Bosqichlari
| |
Mazmuni
| |
Tashkil topish va faoliyatni boshlash
|
“Tashkil topish va faoliyatni boshlash”davrida yangi tovar bozorga tavsiya etiladi, tovarni bozor talabi kuzatilmaydi va sotish darajasi juda past bo‘ladi. Mazkur bosqichda ko‘proq tovar bilan tanishuvni ta’minlash lozim bo‘ladi.
|
Oyoqqa turish va faoliyatni kengaytirish
|
“Oyoqqa turish va faoliyatni kengaytirish” davrida korxonaning bozorga chiqishi va tovarlarni tavsiya etishi biroz jonlanadi, sotish hajmi bir oz o‘sishiga erishiladi, shu bilan birgalikda tovarlarga yangilik kiritish xarajatlari ko‘payadi
|
O‘sish, rivojlanish
|
“O‘sish, rivojlanish” tovarlarni sotish hajmi, bozorni solishtirma sig‘imi o‘sib boradi, raqobat kuchayadi va keskin tus oladi. Mazkur bosqichning asosiy vazifasi tovarlarni sotish hajmini va assortimentini oshirish hisobiga maksimal foyda olishga qaratiladi.
|
Gullash, taraqqiy etish
|
“Gullash, taraqqiy etish” tovarlarni sotish hajmi, o‘sish darajasi eng yuqori (maksimal) darajaga ko‘tariladi, bozor ushbu mollar bilan haddan ziyod to‘yinadi, yangiliklarga oid xarajatlar kamayadi, ish hajmini bundan ortiq oshirib bo‘lmay qoladi.
|
Cho‘kish va sinish davri
|
“Cho‘kish va sinish davri” tovar iste’mol uchun jozibadorligini yo‘qotadi, sotish hajmi, mahsulotning bozordagi sig‘imi tushib ketadi.
|
Bankrotlikning hayot sikli
Bankrotlikka olib keluvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin
Bankrotlikka olib keluvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin
- ichki omillar
- tashqi omillar
Ichki omillar qatoriga: aylanma mablag‘larning yetishmasligi; resurslardan foydalanish samarasining pastligi; normadan ortiq aktivlarning saqlanishi; texnika-texnologiyalarning eskirganligi; ishlab chiqarishni tashkil etishning eskiligi; mijozlar moliyaviy holatining yomonligi; marketingning eskiligi; ortiqcha qarz majburiyatlarining mavjudligi; ishlab chiqarishning asossiz kengaytirilishi; tashqi faktorlarni hisobga olmasdan boshqarish strategisini belgilanishi va h.k. kiradi.
Tashqi omillarga: iqtisodiy (davlatdagi krizis, inflyatsiya); siyosiy omillar; ilmiy texnikaviy omillar; demografik omillar va h.k. omillar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |