Mavzu: Korxonalarda ichki moliyaviy nazoratni tashkil etish reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 121.19 Kb.
|
mmmmmmmmmm
Aktivlarning saqlanganligi nazorati. Ichki nazoratning muhim sohalaridan biri- aktivlarning saqlanganligi nazorati hisoblanadi (saqlanganlik ustidan nazorat). Ushbu nazorat xo’jalik yurituvchi subyektning aktivlariga ruxsatsiz ega bo’lish, foydalanish yoki taqsimlashni vaqtida aniqlash yoki bartaraf etishga qaratilgan. Aktivlarning saqlanganligini nazorat qilish, tuzilmagan bitimlarni bartaraf etish yoki vaqtida aniqlash bilan hal etilmagan xarajatlar yoki investisiya qo’yilmalari qabul qilish, asoslanmagan majburiyatlar, tovar-moddiy zaxiralarini o’g’rilash yoki aktivlarni shaxsan foydalanishga berilishi bilan bog’liq. Nazoratning bunday tizimi aktivlardan foydalanish rahbariyatning ruxsati bilan o’tkazilishini kafolatlash uchun yaratiladi. Ularga kreditlarni berish va nazorat qilish bo’yicha talablarga rioya qilish va belgilash, investisiyalar va shu bilan bog’liq hujjatlar bo’yicha qarorlar qabul qilish kiradi. Aktivlarning saqlanganligini nazorat qilish tizimi etishmovchiliklarni barataraf etish yoki aniqlash bilan cheklanmaydi. U aktivlardan ruxsasiz foydalanish yoki ega bo’lish natijasi bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa muhim yo’qotishlarni bartarf etish va aniqlashga yordam beradi. Ichki nazorat tashqi taftish organi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdan farq qiladi Bu nazoratning integrallashgan tizimi bo’lib tashkilotga moslashtirilmagan. Natijada, ichki nazorat ko’pincha boshqaruv nazorati sifatida tushuniladi. Ichki nazorat tizimi hech qachon taftishning muhimligini pasaytirmaydi. Odatda taftish funksiyasi davlat mablag’larini noqonuniy o’zlashtirish, suiste’molchilik, kamomad, qallobliklarga qarshi samarali himoya vositasini bajaradi.
Korxona moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi qonunlar qabul qila turib, har bir davlat, odatda, yuqoridagi printsiplarga tayanadi (asoslanadi). Bir vaqtning o’zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining o’z reglamenti (tartibi va ketma-ketligi) mavjud bo’lib, bu narsa pirovardida Korxona moliyaviy nazoratning natijalariga o’z ta’sirini, albatta, ko’rsatadi. Korxona moliyaviy nazorat moliyaning maxsus funktsiyasi bo’lib, uning maqsadi moliyaviy resurslarni boshqarish qonuniyligi va samaradorligi bo’yicha qabul qilingan andozalardan chetga chiqish hollarini aniqlash, bunday chetga chiqishlar mavjud bo’lganida esa, ularni tuzatish va oldini olish bo’yicha tegishli choralarni o’z vaqtida qabul qilishdan iborat. U nazoratning boshqa turlaridan farqli o’laroq, ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida mavjud bo’lgan holda, pul jamg’armalari harakatining butun jarayonida kuzatiladi. Shu sababli moliyaviy nazorat har qanday ishlab chiqarishda xo’jalik yuritish mexanizmining ob’ektiv ravishda zaruriy bo’lgan tarkibiy qismidir, deb tasdiqlash mumkin. Korxona moliyaviy nazorat davlat nazoratining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Korxona moliyaviy nazoratning mohiyati uning vazifasida o’z ifodasini topadi. Korxona moliyaviy nazorat, masalan, moliyaviy mablag’lar holati ustidan olib boriladigan nazorat yoki byudjetni to’ldirish, markazlashgan va markazlashmagan pul jamg’armalaridan foydalanish operatsiyalari ustidan olib boriladigan nazorat va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Download 121.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling