Bilish jarayonining rivojlanishi


Download 34.99 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi34.99 Kb.
#1004579
Bog'liq
Bilish jarayonining rivojlanishi


Mavzu: ”Bilish jarayonining rivojlanishi”
Reja:

  1. Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola

  2. Intellektual-anglash malakalari

  3. Elementar matematik malakalar

Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
• o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
• predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
• raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;
• makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
• elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
• atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;
• atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.
Bu shunday o‘qitishki, u bolaning yosh xususiyatlarini, uning qobiliyatlarini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini, tajribasini, maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgunigacha oiladagi madaniyatni hisobga oladi, bu bolani o‘qitishdagi maqsadlarga erishishida yordam beradi.
1. O‘qitish bolalar eng optimal ravishda qanday rivojlanayotganliklari va o‘qiyotganliklarini bilishga asoslanishi kerak;
2. O‘qtishdagi muvaffaqiyat pedagogning bolalarni qanday qilib o‘qitish va rivojlantirish metodlari hamda usullarini bilishiga bog‘liq bo‘ladi;
3. Pedagogning asosiy vazifasi bu bolaning potensialni aniqlashi va uning rivojlantirilishiga yordam ko‘rsatish;
4. Maktabgacha ta’limning o‘ziga xosligi bolalikning qadr-qimmatini tushunish va uni muddatidan oldin katta bo‘lib qolishga turtki bermaslik. Pedagog quyidagilarni bilishi va yodda tutishi lozim:
1. Bolalarni ular qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilish.
2. Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda ko‘maklashish.
3. Bolalar nimalarga qodir ekanliklarini va ular o‘z yosh guruhlarida qanday o‘qiyotganliklarini bilish tarbiyachiga o‘qitishni rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang‘ich ma’lumotni berish.
4. Agar pedagog barcha bolalarga bir xilda yondashadigan bo‘lsa, bola muvaffaqiyat qozona olmaydi.
5. Pedagog bolaning turli xil predmetlar bilan faoliyatini, uning turli xil mashg‘ulotlarga kirishib ketganligini doimiy kuzatishi kerak, bolalarning qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarini bilib olishga intilishi lozim.
6. Bu axborotlar asosida pedagog rejalashtirishni amalga oshiradi va bolaning rivojlanishida olg‘a siljishga erishi uchun o‘qitish metodlarini moslashtiradi.
7. O‘qitish bolalar endilikda nimalarni bilishlari va uddalay olishlarigagina emas, balki ulardan yangi ko‘nikmalarni va yangicha tushunishni hosil qilish yo‘nalishida ma’lum bir urinishlarni ham talab qilishiga asoslanadigan bo‘lsa, eng samarali bo‘ladi .
8. O‘qitish maqsadlari berilgan yosh guruhidagi ko‘pchilik bolalar uchun realistik va erishiladigan bo‘lishi kerak. Bolalarga yangi hosil qilingan ko‘nikmalarni amalda qo‘llashning ko‘plab imkoniyatlari taqdim etilishi lozim.
Kichik soha: Intellektual-anglash malakalari
Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud
Kutilayotgan natija:
• atrof-olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;
• kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;
• yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;
• rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;
• o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;
• o‘z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;
• bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi) ;
• ichki va tashqi belgilarga ko‘ra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, vazifasiga qarab).
Kichik soha: Elementar matematik malakalar
Talab: Bola elementar matematik malakalarga ega.
Kutilayotgan natija:
• hayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi;
• geometrik shakllar va figuralarni biladi;
• 20gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajaradi;

• 10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni echadi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);


• son qatori haqida tushunchaga ega
• guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qiladi (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?);
• hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ket joylashtiradi;
• shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning bilishga doir rivojlanishi ta’lim jarayonining mana shu barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga 3,5-4 soatga keladigan bolalar uchun ta’lim jarayoni maksimal darajada ixcham tarzda tashkil qilinishi kerak, bunda tig‘iz vaqt sharoitlarida bola rivojlanishidagi hech qaysi bir muhim yo‘nalish ko‘zda qochirilmasligi lozim. Badiiy kitoblarni o‘qish mashg‘ulotlar jadvalidan tashqariga bemalol chiqarilishi mumkin va ota-onalarga uyda bolaga kitobni qanday o‘qib berishni tushuntirish zarur bo‘ladi. Pedagogik texnologiyalar katta yoshli kishining bola bilan o‘zaro harakatlarining barcha yo‘nalishlariga kelishilgan yondashuvni amalga oshirish imkonini beradi. Maktabgacha bo‘lgan bolalikning har bir yosh bosqichida mazkur davrning o‘ziga xosligidan va oila hamda maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sharoitlarida hal qilish lozim bo‘lgan vazifalardan maksimal darajada foydalanish tamoyiliga rioya qilinadi. Ta’lim ishlarini tashkil etish ota-onalarga va pedagoglarga bolalarning tarbiyalanishiga hamda rivojlanishiga o‘z munosabatlarini umumiy misollar to‘plami tarzida emas, balki oldingi tajribalari, qiziqishlari, qobiliyatlarini hisobga olish bilan bola yoshining psixologik o‘ziga xosliklarini bilish asosida konkret bola bilan muloqot qilish san’ati sifatida olib qarashga yordam beradi. Oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotida paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni e’tiborga olmaslik ham mumkin emas. Faqat oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining xamkorligida xohlanayotgan natijaga erishish imkonini beradi. Bilish faoliyati bolaning olg‘a siljishdagi individual sur’ati bilan belgilanadi. Bunda didaktik ta’sir ko‘rsatishlarning mazmunini va takrorlanuvchanligini tanlab olishda individual dozirovkaga erishiladi. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshda bola uning o‘zi tanlab olgan faoliyat eng katta samaradorlik bilan amalga oshiriladi.Bu faoliyatning shiori bo‘lib “Menga ayt – men yoddan chiqarib qo‘yaman”, “Ko‘rsat menga – men eslab qolaman”, “Meni qiziqtir – men o‘rganaman” kabilar hisoblanadi. Istalgan badiiy faoliyatnng eng muhim sifatlaridan biri bo‘lib uning ijodiy xususiyati sanaladi. Bolalar tasavvuriga xos bo‘lgan yorqinlik, engillik va tezkorlikka bog‘liq holda bola o‘z ijodkorlik faoliyatida muvaffaqiyatli echimlarga erishishi mumkin.
Bolalarning badiiy-estetik rivojlanishida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
• faollikning barcha turlarida bolaning hissiy tajribalari boyitilishi;

• berilgan yoshga mos keluvchi badiiy faoliyatni tashkil etish;


• bolaga faoliyat turini, syujetini, materialini, va vositalarini tanlash imkoniyatining taqdim etilishi;
• bolalarcha soddadillikni qo‘llab-quvvatlash, bolada tasavvurlarni, fantaziyani rag‘batlantirish.
Bilish jarayonining rivojlanishi
Bolalarni qulay shaklda elektr jihozlarining paydo bo‘lishi tarixi bilan tanishtirish. Elektr jihozlari - maishiy texnika, ularning odamlar uchun ahamiyati, ulardan foydalanish qoidalari haqida fikrlarni birlashtirish. Bolalar bilan birgalikda elektr jihozlaridan foydalanish qoidalarini shakllantirish. Ob’ektlarni maqsadga, rangga, shaklga, materiallarga qarab taqqoslash, tasniflash qobiliyatini birlashtirish.
Download 34.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling