tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili; - tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili;
- tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini e’lon qilish maqsadida sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan tartib-taomil, bundan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar mustasno;
- to‘lovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi;
- to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili — sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni o‘z ichiga oladigan hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan tartib-taomil;
- to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilganligi, buxgalterlik hisobotlari buzib ko‘rsatilganligi yoki o‘zining to‘lovga qobiliyatsizligi boshqacha tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar yetkazish;
- qarzdor — kreditorlarning pul majburiyatlari yuzasidan talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |