Germaniyada investorlarning ulushi tarkibi quyidagicha shakllantirilgan: - 1. Yakka tartibdagi investorlar hissasiga 17 foiz aksiyalar to‘g‘ri keladi,
- 2. Korporativ investorlar esa nemis kompaniyalarining aksiyasini 64 foizini nazorat qiladi, SHundan (22 foizi banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya jamg‘armalari va boshqa moliya institutlari; 42 foizi nomoliya korporatsiyalari)
- 3. Bundan tashqari Germaniya korporatsiyalari kapitali tuzilmasida xorijiy investorlarning (14%) va davlatning ulushi (5%) bu ko‘rsatkich esa Buyuk Britaniyadagi ko‘rsatkichlardan ikki barobar yuqori.
- Yaponiya modeli ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda moliya-sanoat guruhlari (keyretsu) negizida shakllangan ,
- menejerlarning nazorati muammolarini kamaytirishga imkon beruvchi bank nazoratiga asoslangan tulik yopik tizimliligi bilan harakterlidir.
- Bu modelda biznesdagi muvaffaqiyatsizlik inson obro‘siga eng kuchli zarba bo‘lib, uning keyingi taqdirini belgilab beradi, deb hisoblaydilar.
- Yaponiya modeli urushdan keyingi davr modeli bo‘lib, dastlab o‘z oldiga milliy iqtisodiyoti va siyosatini tiklashni maqsad qilib qo‘ygan.
- Yaponiya modelida asosiy maqsad mehnat resurslaridan unumli foydalangan holda kompaniya samaradorligini oshirish hisoblanadi.
- Yaponiya modelida aksiya paketlari katta bank yoki yirik aksionerlar qo‘lida bo‘ladi .
YAponiya modeliga ko‘ra, Direktorlar kengashining a’zolari eski rahbar yoki boshqaruv organlari vakillaridir. - YAponiya modeliga ko‘ra, Direktorlar kengashining a’zolari eski rahbar yoki boshqaruv organlari vakillaridir.
- YAponiyaning 16 % korporatsiyalarida 1-o‘rinda yirik aksioner bank hisoblanadi. Biznesning asosiy birligi o‘zaro aloqador bo‘lgan kompaniyalar guruhidir.
- Bu modellarining asosiy kamchiligi raqobatni cheklashi hisoblanadi.
- Bu modelda shaxs etikasiga foyda keltiruvchi omil sifatida qaraladi.
- Korporativ boshqaruvning yapon modeli koʻp tomonlamali hisoblanadi va asosiy (etakchi) bank va moliya-sanoat guruhi (tarmogi) yoki keyretsu atrofida shakllanadi.
- “Asosiy bank va keyretsu - bu ikkita turli, lekin, bir-birini tuldiruvchi yapon modeli elementi hisoblanadi.
- Odatda, keyretsu moliya-sanoat guruhining barcha kompaniyalarini moliyalashtirishni ta’minlay oluvchi biror-bir yirik bank atrofida tashkil etiladi.
- Yapon korporatsiyalarining direktorlar kengashi tarkibi oʻrtacha 50 ta a’zodan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |