Mavzu: Ko’prik va yo’l o’tkazgichlar rigellarini loyihalash va hisoblash. Reja


Download 20.5 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi20.5 Kb.
#1715409
Bog'liq
16.Ko’prik va yo’l o’tkazgichlar rigellarini loyihalash va hisoblash.


Mavzu: Ko’prik va yo’l o’tkazgichlar rigellarini loyihalash va hisoblash.
Reja:

  1. Ko’prik va yo’l o’tkazgichlar haqida ma’lumot.

  2. Ko’prik va yo’l o’tkazgichlarni rigellarini loyihalash.

  3. Ko’prik va yo’l o’tkazgichlar rigellarini hisoblash.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Ko‘prikli inshootlarga foydalanish davridagi, iqtisodiy, me’morchilik (estetik) va hisobiy loyiha talablari qo‘yiladi.Foydalanish davridagi talablar asosiy hisoblanib va shunga qaratiladiki, inshoot unga qo‘yilgan foydalanish davrida o‘zining yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotmasligi, avtomobil va piyodalar harakatini xavfsiz va qulay ta’minlash va transport vositalarining belgilangan tezligini kamaytirmaslik. Buning uchun inshoot quyidagi talablarga javob berishi kerak: yetarli bikir bo‘lishi, chunki yuklar harakatlanayotgan vaqtdagi deformatsiya va surilishlar kutilganidan ortiqcha bo‘lmasligi, bog‘lanishlar tartibini buzmasligiva xavfsiz harakatga o‘zining ta’sirini o‘tkazmasligi kerak; yurish qismi va piyodalar yo‘lkasi bajaradigan ishiga mos kenglikka ega bo‘lishi va kelajakdagi harakat jadalligini hisobga olgan holda bo‘lishi kerak;


harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘rkam ko‘ndalang va bo‘ylama kesimga ega bo‘lishi kerak;
uzoqqa chidaydigan, chidamli ashyolardan tayyorlangan, ko‘prik ko‘tarmasi yeyilmaydigan materiallardan tayyorlanishi ishonchli suv tushuruvchi naylarga ega bo‘lishi kerak; suv toshqinlari muz oqimlarini bemalol o‘tkazishi va kema o‘tish talablariga javob berishi kerak.;
ko‘prikni ko‘rikdan o‘tkazish, tuzatish va rekonstruksiya qilish talablariga javob berishi kerak.
Iqtisodiy talablarga, inshootning to‘liq narxi uning to‘la xizmat ko‘rsatishvaqtidagi, qurilish narxi, saqlab turish, tiklash va rekonstruksiya uchun ketadigan mablag‘lar o‘ta kam miqdorda bo‘lishi kerak. Keyingi yillarda iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar bu sohadagi iqtisodiy talablarni kuchaytirishga olib keldi. Iqtisodiy talablarga erishish uchun joyning moddiy boyliklari va imkoniyatlaridan (zavodlar mavjudligi yoki qurilish materiallarining katta zaxirasi, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlanganligi va o‘qitilgan ishchilar zaxirasi) va umumtexnik va tabiiy sharoit va shartlar (transport yo‘llarini mavjudligi, suv transportini qo‘llash mumkinligi, vertolyotlardan foydalanish imkoniyati).Ishning sifatini yaxshilab, yuqori darajadagi mexanizatsiyalashni amalga
oshirib, zavodda ishlab chiqarilgan konstruksiyalardan foydalanish orqali inshootning to‘liq qiymatini pasaytirish mumkin.Ekologiya talablari atrof muhitni muhofaza qilishga qaratiladi. Keyingi yillarda atrof-muhit muhofazasiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Sun’iy inshootlarni loyihalashtirilayotgan joylarda atrof-muhitga yetkaziladigan zarar iloji boricha kamaytirish shartlarini o‘z ichiga oladi.
Me’morchilik talablari- ko‘prik shaklini hozirgi zamon go‘zalligi talablariga javob berishini, joyga va shahar qurilishini uyg‘unlashishini ko‘zda tutadi. Odatda
oqilona loyihalangan sun’iy inshoot estetik talablarga mos bo‘lishi kerak. Bunda inshootning har bir qismi alohida o‘zgacha o‘zining vazifasini bajaradi. Gabaritning balandligi H qoplama yuzidan hisoblanadigan I-III toifali yo‘llar uchun va shaharlarda 5.25m, IV-V toifali yo‘llardagi sun’iy inshootlar uchun 4.5m kenglikda bo’ladi.Shaharda joylashgan ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlardan tramvay yo‘lini o‘tkazish uchun 7.5m kenglik ajratiladi. Yurish qismiga cho‘ktirilgan relsli tramvay yo‘llarida (2.1,г.rasm) tramvay yo‘lidan himoyalovchi tasma qo‘yiladi, undagi gabarit balandligi inshootdagi umumiy gabarit balandligiga teng bo‘ladi.Cho‘ktirilmagan relsli tramvay yo‘llari uchun himoyalovchi tasma ikki eni tomoniga uning yurish qismida loyihaga qarab qo’yiladi va gabarit balandligi (2.1.д.rasm) rels ustidan hisoblanadi (H»4.6M).
Yurish qismini kengligini ko‘priklarga ko‘tarilishdagi qo‘shimcha harakat tasmasi bo‘lganda, yo‘llar har xil sathda kesishgan joylarda, kirish va chiqishda, estakadalar
tutashgan va tarmoqlangan qismlarda, tezlik tasmasiga
o‘tish mavjud bo‘lganda himoyalanish tasmasining eni hisobidan kengaytirishga ruxsat etiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar uchun himoyalanish tasmasining
kengligi I-III toifali yo’llarda 1m dan III-II toifali yo‘llar
uchun 0.75m dan kam bo‘lmasligi , IV va IV-II toifali
yo‘llar, shahar ko‘chalari va bir tasmali estakada va yo‘l o‘tkazgichlar uchun G-6.5dan kam bo‘lmasligi kerak.








Xulosa.
Ko‘prikli inshootlarga foydalanish davridagi, iqtisodiy, me’morchilik (estetik) va hisobiy loyiha talablari qo‘yiladi.Foydalanish davridagi talablar asosiy hisoblanib va shunga qaratiladiki, inshoot unga qo‘yilgan foydalanish davrida o‘zining yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotmasligi, avtomobil va piyodalar harakatini xavfsiz va qulay ta’minlash va transport vositalarining belgilangan tezligini kamaytirmaslik. Buning uchun inshoot quyidagi talablarga javob berishi kerak: yetarli bikir bo‘lishi, chunki yuklar harakatlanayotgan vaqtdagi deformatsiya va surilishlar kutilganidan ortiqcha bo‘lmasligi, bog‘lanishlar tartibini buzmasligiva xavfsiz harakatga o‘zining ta’sirini o‘tkazmasligi kerak; yurish qismi va piyodalar yo‘lkasi bajaradigan ishiga mos kenglikka ega bo‘lishi va kelajakdagi harakat jadalligini hisobga olgan holda bo‘lishi kerak;
harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘rkam ko‘ndalang va bo‘ylama kesimga ega bo‘lishi kerak;

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Asqarov B.A., Nizomov Sh.R., Yermatov I. T. Proektirovaniye i raschet
injenernix soorujeniy. Elektronnoye uchebnoye posobiye. Т., 2003.
2. Asqarov B.A., Nizomov Sh.R. T em irbeton va tosh-g‘isht
konstruksiyalari. Т., « 0 ‘zbekiston», 2003.
3. Baykov V.N., Sigalov E.Ye. Jelezobetonniye konstruksii. М., 1991.
4. QM Q 2.03.01-96. Beton va tem irbeton konstruksiyalar.
0 ‘zRDAQQ Т .,1998.
5. Nizomov Sh.R ., Xobilov B.A., Usmonov F.T. Tem irbeton
konstruksiyalari. Т., «Mehnat», 1992.
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling