Mavzu: Konvektiv issiqlik almashinuvi. Reja
Download 107.13 Kb.
|
Konvektiv issiqlik almashinuvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Jarayon tasnifi va asosiy tushunchalar.
Mavzu:Konvektiv issiqlik almashinuviReja:1.Jarayon tasnifi va asosiy tushunchalar.2.Konvektiv issiqlik almashinishining asosiy qonuni.3.Gidrodinamik va issiqlik chegaeaviy qatlami.4.Konvektiv issiqlik almashinishining differensial tenglamalari.1.Jarayon tasnifi va asosiy tushunchalar.Gaz yoki suyuqlik makrozarralarining bir joydan ikkinchi joyga siljishida issiqlikning uzatilish jarayoni konvektsiya deyiladi. Konvektsiya (lotincha canvectia – keltirish) sochiluvchan, suyuq va gazsimon moddalar qatlamlari zarralarining tartibsiz harakatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun zarralari oson siljiydigan muhitdagina konvektsiya sodir bo‘lishi mumkin. Issiqlikning konvektiv va molekulyar uzatilishining birgalikda ta’sir etishi tufayli bo‘ladigan issiqlik almashinish konvektiv issiqlik almashinish deyiladi. Boshqacha aytganda, konvektiv issiqlik almashinuvi bir vaqtning o‘zida ikki usul: konvektsiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi muhit va uning boshqa (qattiq jism, suyuqlik yoki gaz) bilan chegara sirti orasidagi konvektiv issiqlik almashinuviga issiqlik berish deyiladi.Vujudga kelish sabablariga qarab, suyuqlikning harakati erkin va majburiy harakatlanishga bo‘linadi. Erkin harakatlanish yoki tabiiy konvektsiya notekis isitilgan suyuqlikda (gazda) vujudga keladi. Bunda vujudga keladigan temperaturalar zichliklarning farq qilishiga va suyuqlikdagi zichligi kamroq makrozarralarning suyuqlik yuzasiga qalqib chiqishiga olib keladi, bu esa harakatlanishni keltirib chiqaradi. Erkin harakatning jadalligi suyuqlik turiga, makrozarralarining temperaturalari farqiga va jarayon bo‘layotgan hajmga bog‘liq. Suyuqlikning majburiy harakatlanishi yoki majburiy konvektsiya tashqi qo‘zg‘atuvchilar: ventilyatorlar, nasoslar va shunga o‘xshashlarning ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bular yordamida suyuqlikni harakatlanish tezligini keng ko‘lamda o‘zgartirish va shu bilan issiqlik almashinuv tezligini boshqarish mumkin.Download 107.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling