Tovar – moddiy zahiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: - Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-moddiy zahiralar tarkibida aks ettirish.
- Tovar-moddiy zahiralarni kelib tushishi, ularni tashkilot hisobidan chiqarilishi shuningdek, saqlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qilish.
- Zahiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish.
- Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan, foydalanilmaydigan materiallarni o‘z vaqtida aniqlash.
- Tovar-moddiy zahiralar xarakatini hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash.
- Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish.
- Tovar-moddiy zahiralar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
Budjet tashkilotlarida materiallar bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida taxlil qilinadi. Agar budjet tashkilotini moliya yili oxirida bo‘lgan materiallar bo‘yicha qoldiq qiymati belgilangan me’yor (limit) dan ortiqcha bo‘lsa keyingi moliya yilida budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa me’yordan ortiq summaga kamaytiriladi. Tovar moddiy zaxiralar o‘rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko‘rsatkichlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 1111-son bilan ro‘yxatga olingan) da keltirilgan. Budjet tashkilotlarida materiallar bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida taxlil qilinadi. Agar budjet tashkilotini moliya yili oxirida bo‘lgan materiallar bo‘yicha qoldiq qiymati belgilangan me’yor (limit) dan ortiqcha bo‘lsa keyingi moliya yilida budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa me’yordan ortiq summaga kamaytiriladi. Tovar moddiy zaxiralar o‘rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko‘rsatkichlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 1111-son bilan ro‘yxatga olingan) da keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |