Mavzu: Korxona va Tashkilotlardagi xizmat martabasini boshqarish
Download 74.59 Kb.
|
HRM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Martaba tushunchasi va uning turlari
- Martabani ikki turi-Kasb martabasi va Tashkilot ichidagi martabalar mavjud
- Tashkilotdagi ichki martaba uchta asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi
Mavzu:Korxona va Tashkilotlardagi xizmat martabasini boshqarish74-20 guruh talabasi Muhiddinov ShohruxREJA:
1. Martaba tushunchasi va uning turlari
Martabani ikki turi-Kasb martabasi va Tashkilot ichidagi martabalar mavjud
Tashkilotdagi ichki martaba uchta asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi:
2.Martabani rejalashtirish va uni amalga oshirishning vazifalari
3.Martabaning asosiy bosqichlari. Inson martabaning turli bosqichlarida turli ehtiyojlarini qondiradi. Dastlabki bosqich- maktabda o’qishni, o’rta va oliy malumot olishni o’z ichiga oladi hamda 25 yoshgacha davom etadi. Ana shu davr mobaynida inson faoliyat turlarini izlash maqsadida bir nechta bor ishini almashtirishi mumkin. Shundan keyin Rivojlanish bosqichi boshlanadi. U taxminan besh yil- 25 yoshdan 30 yoshgacha davom etadi. Bu davrda xodim tanlagan kasbini o’zlashtirib oladi, zarur ko’nikmalar hosil qiladi, uning malakasi shakllanadi, o’z-o’zini namoyon qilishi sodir bo’ladi va mustaqillik o’rnatishga ehtiyoj paydo bo’ladi. Ko’tarilib borish bosqichi, odatda 30 yoshdan 45 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrda malakaning ortishi, xizmatda ko’tarilish jarayoni yuz beradi. Amaliy tajriba, malaka hosil bo’ladi, o’z-o’zini namoyon qilishga, yuqoriroq mavqeyga, mustaqillikka ega bo’lishga ehtiyoj ortadi, shaxs sifatida o’z fikrlarini bildirish kuchayadi. Saqlab qolish bosqichi erishilgan natijalarini mustahkamlash harakatlari bilan ajralib turadi va 45 yoshdan 60 yoshgacha davom etadi. Malakaning yuqori cho’qqisiga erishiladi, faol g’ayrat va maxsus ta’lim olish tufayli malaka yanada takomillashadi, xodim o’z bilimlarini yoshlarga berishga qiziqib qoladi. Bu davr ijodkorlik bilan ajralib turadi, bu sohada yangi xizmat pog’onalariga ko’tarilish yuz berishi mumkin. Odam mustaqillik va o’zini namoyon qilish cho’qqisiga erishadi. Yakuniy bosqich 60 yoshdan 65 yoshgacha davom etadi. Bu davrda xodim pensiya to’g’risida jiddiyroq o’ylay boshlaydi, bu yerdan ketishga tayyorgarlik ko’radi. Mana shu davrda bo’shab qoladigan lavozimiga munosib o’rinbosar izlash va nomzodni o’qitish ishlari olib boriladi. Oxirgi, pensiya bosqichida bu tashkilotdagi martaba (faoliyat turi sifatida) tugaydi. O’zini boshqa faoliyat turlarida ko’rsatishga intilish imkoniyuati paydo bo’ladi, holbuki tashkilotda ishlab yurgan vaqtida bunday qilishga imkoniyati cheklangan edi. O’ziga va pensiya oladigan boshqa birodarlariga nisbatan hurmat bilan qarash ehtiyoji barqarorlashadi. Download 74.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling