Mavzu: korxonadagi innovatsion strategiyani tanlash reja


Download 31.09 Kb.
bet5/6
Sana18.11.2023
Hajmi31.09 Kb.
#1783941
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mavzu korxonadagi innovatsion strategiyani tanlash reja-fayllar.org

Qisqacha xulosalar:
Strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida korxonadagi rejalashtirishning umumiy tizimida tizimcha bo‘ladi. Korxonadagi strategik innovatsion rejalashtirishning ob’ekti innovatsion faoliyatdan iborat, uni ko‘ra chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin:
  • Hozirgi sharoitlarda korxonada innovatsion faoliyat strategiyasi (innovatsion strategiya) ni korxonani rivojlanishining asosiy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda, resursli ta’minlanish va xatar omilini hisobga olish, tashqi muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarini oldindan bashoratlash bilan mustaqil ishlab chiqish zarur;


  • Iloji boricha ko‘proq foyda olish maqsadida yangi raqobatbardosh mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy – texnik siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirish innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo‘ladi;


  • innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKIning strategik ahamiyati oshadi va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishda xatar darajasi ko‘payadi;


  • innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari bilan va hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.


Korxonaning umumiy strategiyasi va ilmiy – texnik taraqqiyot sohasidagi strategiya o‘rtasidagi aloqa, hammadan avval, yangi mahsulotni tadbiq etish va ishlab chiqarish jarayonidagi o‘zgarishlarda amalga oshiriladi. Ilmiy – texnik yangiliklar sohasidagi strategiya korxonadagi, uning faoliyat muammolarining butun majmuasi bilan uzluksiz bog‘langan qayta ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlanishi strategiyasi doirasida amalga oshiriladi.


Innovatsion strategiya korxona strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy – texnik salohiyati, ilmiy – texnik vazifalar portfeli va vazifalarning o‘zlarini bir birlari bilan bog‘lovchi har xil bog‘liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayonining natijasi bo‘ladi.
Firmaning bozordagi yangilik kiritishlar strategiyasi hujumlar va mudofaasi xarakterga ega. Kompaniya odatda o‘zining bozor tomonidan muvofiqlashtirish bilan ta’riflanuvchi innovatsion strategiyalar majmuasini yaratadi. Bunday majmua o‘z ichiga ham xatarli (hujumkor) va ham xavfsiz (mudofaali) strategiyani oladi.



Download 31.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling