Mavzu: Ko’payish xillari


Download 313.4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi313.4 Kb.
#210467
Bog'liq
kopayish xillari.



Mavzu: Ko’payish xillari.

Reja:


1. Ko’payish xillari: jinssiz va jinsiy ko’payish

2. O’simliklarda jinssiz ko’payish

3. Hayvonlarda jinssiz ko’payish

4. Ko’payishning ahamiyati




Organizmlarning   ko’payish   usullari   juda   xilma-xil   va   murakkab     bo’lishiga

qaramay, uning asosini ikki xil: jinsiy va jinssiz ko’payish tashkil qiladi.

Jinsiy   bezlarda   hosil   bo’lgan   jinsiy   hujayralar   ishtirokida   boradigan   nasllar

gallanishi va rivojlanishiga jinsiy ko’payish deyiladi.

Bu   ko’payish   xili   evolutsiya   davomida   paydo   bo’lgan   bo’lib,   unda   ota   va   ona

genotiplarining   xilma   –   xil   bo’lishi   muhim   ahmiyatga   ega.   Jinsiy   ko’payish   tufayli

nasllarning hayotchanligi va organizmlar orasidagi xilma – xillik ortadi. 

O’simliklar olamida jinsiy ko’payishni yopiq urug’li o’simliklar misolida ko’rish

mumkin.   Gulli   o’simliklar   gulidagi   changchida   otalik,   urug’chida   esa   onalik   jinsiy

hujayralari   yetiladi.   Bularning   qo’shilishidan   murtak   rivojlanadi   bu   yangi   organizm

demakdir. Changchi va urug’chi bir gulda joylashgan bo’lsa bunday o’simliklarni ikki

jinsli o’simliklar deyiladi. Bularga olma, o’rik, behi, gilos kabilar kiradi. 

Jinsiy   hujayralar   ishtirok   etmasdan,   balki   somatik   hujayralar   ishtirokida

nasllarning gallanishi va rivojlanishiga jinssiz ko’payish deyiladi.

Jinssiz ko’payish tabiatda keng tarqalgan.

Ko’pchilik   bir   hujayrali   sodda   hayvonlar   (amyoba,   avglena,   tufelka)   teng   ikkiga

bo’linish yo’li bilan ko’payadi.



Bir   hujayrali   suv   o’tlari   (xlorella,   xlomidomonada),   sporalilar   bir   necha   bo’laklarga

bo’lish   yo’li   bilan   ko’payadi,   ko’p   bo’laklarga   bo’linib   ko’payish   –   shizogoniya

deyiladi. 

Bir     va   ko’p   hujayrali   organizmlarda   jinssiz   ko’payish   usullaridan   biri

kurtaklanishdir.  Misol uchun achitqi va gidralar.



  

            

                     Achitqining kurtaklanishi                                                       Gidraning 

kurtaklanishi

Kurtaklanib ko’payishda, dastlab, ona organism tarkibida yadrosi bo’lgan bo’rtma

hosil bo’ladi. U o’sib ona organizm darajasida kattalashadi, so’ngra ajralib mustaqil

yashaydi.   Ko’p   hujayrali   chuchuk   suv   gidrasida   kurtak   hujayralar   guruhidan   iborat

bo’lib,   kurtaklar   ona   organizm   tanasi   hisobiga   oziqlanib,   tez   rivojlanadi.   Ularning

uchida paypaslagichlari va og’iz teshigi paydo bo’ladi. Yosh gidralar biroz o’sgandan

keyin ona organizmdan ajralib mustaqil yashay boshlaydi. 

O’simliklar orasida vegetativ ko’payish keng tarqalgan bo’lib, ular qalamchalari,

gajaklari,   ildiz   bachkisi,   tugunaklari,   piyozchalari   va   ildizpoyalari   orqali   ko’payadi.



Kartoshka, batat, shoyigul tugunaklari yordamida, tol, terak, tok, qoraqat qalamchalari

yordamida,  olma, yantoq, olcha, terak  kabilar ildiz bachkisi bilan,  qulupnay  gajaklari

orqali,  begoniya  bargi,   ildiz   tugunaklari,  iloq,   g’umay,   shirinmiya,   ajriq,   hilol

ildizpoyalari orqali  ko’payadi.  Misol  uchun  hilol tugunagi  hisobiga  1m

2

  joyda  1800



tagacha o’simlik hosil qiladi.


 

Ayrim hayvonlarda ham vegetativ ko’payish kuzatiladi.  Halqali chuvalchanglar tanasi

bir   necha   bo’lakka   bo’linganda   ularning   har   biridan   alohida   organizm   rivojlanadi.

Hayvonlarda kuzatiladigan vegetativ ko’payish asosida  regeneratsiya  yoki yo’qotilgan

qismni qayta tiklash yotadi. Regeneratsiya umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlar

(sudralib yuruvchilar) uchun xosdir. 

                                                



Jinssiz   ko’payishda   hosil   bo’lgan   avlod   ona   organizmning   aynan   o’xshashi

bo’ladi. Jinssiz ko’payishning biologik ahamiyati, organizmning tez ko’payishi va ko’p



avlod hosil bo’lishini ta’minlashdan iborat. Jinssiz ko’payish asosida mitoz ko’payish

yotadi. 

Download 313.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling