Mavzu: konsultativ al’yans. Muammoli diagnostika, samaradorlik sharti. Psixologik vositachilik diagnostikadagi muammoli yondashuv


Psixologik maslahatning asosiy maqsadi


Download 12.97 Kb.
bet3/4
Sana27.10.2023
Hajmi12.97 Kb.
#1728437
1   2   3   4
Bog'liq
mmmmm

Psixologik maslahatning asosiy maqsadi – psixologik yordamni koʼrsatish, yaʼni psixologning kishi bilan suhbati mijoz muammolarini hal qilishi va shaxslararo munosabatlarini bir maromga solishi lozim. Biroq, bu yordam qanday shaklda, qay koʼrinishda amalga oshirilishi xususidagi savolga javob berish uchun psixolog konsultant faoliyati jarayonida amal qilishi lozim bo’lgan tamoyillarni yaxshi o’zlashtirgan hamda amaliyotda qo’llay olishi muhimdir. Psixologik maslahat muvaffaqiyati koʼpincha psixolog mijozni qanday eshitganligi va uning oʼz hamda ayni paytdagi holati toʼgʼrisidagi tasavvurlarini qay darajada oʼzgartirganli-giga bogʼliq boʼladi. Kuzatishlarimizga qaraganda, psixolog mutaxassisga yordam uchun murojaat qilayotgan koʼpchilik insonlarning asosiy muammosi shundaki, ular biror kishi bilan oʼzlarini qiynayotgan muammolar borasida ochiqdan-ochiq gaplasha olmaydilar. Shuning uchun psixolog konsultantning uni diqqat bilan eshitishi va tushunishga tayyorligining oʼziyoq kishi uchun katta ahamiyatga ega hamda bu muayyan ijobiy oʼzgarishlarni yuzaga keltiradi. Maslahat jarayonida mijozning shikoyatlari asta-sekin boshqalardan oʼziga qaratilishiga erishish kerak. Buni amalga oshirmasdan turib, boshqa biror muhim natijani oʼylamasa ham boʼladi. Inson atrofida boʼlayotgan voqea-hodisalarda oʼz ishtiroki va aybini his qilgan holdagina vaziyatni oʼzgartirishga harakat qilishi mumkin, aks holda u koʼmakni boshqalardan, chetdan kutib qolaveradi.

Mijozga nisbatan xayrixoh va begʼaraz munosabat Mazkur taʼrifda mijoz oʼzini qabul vaqtida erkin va qulay sezishi uchun mutaxassis amalga oshirishi, namoyon etishi zarur boʼlgan kasbiy, professional xulq-atvor xususida soʼz bormoqda Mijoz qadriyatlari va meʼyorlarini hisobga olish Ushbu tamoyil psixologning jamiyat tomonidan qabul qilingan emas, balki mijoz tomonidan oʼzlashtirilgan xulq-atvor meʼyorlari, ideallariga, dunyoqarashi, qadriyatlariga eʼtibor qaratishi zarurligini bildiradi. Maslahat bermaslik Mijozlarga (garchi jarayon koʼpincha psixologik maslahat, maslahat deb atalsa-da) maslahat berish tavsiya etilmaydi. Bunga asos va sabablarni doimo yetarlicha topish mumkin. Eng avvalo, psixologning yoshi va hayotiy tajribasi qay darajada boʼlishidan qatʼi nazar, birovlarga natijasi kafolatlangan maslahat berishning iloji yoʼq: har bir insonning hayoti oʼziga xos va uni oldindan bilib boʼlmaydi. Maxfiylik, anonimlik Psixologik maslahat jarayonining asosiy shartlaridan biri maxfiylik, anonimlikdir. Bu mijoz tomonidan berilgan har qanday maʼlumot, axborot uning roziligisiz biror davlat, jamoat tashkiloti, jismoniy shaxs, shu jumladan, qarindoshlar yoki doʼstlarga berilmasligini anglatadi.



Download 12.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling