Mavzu: Ko’payish xillari
Download 313.4 Kb. Pdf ko'rish
|
kopayish xillari.
Mavzu: Ko’payish xillari. Reja:
1. Ko’payish xillari: jinssiz va jinsiy ko’payish 2. O’simliklarda jinssiz ko’payish 3. Hayvonlarda jinssiz ko’payish 4. Ko’payishning ahamiyati Organizmlarning ko’payish usullari juda xilma-xil va murakkab bo’lishiga qaramay, uning asosini ikki xil: jinsiy va jinssiz ko’payish tashkil qiladi. Jinsiy bezlarda hosil bo’lgan jinsiy hujayralar ishtirokida boradigan nasllar gallanishi va rivojlanishiga jinsiy ko’payish deyiladi. Bu ko’payish xili evolutsiya davomida paydo bo’lgan bo’lib, unda ota va ona genotiplarining xilma – xil bo’lishi muhim ahmiyatga ega. Jinsiy ko’payish tufayli nasllarning hayotchanligi va organizmlar orasidagi xilma – xillik ortadi. O’simliklar olamida jinsiy ko’payishni yopiq urug’li o’simliklar misolida ko’rish mumkin. Gulli o’simliklar gulidagi changchida otalik, urug’chida esa onalik jinsiy hujayralari yetiladi. Bularning qo’shilishidan murtak rivojlanadi bu yangi organizm demakdir. Changchi va urug’chi bir gulda joylashgan bo’lsa bunday o’simliklarni ikki jinsli o’simliklar deyiladi. Bularga olma, o’rik, behi, gilos kabilar kiradi. Jinsiy hujayralar ishtirok etmasdan, balki somatik hujayralar ishtirokida nasllarning gallanishi va rivojlanishiga jinssiz ko’payish deyiladi. Jinssiz ko’payish tabiatda keng tarqalgan. Ko’pchilik bir hujayrali sodda hayvonlar (amyoba, avglena, tufelka) teng ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi.
Bir hujayrali suv o’tlari (xlorella, xlomidomonada), sporalilar bir necha bo’laklarga bo’lish yo’li bilan ko’payadi, ko’p bo’laklarga bo’linib ko’payish – shizogoniya deyiladi. Bir va ko’p hujayrali organizmlarda jinssiz ko’payish usullaridan biri kurtaklanishdir. Misol uchun achitqi va gidralar.
Achitqining kurtaklanishi Gidraning kurtaklanishi Kurtaklanib ko’payishda, dastlab, ona organism tarkibida yadrosi bo’lgan bo’rtma hosil bo’ladi. U o’sib ona organizm darajasida kattalashadi, so’ngra ajralib mustaqil yashaydi. Ko’p hujayrali chuchuk suv gidrasida kurtak hujayralar guruhidan iborat bo’lib, kurtaklar ona organizm tanasi hisobiga oziqlanib, tez rivojlanadi. Ularning uchida paypaslagichlari va og’iz teshigi paydo bo’ladi. Yosh gidralar biroz o’sgandan keyin ona organizmdan ajralib mustaqil yashay boshlaydi. O’simliklar orasida vegetativ ko’payish keng tarqalgan bo’lib, ular qalamchalari, gajaklari, ildiz bachkisi, tugunaklari, piyozchalari va ildizpoyalari orqali ko’payadi. Kartoshka, batat, shoyigul tugunaklari yordamida, tol, terak, tok, qoraqat qalamchalari yordamida, olma, yantoq, olcha, terak kabilar ildiz bachkisi bilan, qulupnay gajaklari orqali, begoniya bargi, ildiz tugunaklari, iloq, g’umay, shirinmiya, ajriq, hilol ildizpoyalari orqali ko’payadi. Misol uchun hilol tugunagi hisobiga 1m 2 joyda 1800 tagacha o’simlik hosil qiladi. Ayrim hayvonlarda ham vegetativ ko’payish kuzatiladi. Halqali chuvalchanglar tanasi bir necha bo’lakka bo’linganda ularning har biridan alohida organizm rivojlanadi. Hayvonlarda kuzatiladigan vegetativ ko’payish asosida regeneratsiya yoki yo’qotilgan qismni qayta tiklash yotadi. Regeneratsiya umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlar (sudralib yuruvchilar) uchun xosdir.
Jinssiz ko’payishda hosil bo’lgan avlod ona organizmning aynan o’xshashi bo’ladi. Jinssiz ko’payishning biologik ahamiyati, organizmning tez ko’payishi va ko’p avlod hosil bo’lishini ta’minlashdan iborat. Jinssiz ko’payish asosida mitoz ko’payish yotadi. Download 313.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling