Mavzu: Korxona va tashkilotning ijtimoiy rivojlanishi – boshqaruvning asosi sifatida Reja: boshqaruv faoliyatida ijtimoiy usullar samaradorligini oshirirshda psixologik yondashuv


Korxona boshqaruv faoliyatida ijtimoiy usullarni takomillashtirish yo’nalishlari


Download 64.83 Kb.
bet3/8
Sana08.01.2022
Hajmi64.83 Kb.
#237769
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Personalni boshqarish

3.3. Korxona boshqaruv faoliyatida ijtimoiy usullarni takomillashtirish yo’nalishlari
Avval ko’rib chiqilgan menejment tamoyillari turli uslublarni qo’llash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Boshqaruv uslubi - bu tashkilot qo’ygan maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan ob’ektlarga ta’sir qilish usullari yig’indisi.
«Uslub» so’zi grekcha «methodos» so’zidan kelib chiqqan. Tarjimasi biror - bir maqsadga erishish usuli. Boshqaruv uslublari orqali boshqaruv faoliyatining asosiy mazmuni amalga oshiriladi.
55

Boshqaruv uslublarini xarakterlab, ularni yo’nalishi mazmuni va tashkiliy shaklini ochish kerak.


Boshqaruv uslublari yo’nalishi boshqaruv tizimiga qaratilgan.


Mazmuni - bu ta’sir qilish usullari o’ziga hosligi.
Tashkiliy shakli - aniq hosil bo’lgan vaziyatga ta’sir qilish. Bu to’ridan-to’g’ri (bevosita) yoki bilvosita ta’sir bo’lishi mumkin.
Boshqaruv amaliyotida turli uslublar va ularning qorish-masi (kombinatsiyasi)dan bir vaqtning o’zida foydalaniladi. Barcha boshqaruv uslublari tashkiliy tomondan bir-birini to’ldiradi, doimiy dinamik muvozanatda bo’lishadi.
Boshqaruv uslublari yo’nalishi doim bir xil - ular turli mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi odamlarga yo’naltirilgan.
Shundan kelib chiqish kerakki, boshqaruvning ma’lum uslubida ham mazmun, ham yo’nalish, ham tashkiliy shakl ma’lum tarzda qorishtirilgan. Shuning uchun boshqaruvning quyidagi uslublarini ajratish mumkin:

  • to’g’ridan-to’g’ri direktiv ko’rsatmalarga asoslangan tash-kiliy-ma’muriy;




  • iqtisodiy;




  • odamlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llanuvchi ijtimoiy va ijtimoiy - psixologik;




  • ijtimoiy tizimni o’zini-o’zi nazorat qilishi sifatida o’z-o’zini boshqarish. Umumiy xolda boshqaruv ta’siri uslublarini ikki guruhga ajratish mumkin:



asosiy va majmuaviy. Asosiylariga boshqaruv uslublari talablarini u yoki bu ob’ektiv qonunlarga mosligi belgilari bo’yicha mazmun jixatlari yaqqol ko’rinadiganlar kiradi (masalan, ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy-texnik). Asosiy uslublarning qorishmasi ijtimoiy boshqaruvning majmuaviy yoki murakkab uslublariga kiradi.

Mazmuni buyicha ijtimoiy boshqaruv uslublari ijtimoiy rivojlanishning turli ob’ektiv qonunlari talablarini aks ettiradi: iqtisodiy, tashkiliy-texnik, demografik, sotsiologik, psixologik va h.k. Shuning uchun iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik boshqaruv uslublari ajrati-ladi.


Boshqaruvning ijtimoiy uslublari jamiyatning ijtimoiy maqsadlariga
56

erishishning nafaqat inson hulqining iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy uslublari bilan bog’liq, balki bevosita: ijtimoiy maqsadlarni qo’yish, turmush sifatini oshirish, ijtimoiy tashkilotlarni mustaxkamlash, jamiyatning ijtimoiy etukligini oshirish bilan ham bog’liq. Ijtimoiy uslublar asosiy hisoblanib, majmuaviy bo’lib ham namoyon bo’ladi.


Menejmentning ijtimoiy uslublari ijtimoiy me’yordagi, ijtimoiy nazorat, ma’naviy rag’batlantirish keng spektrini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy me’yorlash uslublari turli ijtimoiy guruhlar, jamoalar va alohida ishlovchilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga imkon beradi. Ijtimoiy-siyosiy uslublar ijtimoiy ta’lim va ishlovchilarni ijtimoiy boshqaruvda ishtirok etishga jalb qilishni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy me’yorlarning aniq uslublariga ichki mehnat intizomi qoidalari, firma ichidagi odob qoidalari kiradi. Ijtimoiy nazorat uslublari ijtimoiy munosabatlarni va manfaatlarni namoyon qilish va nazoart qilish yo’li bilan tartibga solish uchun qo’llaniladi. Ma’naviy rag’batlantirish uslublari kasbiy fao-liyatda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan jamoalar, guruhlar, alohida ishlovchilarni rag’batlantirish uchun qo’llaniladi.


Boshqaruvning ijtimoiy uslublari jamoani shakllanishi va rivojlanishi jarayonlariga, uning ichida sodir bo’ladigan jarayonlarga ta’sir etishning ijtimoiy-psixologik uslubla-ridan iborat. Mazkur uslublar tarkibida rasmiy va norasmiy guruhlar, shahs roli va maqomi o’zaro munosabatlari tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar va boshqa ijtimoiy-psixologik jixatlari bo’lgan jamoalarda amal qiluvchi ijtimoiy-psixologik mexa-nizmning qo’llanishiga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usublari birinchi navbatda ta’sir yo’nalishini aniqlovchi tavsifi bilan farqlanadi. Rag’batlantirish usullari orasida quyidagilar ajratiladi: tushuntirish, ko’ndirish, taqlid qilish, qiziqtirish, majburlash va boshqalar. Insonning o’sib borayotgan ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlash ijtimoiy-psixologik uslublarni qullashning maqsadi hisoblanadi.
Boshqaruvning psixologik uslublari personalni oqilona tanlash va joylashtirish yo’li bilan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan. Ularga kichik guruhlarni to’ldirish, mehnatni yaxshilash, kasbiy

57

tanlash va o’qitish uslublari kiradi. Kichik guruhlarni to’ldirish uslublari ishlovchilar o’rtasidagi maqbul miqdori va sifat munosabat-larini aniqlashga imkon beradi. Mehnatni yaxshilash uslub-lariga yorug’lik, musiqa psixologik ta’sirini qo’llash, ijodiy jarayonlarni kengaytirish va boshqalar kiradi.


Umuman olganda ijtimoiy va psixologik uslublarga ijtimoiy rivojlanish qonunlari va psixologik qonunlariga tayanadigan boshqaruv ta’siri usullari kiradi. Bu erda ijtimoiy va psixologik jarayonlar ta’sir ob’ekti hisoblanadi.


Boshqaruvning iqtisodiy uslublari iqtisodiy qonunlar talablarini amalga oshirish asosida boshqaruvning iqtisodiy maqsadlariga erishish usullaridan iborat. Boshqacha qilib aytganda, zamonaviy menejmentning iqtisodiy uslublari deganda barcha iqtisodiy qonunlar va bozor iqtisodiyoti kategoriyalari tizimidan foydalanishga asosalangan iqtisodiy hisob-kitob tushuniladi.
Boshqaruvning ko’pgina iqtisodiy uslublari ichida, masalan, iqtisodiy
rag’batlantirish uslublarini ajratish mumkin. Iqtisodiy rag’batlantirish ishlovchilarning iqtisodiy manfaat-lariga asoslangan boshqaruv uslubidan iborat. Uning asosini korxona va tashkilotlarning, shuningdek har bir ishlovchi daromadlarining shakllanishi tashkil etadi. Iqtisodiy rag’bat-lantirish tizimi personal va har bir ishlovchining iloji boricha yuqori foyda olishga qiziqishining ortishiga yo’nalti-rilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yig’indisidir. Iqtisodiy rag’batlantirish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslangan:

  • iqtisodiy rag’batlantirish maqsadlarining tashkilot rivojlanishi maqsadlariga mos kelishi va o’zaro aloqasi;




  • ishlab chiqarish tuzilmasida zarur o’zgarishlarni amalga oshirishga



yo’naltirilgan iqtisodiy rag’batlantirish farqla-nishi;

  • iqtisodiy rag’batlantirishning boshqa rag’batlantirish uslublari bilan qorishmasi;




  • tashkilot va alohida ishlovchilar moddiy ma’suliyatini ko’zda tutuvchi iqtisodiy sanktsiyalar bilan iqtisodiy rag’bat-lantirishning qorishmasi.



Tashkiliy ma’muriy uslublar hokimiyat, intizom va mas’uliyatga asoslanadi. Tashkiliy-ma’muriy ta’sir quyidagi asosiy ko’rinishlarda amalga oshiriladi:

58

  • majburiy xarakterga ega bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri ma’muriy ko’rsatma. Ular aniq boshqariluvchi ob’ektlarga yoki shaxslarga mo’ljallangan, aniq hosil


bo’lgan holatga ta’sir etadi;

  • qo’l ostidagilar faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni o’rnatish;




  • tashkiliy - ma’muriy ta’sirga layoqatli u yoki bu jarayonlarni tashkil etish va mukammallashtirish bo’yicha maslahatlarni ishlab chiqish va joriy etish;




  • tashkilot va alohida ishlovchilar faoliyati ustidan kuzatuv va nazorat. Tashkiliy - ma’muriy uslublarni uchta asosiy guruhga ajratiladi:




  • tashkiliy-muvozanatlovchi:mazkuruslublargareglamentlash,



me’yorlashtirish va instruktsiyalash kiradi;

  • ko’rsatmali ta’sir: ular o’rnatilgan tashkiliy aloqa-lardan joriy foydalanishni va ish sharoitlari o’zgarganda ularni qisman tug’irlashni aks ettiradi. Ko’rsatmali ta’sir asosida vakolat va majburiyatlar yotadi; mazkur uslublarga qarorlar, buyruqlar, ko’rsatmalar rezolyutsiyalar kiradi;




  • intizomiy ta’sir: ular tashkiliy aloqalar muvozanatini intizomiy talablar va



mas’uliyatlar tizimi vositasida ushlab turishga mo’ljallangan.

Menejmentning tashkiliy-ma’muriy uslublarining barcha uchta guruhini ham alohida, ham birgalikda bir-birini to’ldirib ishlatiladi.


Umuman olganda, boshqaruvning tashkiliy-ma’muriy uslub-laridan foydalanishning ob’ektiv asosi bo’lib boshqaruv mexanizmining bir qismini tashkil etuvchi tashkiliy muno-sabatlar hisoblanadi. Ular orqali boshqaruvning muhim funk-tsiyalaridan biri-tashkil etish funktsiyasi amalga oshirilgani uchun tashkiliy-ma’muriy faoliyatning vazifasi qo’l ostida-gilarga hatti-xarakatlarini tartibga solishdan iborat. Ma’mu-riy boshqaruv o’zining etishmovchiliklari uchun tez-tez va ba’zan xaqli ravishda tanqid qilinadi. Lekin shuni esda tutish kerakki, jamoat ishining aniqligi, intizomli va tartibini ta’minlovchi tashkiliy-ma’muriy ta’sirsiz hech qanday iqtisodiy uslublar amal qila olmaydi. Tashkiliy-ma’muriy uslublar asosan rahbar xokimiyatiga asoslanadi. Bu erda rahbar unga berilgan huquqqa tayanuvchi hokimiyat sub’ekti, ma’mur sifatida namoyon bo’ladi.

59


Tashkiliy-ma’muriy uslublar boshqarilayotgan ob’ektga yozma yoki og’zaki beriladigan operativ ko’rsatmalar, buyruqlar orqali to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Ular mehnat intizomi va tashkiliy aniqlikni ta’minlashi zarur. Bu uslublar mehnat va ho’jalik qonunchiligi, ijtimoiy nazorat huquqiy aktlari bilan reglamentlanadi.
Aniq tashkilot doirasida shunday tashkiliy-ma’muriy ta’sir ko’rsatishni qo’llash mumkin:

  • majburiy yozuv (buyruq, ta’qiqlov);




  • rozilik shakllari (maslahat, kompromis);




  • istaklar, xoxishlar (tushuntirish, taklif, e’lon qilish).



Zamonaviy boshqaruv tizimining asosiy vazifalaridan biri boshqarilayotgan tizim imkoniyatlarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Bu imkoniyatlar turli o’z-o’zini boshqarish sub’ektlarining huquq va mas’uliyatini kengaytiruvchi boshqaruv ta’sirining turli uslublaridan foydalanish evaziga vujudga keladi.

Tashkilotda ishlab turgan xodimlarga boshqarishning ijtimoiy uslublari orqali ta’sir o’tkazish mumkin. Bu uslublar xodimlar va ular guruhiga yaxshi samaradorlik bilan ishlashlarida yordam beradi. Ijtimoiy usullar xodimlar va ular guruhiga mo’ljallangan bo’lib, ularning ishlab chiqarish jarayonida, xizmat ko’rsatishda o’zaro harakatida namoyon bo’ladi. Bu insonlarga tashqi tomondan ta’sir etishdir. Ijtimoiy usullar xodimlarni boshqarishda katta vazifani bajaradi: xodimlarni jamoada tutgan o’rni, vazifasi, etakchi xodimlarni aniqlashda va ularni boshqarishda, jamoada uchrab turadigan har xil nizolarni bartaraf qilishda, samaradorlik bilan boshkarishni ta’minlashda, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni oxirgi natijalar bilan xodimlarni asosiy maqsadlari bilan bog’lashda va ularni boshqarishda katta ahamiyat kasb etadi. Boshqarishni ijtimoiy usullarini tarkibi 6 rasmda keltirildi.


Boshqarishning ijtimoiy usullari


60

1. Ijtimoiy rejalash




1.1

1.2

1.3

1.4

1.5


2. Ijtimoiy ilmiy- tadqiqot ishlari


Download 64.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling