Mavzu: Korporativ moliyada lizing munosabatlari Eslatma


Download 24.88 Kb.
Sana18.05.2020
Hajmi24.88 Kb.
#107596
Bog'liq
2-Topshiriq


Mavzu: Korporativ moliyada lizing munosabatlari

Eslatma: Har biringiz alohida mustaqil o’rganish olib borasizlar va ma’lumotlarni mustqil to’playsizlar.
1-Topshiriq



O’zbekistonda lizing xizmatlari sektori tahlilini amalga oshiring.


2-Topshiriq
Respublikamizdagi istalgan lizing kompaniyasini tanlab olgan holda quyidagi savollarni yoritib taqdimot (prezentatsiya) tayyorlang:

  • O’zbekistonda lizing xizmatlari

  • Tanlagan lizing kompaniyasining tashkil topishi

  • Kompaniya ta’sischilari

  • Lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi

  • Kompaniya faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari

  • Kompaniyada korporativ boshqaruv

  • Lizingning afzalliklari va foydali taraflari


Yuqoridagi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tayyorlashingiz ham mumkin:

O’zbekistonda lizing xizmatlari

..

Tanlagan lizing kompaniyasining nomi


Kompaniyaning tashkil topishi

Kompaniya ta’sischilari

Lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi

Kompaniya faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari

Kompaniyada korporativ boshqaruv














Xulosa. Lizingning afzalliklari (-) va foydali taraflari





3-Topshiriq

1. Lizingga olingan asosiy vositalarning qiymati 100 mln. so’mni tashkil qiladi Lizing muddati - 8 yil. Foiz stavkasi, shu jumladan komission to’lovlarni inobatga olganda yillik 10%. Lizing to'lovlari yiliga ikki marta teng miqdorda amalga oshiriladi. Lizing to'lovining miqdorini aniqlang.


2. Lizingga olingan uskunaning narxi 400 mln.so’mni tashkil qiladi. Lizing muddati - 2 yil. Amortizatsiya ko’rsatkichi - 15%. Kredit uchun foizlar yiliga 20 foizni tashkil etadi. Lizing beruvchining shartnoma bo'yicha kelishgan komission stavkasi asbob-uskunalar narxidan yillik 4 foizini tashkil etadi.

lizing beruvchi oluvchiga asbob-uskunalarni etkazib berish va o'rnatish va xodimlarni o'qitish uchun 100 ming so’m miqdorida qo'shimcha xizmatlarni taqdim etadi. QQS stavkasi 18%. Ikkala yil uchun ijara to'lovlari miqdorini aniqlang.



Ma’lumot uchun
O‘zbekistonda lizing litsenziya talab qilinmaydigan faoliyat hisoblanadi, hamda bu faoliyat bilan nafaqat maxsus lizing kompaniyalar va tijorat banklarigina, balki lizing bilan bog‘liq bo‘lmagan korxonalar ham shug‘ullanishi mumkin.

Respublikamizda lizing rivojlanish bosqichini o‘tab bo‘ldi va bugungi kunda eng istiqbolli investitsiya kiritish sohalaridan biri hisoblanadi.



1991-2011 yillarda O‘zbekistonda lizing bozorining rivojlanish bosqichlari:

I - bosqich: 1991-1999 yillar. Xalqaro mexanizmlarini joriy etilishi va lizingga oid qonunchilik bazasini shakllanishi.

II – bosqich: 1999-2005 yillar. Lizingga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish va lizing bozorini tashkil etish.

III – bosqich: 2005-2011 yillar. Lizingni ommalashtirish va lizing bozorida raqobat muhitini shakllantirish.

O‘zbekistonda lizing operatsiyalari yo‘lovchi tashiydigan samolyotlarni lizingga berish bilan boshlangan. 1993 yildan buyon “O‘zbekiston havo yo‘llari” O‘zbekiston milliy havo yo‘llari kompaniyasi dunyodagi eng ilg‘or samolyot ishlab chiqaruvchilardan samolyotlar olgan holda o‘z havo yo‘llaridagi qatnov samolyotlarini yangiladi.

2002-yilning 1-sentabrigacha O‘zbekistondagi qonunchilik sababli banklar deyarli nol foyiz foyda bilan lizing moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirgan va lizing kompaniyalari hukumatdan yordam olishga harakat qilishgan. Ular mamlakatdagi lizing operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘p yillik va o‘rtacha vaqt oraliqdagi kreditlar uchun soliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan.

2002-yilning oxirida lizingga oid qonunchilikka o‘zgartirish kiritish natijasida ayniqsa Fuqarolik kodeksiga, Soliq kodeksiga, “Lizing to‘g‘risidagi qonun” va “Bojxona tariflari to‘g‘risidagi qonun” haqidagi qonunlarga o‘zgartirish kiritilishi natijasida bu holat tubdan o‘zgardi. Lizing qonunchiligidagi murakkab o‘zgartirilishlar lizing kompaniyasining O‘zbekistonda rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni olib tashladi va bu sektorning mamlakatda rivojlanishi uchun zamonaviy yuridik asos yaratdi. Bunday o‘zgarishlardan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2002-yilning 28-avgustida imzolangan, lizing kompaniyasini hamma soliq turlaridan ozod qilgan “Lizing sistemasini yanda takomillashiritsh uchun choralari haqidagi” qarori chiqarildi. Yuqori darajadagi doimiy resurs va ko‘p sonli mijozlarga ega bo‘lgan banklar ushbu soliq imtiyozlaridan foydalanishga muvvoffaq bo‘lishdi. 2003-yilda lizing operatsiyalari 2002-yildagiga qaraganda besh barobar o‘sganligi buning yaqqol misolidir.

2004-yilda lizing operatsiyalarining o‘sish tendentsiyasi saqlanib qoldi. Lizing kompaniyalarga ham banklarga berilganidek soliq imtiyozlari berilishi yangi lizing kompaniyalarining ochilishiga sabab bo‘ldi.

Mamlakatda valyuta bozorini liberallashtirish jarayoni bilan birgalikda lizing faoliyatining rivojlanishiga imkoniyat yaratuvchi qonunchilik ishlab chiqilishi lizingning yanada rivojlanishiga yo‘l ochodi. Bu bosqichda o‘zbek lizing beruvchilarga istiqbolli yo‘nalish lizing faoliyatini moliyalashtirishda tashqi ma’nbalar hisobidan amalga oshirish istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


Manba: «Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ lizing kompaniyasi veb sayti ma’lumotlari asosida, http://uzlk.uz/uz/bosh-sahifa/lizing-haqida-barchasi/O-zbekistonda-lizing



Download 24.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling