Mavzu: Korxona va Tashkilotlardagi xizmat martabasini boshqarish


Download 74.59 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi74.59 Kb.
#1329656
Bog'liq
HRM

Mavzu:Korxona va Tashkilotlardagi xizmat martabasini boshqarish

74-20 guruh talabasi Muhiddinov Shohrux


REJA:

1. Martaba tushunchasi va uning turlari

  • MARTABA- personalning o’z mehnat istiqboli to’g’risidagi subyektiv ravishda yetilgan fikr-mulohazalari, o’zini-o’zi namoyon qilish va mehnatdan qoniqish hosil qilish borasidagi kutilgan yo’llaridir.
  • Martaba tushunchasi tashkiliy pog’ona bo’ylab uzluksiz va davomiy harakat qilib borishni anglatadi.
  • Boshqacha qilib aytganda martaba- bu insonning mehnat qilish bilan bog’liq hayoti mobaynidagi ish tajribasi va faoliyati bilan bog’liq alohida anglab yetilgan mavqeyi va xulq-arvoridir.

Martabani ikki turi-Kasb martabasi va Tashkilot ichidagi martabalar mavjud

  • Kasb martabasi shu narsa bilan ajralib turadiki, muayyan bir xodim kasbiy faoliyati jarayonida rivojlanishning turli-tuman bosqichlaridan o’tadi; ta’lim, ishga kirish, kasb-hunar sohasida o’sish, o’ziga hos kasbiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash, pensiyaga chiqish.
  • Kasb martabasi bilan bir qatorda tashkilot ichidagi martabani ajratib ko’rsatish mumkin. U xodimning bir tashkilot doirasida rivojlanish bosqichlari izchillik bilan almashinib borishini qamrab oladi.

Tashkilotdagi ichki martaba uchta asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi:

  • VERTIKAL YO’NALISH- ko’pincha martaba tushunchasining o’zini huddi ana shu yo’nalish bilan bog’laydilar, chunki bunday holda martabaning ortib borishi ancha sezilarli bo’ladi. Martabaning vertical yo’nalishi deyilganda tarkibiy pog’onaning ancha yuqoriroq darajasiga ko’tarilishi tushuniladi.
  • GORIZONTAL YO’NALISH- faoliyatning boshqa funksional sohasiga o’tkazishni yohud pog’onadagi muayyan xizmat rolini bajarishni nazarda tutadi, bu xizmat vazifasi tashkilot tuzilmasida rasman qattiq biriktirib qo’yilmagan bo’lishi mumkin, gorizontal yo’nalishga oldingi pog’onadagi vazifalarni kengaytirish yoki murakkablashtirish ham kiradi(odatda, bunda olinadigan haq ham o’zgaradi);
  • MARKAZGA INTILUVCHAN YO’NALISH- mazkur yo’nalish ko’p hollarda xodimlar diqqatini jalb qilsada lekin ancha kamroq samara beradi. Markazga intiluvchan martaba deyilganda asosiy o’zakka, yani tashkilot rahbarligiga intiolish tushuniladi.

2.Martabani rejalashtirish va uni amalga oshirishning vazifalari

  • Martabani rejalashtirish va nazorat qilib boorish shunday iboraki, bunda xodimni tashkilotga ishga qabul qilishdan boshlab to ishdan bo’shatish taxmin qilingan vaqtgacha uning lavozimlar tizimi yoki ish o’rinlari bo’yicha rejali ravishda gorizontal va vertical ilgarilab borishini yo’lga qo’yish zarur.
  • Martabani rejalashtirish va amalga oshirishning asosiy vazifasi kasbiy va tashkilot ichidagi martabalarning o’zaro ta’sirini taminlashdir.

3.Martabaning asosiy bosqichlari.
Inson martabaning turli bosqichlarida turli ehtiyojlarini qondiradi.
Dastlabki bosqich- maktabda o’qishni, o’rta va oliy malumot olishni o’z ichiga oladi hamda 25 yoshgacha davom etadi. Ana shu davr mobaynida inson faoliyat turlarini izlash maqsadida bir nechta bor ishini almashtirishi mumkin.
Shundan keyin Rivojlanish bosqichi boshlanadi. U taxminan besh yil- 25 yoshdan 30 yoshgacha davom etadi. Bu davrda xodim tanlagan kasbini o’zlashtirib oladi, zarur ko’nikmalar hosil qiladi, uning malakasi shakllanadi, o’z-o’zini namoyon qilishi sodir bo’ladi va mustaqillik o’rnatishga ehtiyoj paydo bo’ladi.
Ko’tarilib borish bosqichi, odatda 30 yoshdan 45 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrda malakaning ortishi, xizmatda ko’tarilish jarayoni yuz beradi. Amaliy tajriba, malaka hosil bo’ladi, o’z-o’zini namoyon qilishga, yuqoriroq mavqeyga, mustaqillikka ega bo’lishga ehtiyoj ortadi, shaxs sifatida o’z fikrlarini bildirish kuchayadi.
Saqlab qolish bosqichi erishilgan natijalarini mustahkamlash harakatlari bilan ajralib turadi va 45 yoshdan 60 yoshgacha davom etadi. Malakaning yuqori cho’qqisiga erishiladi, faol g’ayrat va maxsus ta’lim olish tufayli malaka yanada takomillashadi, xodim o’z bilimlarini yoshlarga berishga qiziqib qoladi. Bu davr ijodkorlik bilan ajralib turadi, bu sohada yangi xizmat pog’onalariga ko’tarilish yuz berishi mumkin. Odam mustaqillik va o’zini namoyon qilish cho’qqisiga erishadi.
Yakuniy bosqich 60 yoshdan 65 yoshgacha davom etadi. Bu davrda xodim pensiya to’g’risida jiddiyroq o’ylay boshlaydi, bu yerdan ketishga tayyorgarlik ko’radi. Mana shu davrda bo’shab qoladigan lavozimiga munosib o’rinbosar izlash va nomzodni o’qitish ishlari olib boriladi.
Oxirgi, pensiya bosqichida bu tashkilotdagi martaba (faoliyat turi sifatida) tugaydi. O’zini boshqa faoliyat turlarida ko’rsatishga intilish imkoniyuati paydo bo’ladi, holbuki tashkilotda ishlab yurgan vaqtida bunday qilishga imkoniyati cheklangan edi. O’ziga va pensiya oladigan boshqa birodarlariga nisbatan hurmat bilan qarash ehtiyoji barqarorlashadi.
Download 74.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling