Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi


Download 2.79 Mb.
bet10/45
Sana13.09.2023
Hajmi2.79 Mb.
#1677008
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati (1)

4-amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Mashinaning kinematik va moylash sxemasini tuzish.


Mashinani konstruksiyasini yaratishda yoki eski mashinani mukammallashtirishda kinematik sxema tuzish zarur. Kinematik sxemada mashina oddiy qilib ko`rsatiladi. Mashinani kinematik hisoblashda kinematik sxema boshlang`ich hujjat qilib olinadi. Kinematik sxema mashinaning ishlash prinsipini aniqlashda, uning tuzilishini o`rganishda yordam beradi. Shuning uchun har bir muhan-dis kinematik sxemani faqatgina o`qiy bilishi yoki tushunishi emas, balki tez va aniq tuza bilishi ham zarurdir.
Mashinaning kinematik sxemasi uning barcha mexanizm va zvenolarining o`zaro bog`lanishini ko`rsatishi, element va mexa-nizmlarning birikish tartibini berib, energiya oqimining tarqalishini, mashina elementlarining kinematik bog`lanishini, ishlovchi bo`g`in-larning o`zaro joylashishini ko`rsatib beradi.
Murakkab mashinalar uchun yuritma (tranmissiya) va bajaruvchi mexanizmlar uchun alohida kinematik sxema tuzish mumkin.
Yuritma va yuritma moslamalar harakatni dvigateldan (energiya manbaidan) ishchi mexanizmlar asosiga yoki ishchi qismlarga bevo-sita uzatish uchun kerakdir. Bajaruvchi mexanizmlar (odatda davriy harakat qiladigan) harakatni asosiy zvenolardan bevosita mexanik operatsiyalarni bajaruvchi va boshqaruvchi ishchi qismlarga (bo`g`in-larga) yuborish uchun xizmat qiladi.
Kinematik sxemada dvigatel quvvati, dvigatel valining aylanish soni, boshqa vallarning aylanish soni, shkivlar diametri, tasma turi va uzunligi, tishli g`ildirak tishlarining soni va ilashish moduli, zanjirli uzatma yulduzchalarining tishlari soni, zanjirning qadamlar soni, reduktorlarning uzatishlar soni bo`lishi kerak. Hamma vallar rim ra-qamlari bilan belgilangan bo`lishi lozim. Sxemaning barcha ele-mentlari - krivoshipli, kulachokli va boshqa boshqaruvchi va asosiy zvenolar aylanma tartibda chapdan o`ngga yoki o`ngdan chapga qarab belgilanadi.


Mashinani moylash sxemasi va kartasini tuzish tartibi. Mashinani moylash sxemasi va kartasi "Mashinani ishlatish va xizmat ko`rsatish yo`riqnomasi" ilovasida albatta bo`lishi kerak. Yo`riqnoma mashinani yaratish davrida tuziladi.
Moylash sxemasida mashinaning umumiy ko`rinishi tushirilgan ma’lum bir kichik formatdagi chizmada shartli belgilar bilan moylash joyi ko`rsatiladi.
Mashinaning moylash qismlarini moylanish uslublari va o`rni shartli belgilar bilan 8-shakl ko`rinishida keltirilgan. Moylashning sharli belgilari va uslublari 1.4-jadvalda keltirilgan.
Moylash kartasi jadval tariqasida tuziladi: bunda moylanadigan tugunlar nomi, moylash materialini qabul qilishning shartli belgisi, moylash davriyligi, moyni uzatish tartibi ko`rsatilgan bo`lishi lozim.
Mashinani moylash ishqalanish natijasida yo`qoladigan energiyani tejash, ishqalanadigan yuzalarning yeyilishini kamaytirish, yemirilish va darz ketishning oldini olish uchun qo`llaniladi. Moylashning o`z vaqtida bajarilishi mashinaning ko`p vaqt benuqson ishlashini ta’min-laydi. Moylash materiallarining mashinaning bajaradigan ishiga va uning vazifasiga bog`liq holda tanlanadi.
Tebranish podshipniki uchun eng yaxshi moylash materiali bo`lib suyuq moy xizmat qiladi. Lekin ko`pincha u ishlatishga qulay, qovushqoqligi yuqori bo`lgan moy bilan almashtiriladi. Harorat +650C gacha bo`lgan sharoitda ishlaydigan kam yuklamada tebranish podshipnigi uchun qovushqoqligi katta bo`lgan moy solidol US-2, ko`p yuklamaligi uchun US-3 ishlatiladi.
Tishli va chervyakli uzatmalar suyuq moyga qisman botirish yo`li bilan moylanadi. Moylar qovushqoqligi tishli ilashmalarning materiali va aylanma tezligiga qarab tanlanadi.
Ko`p bosqichli reduktorlar uchun moylash materiali kichik aylanma tezlik va katta yuklama bilan ishlaydigan tishli juftliklarga qarab tanlanadi.
Moylash davriyligini quyidagi me’yoriy hujjatlarga asosan aniqlanadi:
a) normal sharoitda tebranish podshipniki 6 oyda bir marta qovushqoqligi katta bo`lgan moy bilan; og`ir sharoitlarda (notekis kuchlanish, reversiv harakat, tez-tez ishlatish, changli muhit va boshqalar) ishlaydiganlar uchun - 3 oyda 1 marta; suyuq moylar ishlatilganda podshipnik asosiga 2-3 kunda 1 marta moy quyiladi;
2) sirpanish podshipniki va vtulkalar moy bilan qo`lda 1-2 marta har smenada moylanadi;
3) sirpanish podshipniki qovushqoqligi katta bo`lgan moy bir oyda 1 marta; korpusiga moyni 3-5 kunda 1 marta qo`shiladi;
4) tishli, chervyak va vintli uzatgichlar qo`lda moy bilan smenada 1 marta; qovushqoqligi katta bo`lgan moy bilan 2-3 kunda 1 marta; karter moylashda korpusiga qovushqoqligi katta bo`lgan moy bir oyda 1 marta qo`shiladi; suyuq moylash materiali 3-4 kunda 1 marta;
5) zanjirli uzatgichlar qovushqoqligi katta bo`lgan moy bilan bir oyda 1 marta; suyuq moy bilan - smenada 1 marta;
6) yo`naltiruvchi parallellar smenada 2-3 marta moylanadi.
Sirpanish podshipniklari va vtulkalarni moylashda 8 soat ish davomida val diametri va moylash usuliga qarab sarf bo`ladigan moy miqdori aniqlanadi.
Podshipnikni zichlab to`ldirish yo`li bilan moylashda sarf bo`ladigan qovushqoqligi katta bo`lgan moy miqdori - 5 gramm.
Tishli uzatmalar karterida 8 soat ish davomida sarf bo`ladigan moy miqdori jadvalda berilgan.
Val diametriga qarab tebranish podshipnikini moylashdagi moy sarfi olinadi. Sarf bo`ladigan qovushqoqligi katta bo`lgan moy val diametri va moylash vannasining hajmiga qarab jadvaldan olinadi.
Yassi sirtlarni moylanganda sarf bo`ladigan moy miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Q=0,01·k·F; (1.2)
bu yerda: Q - bir vaqtda sarf bo`ladigan moy miqdori, kg;
k - uzatma koeffitsienti, masalan agar moylanadigan yuza 0,05
m2 dan kam bo`lsa k=12; F - moylanadigan parallellar yuzasi, m2.
Grafit smazkaning tishli uzatgichlarni moylashda birdaniga sarf bo`ladigan miqdori tishli g`ildirak diametrining har bir 10 mm.ga 0,5 gramm qilib olinadi.
Vint va chervyaklarni moylashdagi sarf bo`ladigan moy miqdori uning diametriga qarab olinadi.
Diametr, mm.........................760 50 40 30 20
Sarf, gr.............................… 6 5 4 3 2
Sharnirning 8 soat ishi davomida sarf bo`ladigan moy miqdori - 0,5 g.
Zanjirni qovushqoqligi katta bo`lgan moy US-1 bilan moylashda sarf bo`ladigan moy miqdori soatiga 0,4 gr. qilib, suyuq moy miqdori esa 1 m ga 1,0 gr. qilib olinadi.
Misol tariqasida jihozning moylash kartasi 1.4-1.8-jadvallarda keltirilgan.

Download 2.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling