Mavzu:Korxona moliyasini tashkil etish asoslari reja: 1. Korxonalar moliyasini tashkil etishning nazariy asoslari 2. Tijorat korxonalari moliyasini to‘gri tashkil etish uslubiyati 3. Tijorat korxonalar moliyasini to‘g‘ri tashkil etish prinsiplari xulosa Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida jamiyat mikyosida yaratilgan milliy daromadni taqismlash va qayta taqsimlash, pul fondlarini shakllantirish va shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlarni anglatib ikki yirik sohaga: davlat moliyasi va korxonalar moliyasiga bo‘linadi. Davlat moliyasining bosh markazida jamiyat a‘zolari tomonidan yaratilgan milliy daromadni taqsimlanish jarayoni turadigan bo‘lsa, korxonalar moliyasining markazida sotuvdan tushgan tushum turadi. Tijorat korxonalari iqtisodiy faoliyatining mustahkamligi moliyaviy mablag‘larni tashkil etish va moliyaviy resurslarni harakatini samarali tashkil etish orqali erishiladi. Moliyaviy mablag‘larni shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini tushunishni, amaliyotda moliyaviy menejement uslublari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyaviy tahlil va rejalashtirish kabilardan foydalanishni talab etadi. Korxona moliyaviy mablag‘lari bu tijorat korxonalari ixtiyorlarida bo‘lgan va moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga doir harajatlarni amalga oshirishiga va korxona xodimlarini iqtisodiy rag‘batlantirishga mo‘lljallangan pul daromadlari va tushumlaridir
Do'stlaringiz bilan baham: |