Mavzu: Korporatsiyalarning aktivlarni boshqarish siyosati Reja Kirish


Fondlar manbalarini birlashtirish usulida


Download 367.16 Kb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi367.16 Kb.
#1057878
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

Fondlar manbalarini birlashtirish usulida bank rahbari aktivlar-ning to‘g‘ri joylashtirilishini aniqlab olishi zarur. Bu usulning afzalligi shundaki, u o‘zining oddiyligi bilan boshqaruvchiga qo‘l keladi. Shu bilan birga, bu usulning ayrim kamchiliklari mavjud. Jumladan:
  • boshqaruvchi aktivlar va passivlar orasidagi bog‘liqlikka e’tibor bermaydi. Natijada aktivlar portfelidagi qisqa va uzoq muddatli kreditlar ulushining ortishi natijasida qo‘shimcha likvid mablag‘lariga talab yuzaga keladi;


  • bank aksionerlarining olishi mumkin bo‘lgan foydasi hisobiga boshqaruvchi bank likvidligini ushbu aktivlar ko‘rinishida ta’minlashi ham mumkin.



Fondlar manbalarini bir-biridan ajratish usuli yordamida bosh-qaruvchi asosiy mablag‘lar qanday aniq manbalar hisobiga jalb qilina-yotganini o‘rganadi. Bunda u talab qilib olgunga qadar qo‘yilgan qo‘yil-malarning nisbatini aniqlashi lozim. Shu bilan birga, u pul bozoridagi qarzlar hajmi va bankning majburiyatlari hajmini ham aniqlashi lozim. Agar bankning fondlari asosan qisqa muddatli manbalar hisobiga tashkil qilingan bo‘lsa, u holda mablag‘larning asosiy qismi qisqa muddatli kreditlarga va qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltiriladi.

Aksincha, o‘z fondlarini qisqa muddatli mablag‘lar hisobiga tashkil qilayotgan bank, bu mablag‘larni ozgina tavakkalchilik bilan qisqa muddatli kreditlarga yo‘naltirish mumkin.





Har ikkala fond manbalarini birlashtirish usulidan foydalanish yordamida bank aktivlari va passivlarni boshqarishda ancha qulayliklar-ga ega bo‘ladilar. Boshqarishga bunday yondashish quyidagilarga asoslanadi:
  • Boshqaruvchi dastlab maqsadlarni aniqlab olishi, so‘ngra aktivlar va passivlarni boshqarish orqali ushbu maqsadlarga erishish uchun harakat qilish lozim. Bu o‘rinda bank aksionerlari qo‘yilmalaridan foy-dalanishning eng yuqori darajasiga erishishga harakat qilish kerak.


  • Aktivlar va passivlarni boshqarish jarayonida bankning da­romadini yuqori darajaga ko‘tarishni ta’minlovchi boshqa qarorlarni qabul qilish va ularning ijrosini ta’minlovchi barcha imkoniyatlardan foydalanish.


  • Aktiv va passivlarni boshqarish orqali bank daromadi va xa­rajati orasidagi farq (spred yoki marja)ni oshirish yoki saqlab turishga eri-shish.


  • Bank aktivlar majburiyatlar portfelini boshqarishda aso­siy e’ti-borni yuqori daromadli kreditlarni berishga qaratmog‘i lozim. Agar kre-ditlarga yo‘naltirilishi mo‘ljallangan depozitlar hajmi kam bo‘lsa, kerakli mab­lag‘lar boshqa arzon manbalar hisobidan jalb qilinishi lozim.


  • Bank kapitalining bahosi faqatgina uning daromadliligiga emas, balki tavakkalchilikka ham bog‘liq bo‘lganligi tu­fayli mazkur tavak-kalchilikni boshqarish ham bank rahbariyati uchun eng muhim vazi-falardan hisoblanadi.



Balans buzilishini boshqarish deganda foiz stavkasi xa­tarini sug‘urtalash (xejirlash) strategiyasi tushuniladi. Bu strategiya foiz daromadini keltiruvchi:



  • bank aktivlari;

  • pul bozoridagi depozitlar;

  • zayomlar bilan bog‘liq bo‘lgan narxlarning amal qilish muddati;

  • narxlarning o‘zgarishi ehtimolini tahlil qilishni talab qiladi.


Download 367.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling