6. Boshqa tovarlar bilan sotishtirish
Tovarning xususiyatlarin ko‘rib chiqishda bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar va korxona taklif qilayotgan tovar xususiyatlari o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatiladi. YAngi yoki mavjud tovarning raqobatchilar tovarlaridan farqi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Agar korxona taklif qilayotgan tovarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lmasa, u bozordagi boshqa tovarlardan ajralib turmasa bu belgilab qo‘yilishi hamda biznes-rejada xaridorlarni nima hisobiga jalb qilish mo‘ljallanayotganligi ko‘rsatilishi lozim. Bu xislatlar yoki xaridor uchun qo‘shimcha foydalar biznes-rejaning marketingga bag‘ishlangan bo‘limida batafsil ko‘rsatib o‘tiladi.
7. Patent huquqlari
Ushbu qismda korxonaning bozorga raqobatchilar kirib kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan turli xil ixtirolarga egalik huquqi tavsiflanadi:
Ushbu ob’ektlarga, «nou-xau»ga egalik litsenziyalari ko‘rsatiladi.
8. Eksport ko‘rsatkichlariva uning imkoniyatlari
Mahsulotning ayrim turlari tashqi bozorga chiqariladigan bo‘lsa, eksportni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar: mamlakat, sotuv hajmi, valyuta tushumini ko‘rstaish lozim. boshqa tovarlar bo‘yicha ichki bozorga mo‘ljallangan mahsuldotni chet ellik iste’molchilar talablariga moslashtirishning maqsadga muvofiqilgi va imkoniyatlari ko‘rsatiladi.
9. Mahsulotni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Ushbu bo‘limda iste’molchilar so‘rovlarini ko‘proq qondirish maqsadida mahsulotni modernizatsiyalashning asosiy g‘oyalari, yo‘nalishalri va imkoniyatlari keltiriladi. Mazkur bo‘lim yuqorida qayd qilingan loyihada qanday tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
Xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalardian biri hisoblanadi. Jahon savdosida xizmat ko‘rsatish salmog‘i 25% atrofida bo‘lib, ekspertlar bashoartiga ko‘ra 2005 yilda xizmatlar savdosi hajmi tovar savdosi hamidan ortishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |