Mavzu. Korxonalar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni baholash va tahlil qilish
Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalari
Download 31.25 Kb.
|
Mavzu. Korxonalar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni baholash -fayllar.org
2. Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalari2. Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalari Bankrotlik instituti – murakkab huquqiy muassasadir: huquqiy muassasa tomonidan beligilanadigan protsessual me’yorlarni belgilash, tartiblash amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasida bankrotlik instituti 1994-yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida bu borada sezilarli ishlar olib borildi va muhim natijalarga erishildi. Eng muhimi ushbu munosabatlarni tartibga solishning puxta va mukammal qonunchilik bazasi shakllantirildi. Dastlab 1994-yilda 5-mayda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun dastlab 35 moddadan iborat bo‘lgan. Lekin qonun amaliyoti bo‘yicha mazkur davrda bironta ham bankrotlik holati ko‘rilmadi. Qonun amalda bo‘lgan davrda bankrotlik bo‘yicha faqat ikkitagina ariza qabul qilingan va ko‘rib chiqilgan. 1995-yilda Qonun amaliyoti va bankrotlikni amalga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori chiqarildi va bu boradagi ishlar biroz jadallashdi. Shu yilda 47 ta bankrotlik holati bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi. 1996-yil 11-dekabrda “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunni amalda qo‘llash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Respublika Prezidentining maxsus farmoni sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish imkonini berdi.1996-yil 11-dekabrda “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunni amalda qo‘llash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Respublika Prezidentining maxsus farmoni sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish imkonini berdi. 1998-yil 28-avgustda qonun yangi tahrirda qabul qilindi. U ko‘plab moddalar bilan boyitildi. Xususan, ayrim turdagi qarzdorlarning bankrotligi to‘g‘risidagi qoidalar, yangi taomil – tashqi boshqaruv qo‘shildi va bu kreditorlarning huquqlarini kengaytirdi. Ushbu qonunda yuridik va yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligi alomatlari alohida ajratib ko‘rsatildi. 2003-yil 24-aprelda Qonun yana yangi tahrirda e’lon qilindi. U 192 moddadan iborat bo‘lib, bankrotlik belgilari va taomillariga tegishli bo‘lgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdorlarning to‘lov qobiliyatini tiklashni maqsad qilib qo‘ygan ko‘plab yangi qoidalarni o‘zida mujassamlashtirdi. Qonunga ikkita yangi bob kiritildi va ular yangi bankrotlik taomillarini o‘zida ifoda etdi: kuzatuv va sud sanatsiyasi, shuningdek, barcha bankrotlik taomillari sud boshqaruvchilari tomonidan amalga oshirilishi, sud boshqaruvchilari sud tomonidan tayinlanishi va nazorat qilinishi belgilandi. Download 31.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling