Mavzu. Korxonalar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni baholash va tahlil qilish


yil 12 aprelda TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK TO‘G‘RISIDAgi QONUN qabul qilindi


Download 85.94 Kb.
bet6/10
Sana07.04.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1338629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU Банкротлик тахлили

2022 yil 12 aprelda TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK TO‘G‘RISIDAgi QONUN qabul qilindi

  • 2022 yil 12 aprelda TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK TO‘G‘RISIDAgi QONUN qabul qilindi
  • Ushbu Qonunning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
  • bankrot — sudning qaroriga asosan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan qarzdor;
  • bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega bo‘lgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan kreditorlar guruhi;
  • kelishuv bitimi — taraflarning o‘zaro yon berish asosida to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitimi;
  • kreditorlar — qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish yuzasidan qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida javobgar bo‘lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar, bundan qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o‘z ishtirokida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha qarzdor yuridik shaxsning muassasalari (ishtirokchilari) mustasno;
  • kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining vakili — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;

kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish uchun qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan e’tiboran keyingi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil;

  • kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish uchun qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan e’tiboran keyingi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil;
  • mol-mulkni sotish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qo‘llaniladigan tartib-taomil;
  • moratoriy — qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini to‘xtatib turish;
  • pul majburiyati — qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘yicha, shuningdek boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash majburiyati;
  • soliqlar va yig‘imlar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va (yoki) davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar;
  • soxta to‘lovga qobiliyatsizlik — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliq hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajara olmasligi to‘g‘risida e’lon berishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilishi;
  • sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi, moliyaviy boshqaruvchi) — to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxs;
  • sud sanatsiyasi tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash va uning kreditorlar oldidagi qarzini to‘lash uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil;
  • sudgacha sanatsiya qilish — qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egasi, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda to‘lovga qobiliyatsizligining oldini olish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar;

Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling