Mavzu: Korxona rentabelligini oshirish yo‘llari


Download 136 Kb.
bet1/4
Sana17.02.2023
Hajmi136 Kb.
#1208973
  1   2   3   4
Bog'liq
Korxonaning ren


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI
Soha iqtisodiyoti va menejmenti fanidan
MUSTAQIL ISH

GURUH: 3CA-19EE
MAVZU: Korxona rentabelligini oshirish yo‘llari.

BAJARDI: SAFAROV O


QABUL QILDI: BAXRONOVA SH

Navoiy 2023y


Korxona rentabelligini oshirish yo‘llari.

Reja:




  1. Foyda va rentabellik

  2. Sanoat tarmoqlari korxonalarining rentabelligi va ularni hisoblash usullari

  3. Korxonaning rentabellik darajasini baholash va uni oshirish usullari

  4. Xulosa

  5. Adabiyotlar




1.Foyda va rentabellik


Har bir korxona yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani o’z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug’ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo’ladi. Makroiqtisodiyot sohasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi.
Sanoat va uning barcha bo’g’inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda ma’lum vazifalarni bajaradi:
- ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so’nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;
- turli darajadagi byudjetlami shakllantiradi;
- xodimlaming manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o’ynaydi;
- ilmiy-texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish xo’jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi - korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari, xo’jaliklarning moliya-xo’jalik faoliyatlari natijasida olingan foyda summasidir. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo’jaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari foyda va uy-joy kommunal xo’jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:

YaF = SST - MIT,

Bu yerda: YaF - yalpi foyda;


SST - sotishdan olingan sof tushum;
MIT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.

- asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda - bu, mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va qo’shimcha asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:



AFF=YaF-D X +BD + BZ,

Bu yerda: AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda;


DX - davr xarajatlari;
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ - asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar.

- xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) - bu, asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:



UF = AFF + M D - MX,

Bu yerda: UF – umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;


MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari.
- soliq to’lagungacha olingan foyda - bu umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda, plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:

STF = UF + FP - FZ.

Bu yerda: STF - soliq to’lagungacha olingan foyda;


FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar.
UF - yilning sof foydasi - bu, soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o’zi dadaromadi (foydasi)dan to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlangan holda soliqlar to’lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi:

SF = STF -DS-BS.

Bu yerda:


SF - sof foyda;
DS - daromad (foyda)dan to’lanadigan soliq;
BD - boshqa soliqlar va to’lovlar.
Mulk egasini o’zi boshqaradigan, unchalik katta bo’lmagan korxonada, ularni yuritish bilan bog’liq bo’lgan hamma qarorlarda foydani ko’paytirish asosiy o’rin tutadi. Juda katta va yirik korxonalarda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar bo’lib, ular foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug’ullanmasliklari, mulk egasi bo’lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o’rniga qisqa manfaatni afzal ko’rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko'pincha foydani maksimallashtirish o’rniga daromadni ko’paytirish yoki aksiyadorlami qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning o’zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar o’z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zamriyati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud:
- haqiqiy foyda;
- o’rtacha foyda;
- monopol foyda yoki iqtisodiy renta;
- maksimal foyda.
Haqiqiy foyda - bu, haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manbadir.
O’rtacha foyda deganda, boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitalga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo’lish tushuniladi. O’rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko’rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozoming uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O’rtacha foydani ko’pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta - bu, cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir bo’lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bo’lib, yemi olish bilan bog’liq xarajatlar bir xil bo’lishgan sharoitida birinchi yer transport tarmog’iga yaqin bo’lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. So’m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln. So’m uning qo’shimcha foydasi hisoblanadi.
Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o’rtasidagi farqdan iborat bo’ladi.
Maksimal foyda - bu, bir birlik qo’shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qo’shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo’ladi. Shunga ko’ra, foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash, deganidir.
Rentabellik sanoat va uning tarmoqlarining moliyaviy faoliyatini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Rentabellik nazariyasida uning bir qancha turlari mavjud. Ulardan eng muhimi mahsulot rentabelligi ko’rsatkichi hisoblanadi va quyidagicha ifodalanadi:

Pa = Foyda/xarajat

Quyidagi jadvalda respublika sanoati va uning tarmoqlarining moliyaviy jihatdan foydaliligi, natijaliligi yani iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi rentabellik ko’rsatkichlari keltirilgan;






Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling