Mavzu: Korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi


Download 52.72 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi52.72 Kb.
#1543707
1   2   3   4
Bog'liq
Korxonalarda pul fondlarining shakllanishi

Kurs ishining maqsadi: ushbu kurs ishining asosiy maqsadi moliyaviy risklar va ularni minimallashtirishning moliyaviy usullarini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi: kurs ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.

  • Moliyaviy risklar shakllanishining nazariy asoslarini o’rganish negizida uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib berish;

  • O’zbekiston Respublikasida mahalliy moliya va uning shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aniqlash;

  • Moliya boshqaruv mexanizmlaridan oqilona foydalanish va ish faoliyatini takomillashtirish;

Kurs ishining ob’ekti va predmet: Moliyaviy risklarni minimallashtirishning moliyaviy usullarini o’rganish davrlarini o’z ichiga oladi.
Kurs ishining hajmi: ushbu kurs ishi kirish qismi, uch bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


1.Moliya tizmining rivojlanish bosqichlari haqida?
Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir1. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.
Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.
Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin:
- informatsion;
- tranzaksion.
Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.
Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda:
to‘lovlarni o‘tkazish;
to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish2;
barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi.
Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag‘idan ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni yuborish kerak.
Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:
hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;
hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar;
hisobvaraq balansi;
kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.
Bugungi kunda aholi tijorat banklarining mobil ilova dasturlari orqali real vaqt rejimida kartadan kartaga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalarini bajarish, soliq, byudjet, kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, mikroqarz olish va kreditlarni so‘ndirish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda ssuda (kredit) hisobvaraqlarini masofadan ochish, xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn konversiya operatsiyalarini amalga oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan keng foydalanmoqda.
O‘z navbatida, korxona va tashkilotlar uchun bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlari orqali real vaqt rejimida bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larni tasarruf etish va to‘lovlarni amalga oshirish, valyuta mablag‘lari sotib olish (konvertatsiya) uchun buyurtmanomani elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuborish, oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘tkazish uchun elektron qaydnomani bankka uzatish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar yaratildi.
Respublikamizda soʻnggi yillarda bank tizimini rivojlantirish, ayniqsa, sohaga zamonaviy IT-texnologiyalarni keng joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish qaratilgan konstruktiv choralar koʻrilmoqda. Bu boradagi jarayonlar joriy yildan boshlab yana-da tezlashtirildi. Bu bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlab oʻtganidek, "Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qoʻllash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy taʼminotlar boʻyicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda.
2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida eʼtiborimiz markazida boʻladi".
Xususan, oʻtayotgan yilda bank tizimida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Oʻz navbatida banklarning xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi yoʻlida, masalan, Milliy bank va Ipoteka bank oʻz yevrobondlarini chiqarish ustida ish olib bormoqda.
Zero, davlatimiz rahbari aytib oʻtganidek, “Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga oʻrgatishdan iborat”.
Bu yoʻlda banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy taʼminotini tubdan yangilash, “kredit tarixi” axborot tizimini toʻliq ishga tushirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, izchil amalga oshirilyapti.
Ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida banklarning masofaviy xizmat koʻrsatish sifati va tezkorligi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etyapti. Quvonarlisi, koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida yurtimizda pensiya taʼminotini masofadan turib amalga oshirish jarayonlarini amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, bu borada pensionerlarga plastik kartochkalar ochib berish boʻyicha sezilarli ishlar olib borilyapti.
Shularga uygʻun tarzda bugungi kunda mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy xizmatlar holatini yaxshilash, qulay va zamonaviy xizmatlarni joriy etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Respyblikadagi epidemiologik holat barqarorlashgandan soʻng fuqaro (pensioner) Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga murojaat qilgan holda, oʻz xohishiga koʻra pensiya pulining maʼlum bir qismini naqd pul koʻrinishida olishi mumkin.
Hozirda pensionerlar uchun kartadagi mablagʻlarini bankomatlardan bepul naqdlashtirish, shuningdek, toʻlovlarni naqd pulsiz amalga oshirishlari uchun barcha hududlarda tegishli toʻlov infratuzilmasi yaratilgan. Toʻlovlarni masofadan onlayn tarzda toʻlash imkoniyati ham bank kartalaridan foydalanishning oʻziga xos qulayligi hisoblanadi.
Xalq banki tomonidan bosqichma-bosqich barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari binolari oldida bankomatlar joylashtirish boʻyicha ham tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Shu oʻrinda, pensiya pullarini naqd shaklda oladigan pensionerlarga Xalq bankining shaxsiy pensiya-overdraft kartalarini ochish va pensiya mablagʻlarini bank kartalariga oʻtkazish tavsiya etiladi. Bu orqali ular bir qator qulayliklarga ega boʻladilar.
Plastik kartalarni esa hisob-kitoblardan soʻng tez va osonlik bilan dezinfeksiyalash mumkin. Shuningdek, hozirda har bir bank toʻlov va bank xizmatlaridan foydalanishni masofadan turib amalga oshirish, yaʼni mobil ilovalardan foydalanishni oson va qulay shaklga keltirishga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Bu degani, naqd pulga qaraganda bank kartalaridan foydalanish kundan-kunga har tomonlama samarali va qulay boʻlib boradi.
Taʼkidlash joiz, yurtimizda banklarning masofaviy xizmatlarini koʻrsatish sifati va koʻlamini kengaytirishda Prezidentimizning 2018-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish3 chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni dasturilamalda toʻlov tizimini yana-da rivojlantirish, shu jumladan, masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish hamda yangi texnologiyalardan foydalanish asosiy vazifa etib belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi bank-moliya tizimida soʻnggi yillarda aynan shunday zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash sohada birmuncha qulaylik va yangiliklar yaratayotgani shundan dalolat beradi.
Jumladan, yurtimizda mijozlarga taklif etilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan “Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobil-banking” shakllari mijozlar tomonidan keng foydalanilmoqda. Sababi, ularning barchasi har ikkala tomonning oʻzaro manfaatli sheriklik asosida faoliyat yuritishida qoʻl kelmoqda.
Tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni soʻnggi 7 yil ichida salkam 83 barobarga oshgan. Yaʼni 2011-yil 1-yanvar holatiga koʻra 24 545 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yil 1-yanvarga kelib bu koʻrsatkich 2 042 111 nafarga yetgan.
Shuningdek, internet tarmogʻidan foydalanayotgan aholi soni ham keskin koʻpaymoqda. Bu esa masofaviy xizmatlar koʻrsatish tizimi zimmasiga yana-da katta vazifalar yuklaydi.
Binobarin, xalqaro standartlarni qoʻllagan holda texnologik platformani modernizatsiyalash natijasida plastik karta egalariga elektron tijorat SMS-xabarnomalari, pul oʻtkazmalari va shu kabi boshqa zamonaviy xizmat turlarini joriy etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, texnologik platforma mobil aloqa yoki internet mavjud boʻlgan har qanday joyda plastik kartochka boʻyicha tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qoʻllanish doirasi kengayib boryapti, tadbirkorlar oʻrtasida keng ommalashib, tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni birgina 2017-yilning oʻziga kelib 2 milliondan oshib ketdi. Vaholonki, bu koʻrsatkich 2011-yilda 25 ming nafarga ham yetmasdi. Joriy yilda esa foydalanuvchilar soni keskin koʻpaydi(bu boʻyicha aniq statistikani topishning imkoni boʻlmadi).
Masofaviy bank xizmatlari ulardan foydalanadigan mijozlarning huquqiy maqomiga koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarga moʻljallangan masofaviy bank xizmatlariga tavsiflanishi mumkin.



Download 52.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling