholining va transport vositalarining harakatlanishi uchun talab darajasiga keltirilishini ta’minlash;
fuqaro muhofazasi burchaklarini tashkil etish;
referendum uchastkasi a’zolarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga о‘rgatish va yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bо‘yicha FVDkT xizmatlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik о‘quv mashklarini о‘tkazish.
Ish vaqti tugagandan sо‘ng har bir xonadagi konditsionerlar, kompyuter, televideo apparaturalar, boshqa turdagi barcha elektr jihozlar va maishiy uskunalar о‘chirilib, elektr tarmoqdan uzib qо‘yilishi lozim.
Barcha elektr sim va kabellar tashqi himoya qobiqlarining elektr tokiga qarshi chidamlilik darajasi mutaxassislar tomonidan sinovdan о‘tkazilgan bо‘lishi zarur.
Referendum okruglari va uchastkalari joylashgan bino va inshootlarda quyidagilar taqiqlanadi:
yertula, sokol qavatlarda yonuvchi va yengil alangalanuvchi suyuqliklar, portlovchi moddalar, gaz ballonlar, aerozol va boshsa portlash xavfini tug‘dirishi mumkin bо‘lgan moddalarni saqlash;
chordoqlarda, texnik xizmat kо‘rsatish joylarida, ventkamera va boshqa texnik xonalarda ishlab chiqarish bо‘linmalari, ustaxonalarni joylashtirish hamda mahsulotlar, uskunalar va boshqa buyumlarni saqlash;
yertо‘la va yarim yertо‘lalarda yonuvchan buyumlar saqlash omborxonalarni, ustaxonalarni, xо‘jalik xonalarini joylashtirish, agar ularga kirish eshiklari umumiy kirish zinalaridan (eshigidan) alohida bо‘lmasa;
yо‘laklarni, yuqori qavatlarga о‘tish lyuklarni, qо‘shni xonaga о‘tish yо‘laklaridagi eshiklar va zahira chiqish yо‘llarini turli mebellar, buyumlar va boshqa yonuvchan ashyolar bilan tо‘sib qо‘yish;
yо‘laklar, zahira chiqish yо‘llari va zinapoyalarda о‘zboshimchalik bilan devorlarga, shiftlarga va ayrim holatlarda pollarga yonuvchan qurilish materiallarni qoplash, bezatish, bо‘yoqlash;
xonalarda meyor talablariga javob bermaydigan, qо‘lbola yasalgan elektr isitish moslamalari va vaqtincha о‘tkazilgan elektr simlaridan foydalanish;
belgilanmagan joyda sigareta chekish, obyektlarda va ularning atrofida payvandlash hamda boshqa olovli ishlarni olib borish;
nosoz gaz quvurlari, asbob-anjomlari va maishiy gaz ballonlaridan foydalanish.
Yong‘in yoki tutun hidi sezilsa zudlik bilan quyidagilarni bajarish lozim:
yong‘in-qutqaruv xizmatiga “101” raqami orqali xabar berish;
yong‘in joyidan insonlarni qutqarish;
navbatchi xodimlarga xabar berish;
yong‘inni о‘chirishning birlamchi vositalari bilan yong‘inni bartaraf etish choralarini kо‘rish.
101, 1050, __________________ G’ijduvon tumani FVB
Do'stlaringiz bilan baham: |