buxgalteriya hisobo-tining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirishda quyi-dagi holatlar ham inobatga olinishi zarur:
KORXONALARNING MULKIY HOLISLIGI;
HISOB SIYOSATINI QO’LLASHNING IZCHILLIGI;
XO’JALIK FAOLIYATI FAKTLARINING ANIQLIGI.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda quyidagilarni ham aniqlash zarur: - hisob siyosatiga doir farmoyish hujjatlarining mavjudligi va ularning tarkibi;
- hisob siyosatiga doir hujjatlar shakllari va qabul qilish muddatlarining me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
- me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan hisob usullaridan farq qiladigan, lekin korxonaning mulkiy holatini va moliyaviy natijalarini ishonarli aks ettirishga imkon beradigan usullar mavjudligi;
- hisob siyosatini shakllantirish chog’ida tanlangan, buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilar tomonidan korxona moliyaviy holatini baholash va qaror qabul qilishga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan buxgalteriya hisobini yuritish usullarining mohiyati to’liq ochib berilganligi;
- hisob siyosatiga rioya qilish.
- Auditor №1 BHMS da belgilangan, hisob siyosatini qabul qilish tartibiga rioya qilinayotganligini tekshirishi lozim: unda:
- hisob siyosatini qabul qilish to’g’risida korxona rahbarining buyrug’i (farmoyishi) chiqarilganligi) (№1 BHMS 55 bandi).
- ishchi schyotlar rejasi, namunaviy qabul qilinmagan dastlabki hujjatlar shakllari, hujjatlar aylanishi reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasi, inventarizatsiya o’tkazish va xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi va boshqalar tasdiqlanganligi.
- hisob siyosatiga kiritiladigan qo’shimcha va o’zgartishlar to’g’risida buyruq chiqarilganligi (№1 BHMS 56. 1, 56. 2, 56. 3, 56. 4 bandlari)
Hisob siyosati to’g’risidagi buyruqni tahlil qilish chog’ida auditor quyidagilarni aniqlaydi:
HAQIQATAN HAM BUYRUQNING BARCHA BANDLARI HISOB SIYOSATIGA TAALLUQLI EKANLIGI;
HISOB SIYOSATINING BARCHA JIHATLARI (TASHKILIY-TEXNIK, USLUBIY, SOLIQCHILIKKA DOIR) BUYRUQDA AKS ETTIRILGANLIGI.
Do'stlaringiz bilan baham: |