Mavzu: Korporatsiyalar va kapitallar tarkibini optimallashtirish


Download 108.28 Kb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi108.28 Kb.
#1268935
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Korporatsiyalar va kapitallar tarkibini optimallashtirish


Mavzu:Korporatsiyalar va kapitallar tarkibini optimallashtirish.
Reja:
.Kirish

  1. Korxonalarda kapital tarkibi, uning maqsad va vazifalari

  2. Korxonalarda kapital tarkibiytuzilishi modellari va uni optimallashtirish

  3. O’zbekistonda korxonalarda kapital tarkibini optimallashtirish yo’llari

4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarning asosiy turlari hisoblangan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarsiz tadbirkorlik faoliyatini yuritish mumkin emas. Bu resurslar, oʻz navbatida, tekin emas.Ularni qidirib topish, jalb qilish, boshqarish va boshqa jihatlar ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Oʻxshash xarajatlarni ratsional va samarali boshqarish koʻp jihatdan korxona moliyaviy faoliyati yakuniy natijalarini oldindan belgilab beradi. Foydalanilgan resurslarning qiymatini oshirish orqali loyihalarni amalga oshirish natijasida daromad olingan holatlarda korxonada qoʻshimcha qiymat yaratiladi va samaralii shlayotgan hisoblanadi.


Moliyaviy resurslar ham bundan mustasno emas.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ moliyada turli xil moliyalashtirish manbalaridan keng doirada foydalanish imkoniyati mavjud. Bunda korporativ moliyaviy boshqaruvning asosiy vazifasi korxona bozor qiymatini maksimallashtirish va mulkdorlar moliyaviy barqarorligi yanada oʻsishini ta’minlovchi faoliyatni moliyalashtirish manbalarining optimal variantini topish hisoblanadi. Shuning uchun korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularning optimal tarkibini belgilash, foydalanish uchun toʻlovlar borasida qaror qabul qilish masalalari bugungi kun korporativ moliya nazariyasi va amaliyotining keng qamrovli masalalaridan biri sanaladi.
Qayd etib oʻtish kerakki, korporativ tuzilmalarning moliyaviy strukturasini shakllantirishga doir turli xil nazariyalar, konsepsiya va yondashuvlar amal qilsada, bu borada yagona xulosaga hali-hamon kelinmagan. Lekin boshqa tomondan, kapital tarkibi nazariyasining asosiy qoidalarini bilish biznesni moliyalashtirish va qoʻshimcha qiymat yaratish tamoyillarini chuqur anglash kapital tarkibini optimallashtirish boʻyicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishiKorxonalar moliyaviy resurslarining tarkibiy tahlili
Mustaqillik bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdo-sotiqda erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish uchun sherik tanlay bilish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot va uni sotishdan olgan daromadga to‘liq egalik qilish moliyaviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga bevosita ta’sir etadi. Yangicha ish yuritish avval uchramagan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali mijoz va hamroh tanlash bilan birga ularning moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.Iqtisodiyotni rivojlantirishda haddan tashqari markazlashtirilgan ma’muriy buyruqbozlik, rasmiyatchilik, rejalashtirish va boshqarish tizimidan voz kechish bozor munosabatlaridan keng foydalanish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytiradi, ularning moliyaviy holatiga e’tiborni oshiradi hamda korxonalarning moliyaviy holati bilan shug’ullanuvchi, undan manfaatdor tashkilot va organlarning tarkibini kengaytiradi.
Korxonalarda kapital tushunchasi (nemischa – kapital; lotincha – capitalis – bosh, asosiy), sarmoya – keng ma’noda – o’z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo’lgan jami vositalar va mablag’lar; yangi qiymat keltiruvchi, o’zini o’zi ko’paytiruvchi qiymatdir. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma’noda – ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi ishga qo’yilgan, ishlab turgan daromad manbaidir. Kapitalning paydo bo’lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi.Bozorda o’ziga xos, alohida Tovar – ish kuchining paydo bo’lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida Tovar muomalasidagi pul kapitalga aylanadi.Kapital ko’p sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy capital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to’liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo’linadi. Pul kapitali (sarmoya) – ashyoviy kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya’ni pul kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada kapital ̶ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko’payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya’ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. Kapitalning korxona, firma, banklar kapitali, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli zahira kapitali, ustav kapitali ko’rinishlari mavjud.


  1. Download 108.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling