Mavzu: Korporativ boshqaruv modellari
Download 1.93 Mb.
|
25.02 KB Bobomurotova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporativ boshqaruvning ingliz-amerika modeli.
- Ingliz-amerika yoki autsaydercha model bu
Mavzu:Korporativ boshqaruv modellariBajardi:141a-20 guruh talabasi Bobomurotova S. Tekshirdi:O’rmonova D.Reja:
Korporativ boshqaruvning ingliz-amerika modeli.Korporativ boshqaruvning ingliz-amerika modeli aslida AQSH va Buyuk Britaniyaga xos model hisoblansada, dunyo bo‘ylab keng tarqalgan Ushbu model negizini tashkil etuvchi aksiyador nazariyasiga ko‘ra, korporatsiya menejerlarining asosiy majburiyati aksiyadorlar boyligini (mulkini) maksimallashtirish hisoblanadi. CHunonchi aksiyadorlar korporatsiyaning egalari hisoblanadilar va zimmalariga eng yuqori riskni oladilar. Direktorlar kengashi bir pog‘onali kengash modelini namoyon etadi va asosan aksiyadorlar tomonidan saylanadigan ijrochi bo‘lmagan direktorlardan tashkil topadi. Korporativ boshqaruvning ingliz-amerika modelining autsayder model sifatida talqin qilinishida korporativ mulkdorlar tarkibi ahamiyatga ega bo‘lib, mulkdorlarning yuqori darajadagi tarqoqligi modelning eng asosiy xususiyati sanaladi. Ingliz-amerika yoki autsaydercha model bu-aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan yuqori darajadagi korporativ nazoratning yoki aksiyadorlik jamiyati menejmenti ustidan nazoratning tashqi bozor mexanizmlaridan foydalanishga asoslangan aksiyadorlik jamiyatini boshqaruv modeli. AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yangi Zellandiya kabi davlatlar uchun xosdir. Ushbu modelni qoʻllashdagi asosiy muammo aksiyadorlik jamiyati ta’sischilari va jalb etilgan menejerlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlardagi muammo hisoblanadi. Bu modelda axborotlar ochiqligining eng qat’iy me’yorini namoyon etadi. Ushbu modelni qoʻllovchi boshqa mamlakatlarda ham axborotlar e’lon qilish darajasi yuqori, biroq AQShda korporatsiyalar har chorakda bir marta turli-tuman axborotlarni chop etishi lozim. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling