Mavzu: Konstityutsiyaning qaysi moddalarida tabiatni asrashga doir qonunlarni o’rganish va taxlil qilish Reja
Download 118.5 Kb.
|
Konstityutsiyaning qaysi moddalarida tabiatni asrashga doir qonunlarni o’rganish va taxlil qilish
O`zbekistonda tabiat muhofazasi ishi mamlakat mustaqilligining dastlabki yillaridayoq konstitutsion asosga qo`yildi. 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan O`zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida O`zbekiston hududida yashayotgan barcha fuqarolar atrof muhitni muhofaza qilishga majbur ekanliklari belgilandi. Uning 55- moddasida esa barcha turdagi tabiiy boyliklar umummilliy bo`lib, ular davlat muhofazasidan ekanliklari ko`rsatib o`tildi. Respublika hududida jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabatlarni hukumat doirasida tartibga solib turish maqsadida xalq deputatlari Oliy Majlisida, viloyat, shahar va tuman Kengashlari huzurida xalq xo`jaligining boshqa sohalari qatori tabiat muhofazasi sohasida ham doimiy komissiyalar tuzilishi Konstitutsiyaning 100-moddasida belgilandi.
Respublikada tabiat muhofazasiga doir o`nlab Qonunlar ishlab chiqib qabul qilinganki, bular atrof muhitning sofligini saqlash va tabiiy boyliklardan foydalanishni tartibga solib turishda ta'sirchan yuridik hujjat bo`lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarining muhim hujjatlaridan bir 1992 yilning 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Qonuni»dir. Bu qonunda tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish tartib-qoidalarining barchasi mujassamlashgan. Bunda asosiy e'tibor tabiatdagi barcha boyliklardan asrab-avaylab oqilona foydalanishga, unga ziyon yetkazmaslikka qaratilgan va shu bilan birga tabiiy boyliklardan foydalanishda fuqarolarning huquqlari yuridik jihatdan kafolatlangan. Keyingi qabul qilingan yer, suv, havo, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy boyliklar to`g`risidagi barcha yuridik hujjatlar shu Qonun doirasida ishlab chiqilgan bo`lib, hayot sharoitidan kelib chiqqan holda uni qisman o`zgartiradi va to`ldiradi. Bu hujjatlar quyidagilardir: O`zbekiston Respublikasining alohida qo`riqlanadigan tabiiy hududlari to`g`risidagi Qonuni (1993 y. 7 may) Sanitariya nazorati to`g`risidagi Qonun Yer to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Qonuni Suv va suvdan foydalanish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasining Qonuni (1993 y. 6 may) Yer osti boyliklari to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasining Qonuni (1994 y. 22 sentabr) Bulardan tashqari ko`pgina qo`shimcha Nizom va boshqa hujjatlar qabul qilinganki, ularning barchasi inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlarni me'yorida saqlab qolishga qaratilgan. O`zbekistonda tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish ishlari chuqur tarixiy ildizga ega bo`lib, ajdodlarimiz qadim zamonlardayoq yerdan unumli foydalanish, mevali va manzarali daraxtlarni ekib mevazor bog`lar barpo qilish, ovloqlari qo`riqlab, u yerlardagi hayvonlarni ovlashning to`g`ri yo`llarini izlaganlar. Shuning uchun ham O`rta Osiyo, shu jumladan O`zbekistonning boy tabiati bundan 2700 yil ilgari zardushtiylar diniga mansub (musulmon dinidan oldin) xalqlar tomonidan yaratilgan «Avesto» kitobining Vendidad qismida ta'riflangan. Feodal tuzumni boshidan kechirayotgan o`zbek xalqlariga sobiq ittifoq davridan oldin ham va unga qo`shilgandan keyin ham hovlisining darvozasi oldida kamida bir juft mevali daraxt o`stirish udumi bo`lgan. Kishilarning bu va bunga o`xshash tabiatga g`amxo`rlik ko`rsatishdagi yaxshi niyatlarini ma'lum bir tartibga tushirish maqsadida asta-sekin jamoatchilik tashkilotlari paydo bo`labordi. Bunday nodavlat tashkilotlarga misol qilib respublikada 60-yillarning boshlarida tashkil topgan «O`zbekiston tabiatni muhofaza qilish jamiyati» hamda «Ovchilar va baliq ovlovchilar ko`ngilli jamiyati»ni keltirish mumkin. O`z atrofiga millionlab kishilarni to`plagan tabiatni muhofaza qilish jamiyati bo`limlari respublikaning barcha viloyat va tumanlarida tashkil etilib, ular o`z vaqtida yer, suv, havo, o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo`yicha juda katta tashviqot-targ`ibot ishlarini olib bordi. Bundan tashqari bu jamiyatlar o`sha davrlarda tabiat muhofazasi bo`yicha respublika hukumatining yaqin yordamchilari bo`lib xizmat qildilar. Jamiyat 1994 yilda o`z faoliyatini to`xtatdi va davr talabi bilan «Ekologiya va salomatlik-«Ekosan» halqaro fondi»ga qo`shildi. Hozirgi kunda dunyoning 34 mamlakatini qamrab olgan «EKOSAN» fondining tashkil qilinishi tasodifiy hol emas. Tabiiy resurslarning jadal o`zlashtirilishi bilan ulardan ajralayotgan chiqindilarning tobora ko`payib, atrof muhitni ifloslashi jarayonida muhit ekologiyasini uyg`un saqlash va bu chiqindilarning zahari inson salomatligini zararlamasligiga erishish zamonamizning dolzarb masalasiga aylandi. Shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan ushbu fond hozir ayni shu masala bilan shug`ullanmoqda. Muhit sofligini saqlashni xalq ommasi orasida targ`ibot qilish, ekologik muhit yomonlashgan hududlar (Orolbo`yi hududlari, Surxondaryoning Tojikiston alyuminiy zavodi chiqindilaridan zarar ko`rayotgan Sariosiyo, Uzun, Denov va Oltinsoy tumanlari) aholisiga tibbiy yordam ko`rsatish hamda ularning salomatligini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish O`zbekistonda «EKOSAN» fondining hozirgi kundagi bosh maqsadlaridan bir qilib belgilangan. Bulardan tashqari jamoatchilik asosida ish ko`radigan ko`pgina ilmiy jamiyatlar hamda Halqaro fondlarning respublikamizdagi vakilliklari mavjud-ki, bular tabiiy resurslarni muhofaza qilishga o`z ulushlarini qo`shib kelmokdalar. Masalan, Halqaro Yovvoyi Tabiat fondining (WWF) 1996 yilda respublikamizda ish boshlangan bo`limi O`rta Osiyo hududida tarqalgan buxoro bug`usining genetik fondini yaratish yo`li bilan bu kamyob hayvoni qirilib bitishdan saqlash borasidagi keng ko`lamda ish olib bormoqda. Respublika tabiatni muhofaza qilishda davlat tashkilotlarining faoliyati ayniqsa ta'sirli bo`lmoqda. Respublikada 80-yillarning oxirlarigacha bu ish bilan bir qancha davlat tashkilotlari (gidrometeorologiya Davlat Qo`mitasi, Qishloq xo`jaligi, Suv xo`jaligi va O`rmon xo`jaligi Vazirliklari va shunga o`xshashlar) shug`ullanar edilar. Ishdagi tarqoqlik va tarmoqlararo bo`linishlar ishning effektini pasaytirar, befoyda takrorlanishlarga olib kelar edi. 1988 yilda Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo`mitasining tashkil qilinishi respublika tabiatni muhofaza qilish ishida burilish yasadi. Bu Qo`mita tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning yaxlit nazoratini o`z zimmasiga olishdan tashqari ayrim resurslarning muhofazasi bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib ham turadi. Qo`mitaning bevosita Oliy Majlisga bo`ysundirilishi uning barcha Vazirliklarga tegishli masala bo`yicha ta'sir o`tkazishiga imkon beradi. Hozirgi vaqtda respublikada tabiatni muhofaza qilish tizimi ikkiga bo`linadi: atrof muhit holatini kuzatib borish (monitoring). Bu ishni Gidrometeorologiya xizmati bajaradi; atrof muhitni muhofaza qilish yo`li bilan uning holatini tartibga solib turish. Bu ishni Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo`mitasi bajaradi. Download 118.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling