Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyasi


Download 79.94 Kb.
bet1/6
Sana11.01.2023
Hajmi79.94 Kb.
#1087685
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyasi esse


Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyasi

Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli iqtisodiyotni umuman bir ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsa-da, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, raqamli iqtisodiyot – jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirish imkonini beruvchi va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir.


Fikrimizcha, bu ta’rif juda to‘g‘ri, lekin foydalanish uchun biroz noqulay. Bir tomondan, raqamli iqtisodiyotga uzil-kesil ta’rifning yo‘qligi, ko‘plab xususiy va tor ixtisosli savollarni muhokama qilish uchun to‘siq hisoblanmaydi. Lekin, boshqa tomondan, ushbu o‘quv qo‘llanma yozishdan maqsad – raqamli iqtisodiyot fenomenining integral ko‘rishini shakllantirish ekanligi sababli, biz o‘z ta’riflarimizni taklif qilishga jazm etdik.
Yuqorida aytganimizdek, raqamli iqtisodiyot gibrid dunyo sharoitida mavjud bo‘ladigan iqtisodiyotdir. Ushbu ta’rif ham to‘g‘ri bo‘lib, mohiyatni aks ettiradi, lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, amaliyotda undan foydalanish birmuncha murakkabdir. Aynan shu sababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik: Raqamli (elektron) iqtisodiyot hamda elektron tijorat – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir.
Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat subyektlari – tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni obyekt va subyektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlovchi infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin. To‘laqonli o‘zaro aloqa qilish uchun barcha iqtisodiyot obyekt va subyektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo‘lishlari lozim. Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va xavfsizlik ko‘rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamli tarkibiy qismlari (dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.
Kelajakda ko‘plab tovar va xizmatlar qiymatining sezilari qismi uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar “aqlli” buyumlar deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlarning asosiy xususiyatlari jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil xavfsizligi o‘shadi va uning ekspluatatsiyaqiymati kamayadi) yoki yangi xususiyatlar (ovoz bilan boshqarish, internet yoki mobil telefonlar turib masofadan boshqarish kabilar) paydo bo‘lishi lozim.
Kognitiv texnologiyalar yordamida intellektuallashtirilgan internetda axborot izlab topish mashinalari bir so‘rovga javob tariqasida minglab javoblar beradi. Bu ma’lumotlar inson idrok qilishi uchun ochiq, ishonchli va to‘liq bo‘lisga musobaqalashib, to‘plangan ma’lumotlarni o‘zlari qayta ishlay boshlaydilar va natijada bu dunyoni biz uchun “shaffof” qiladi. Bunday dunyoda aldab bo‘lmaydi, chunki yolg‘on darhol fosh bo‘ladi, obro‘-e’tibor esa eng muhim kapital hisoblanadi.
Iste’molchi ishlab chiqaruvchini mustaqil ravishda topadi, avtomatik hujjataylanmansii hisobga olgan holda esa u to‘gridan-to‘g‘ri barcha kontragentlari bilan o‘zaro aloqa qilishi mumkin. Shu tariqa M2C (manufacturer to customer, ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga) biznes modeli va bunda ushbu iste’molchi uchun zarur (yoki ko‘ngildagi) original xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan C2M (customer to manufacturer) modeli paydo bo‘ladi.
Bulutli hisoblash platformalari (Cloud Computing) – yangi axborot texnologiya konsepsiyasi bo‘lib, u eng kam espluatatsion xarajatlar talab qiladi yoki u orqali provayderga murojaatlar tezkor taqdim etiladi va kerak bo‘lgan hisoblash resurslari talablarga binoan hamma joyda va qulay tarmoq ulanishi bilan ta’minlanishni ko‘zda tutadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlari, serverlar, ma’lumot saqlash qurilmalari, servis dasturlari – birgalikda ham, alohida ham bulutli texnologiyalarning tarmoq resurslariga misol bo‘lishi mumkin.
Boshqacha aytganda, bulutli texnologiyalar (Cloud technologies) –kompyuter resurslarini Internetdan foydalanuvchiga so‘rov bo‘yicha (on demand) onlayn-servis sifatida taqdim eta oladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir. Shuni ham aytish zarurki, bulutli texnologiyalar vujudga kelayotgan raqamli iqtisodiyot poydevoriga ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shayapti. Bu hissa faqatgina texnologik tarkibiy qismlar bilan chegaralanmaydi, balki iqtisodiy va g‘oyaviy tarkibiy qismlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Bulutli texnologiyalar rivojlanishi, masalan, talab bo‘yicha ishlab chiqarish (production on-demand), xizmat sifatidagi dasturiy ta’minot (software as a service) kabi kelajak biznes-modellarining aksariyati uchun asosiy g‘oyaga va ko‘plab iqtisodiy o‘zaro aloqalar uchun tamoyilga aylanuvchi tushunchalar paydo bo‘lishiga olib keldi.
Buyumlar Interneti (IoT) esa – ko‘plab texnologiyalarni birlashtiruvchi, datchiklar bilan jihozlanganlik va internetga barcha uskunalarning ulanishini ko‘zda tutuvchi konsepsiya bo‘lib, masofadan turib real vaqt rejimida (jumladan, avtomatik rejimda) jarayonlarni monitorig va nazorat qilish, buning asosida ularni boshqarish imkonini beradi.
Bugungi kunda bu sohada ikkita yirik yo‘nalish shakllangan: buyumlar Interneti (IoT - Internet ofThings) va buyumlar sanoat Interneti (IIoT - Sanoatlashgan Internet of Things). Instrumental jihatdan bu texnologiyalar bir-biriga juda o‘xshash, asosiy farq esa bajarilishi lozim bo‘lgan vazifada: agar buyumlar internetining asosiy vazifasi bu xilma-xil (model va prognozlar tuzishda ustuvor foydalaniluvchi) ma’lumotlar to‘plash bo‘lsa, buyumlar sanoat Internetining bajarishi lozim bo‘lgan vazifasi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan iborat (datchiklar ko‘rsatkichlari bo‘yicha resurslar va quvvatlarni masofadan turib boshqarish).

Download 79.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling