Tayanch-harakat apparati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o’qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funktsiyalarining buzilishi tug’ma yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar tserebral paralichi (BTSP), poliomielit);
2) tayanch-harakat apparatining tug’ma patologiyasi; sonning tug’ma chiqqanligi; bo’yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog’onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo’l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo’li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug’ma mayiblik);
3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo’l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomielit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
6.Inklyuziv ta’limva uning maqsad va vazifalari.Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi: ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korrektsion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo’naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o’quvchilarning ta’limdagi teng huquqliligini kafolatlash;
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro’yobga chiqarish;
jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona va mexr-muhabbat munosabatini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |