Mavzu: Korxonalarda ichki moliyaviy nazoratni tashkil etish reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Ichki moliyaviy nazoratni takomillashtirish yo’nalishlari


Download 121.19 Kb.
bet6/7
Sana26.02.2023
Hajmi121.19 Kb.
#1232550
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mmmmmmmmmm

Ichki moliyaviy nazoratni takomillashtirish yo’nalishlari

Ichki nazorat tizimini tekshirishning ahamiyati shundan iboratki, auditorlik tashkiloti tomonidan bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddatlari va qiymati aynan mana shunga bog’liq. SHu boisdan, ushbu masalani batafsilroq ko’rib chiqish zarur. Mijoz-korxona ma’muriyati samarali ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim :

  • korxona mulklari va hujjatlarining saqlanishi;

  • bosh-qaruv uchun ishonarli ma’lumot olish;

  • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

  • qonun hujjatlari talablari va hisob siyosatining qoidalariga rioya qilinishi.

Ichki nazorat tizimining tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi quyidagi qoidaga asoslaniladi: ichki nazorat tizimi uchun qilinadigan jami xarajatlar uning bo’shligi sababli mazkur davrda kutilayotgan zararlar miqdoridan oshmasligi lozim.
Ichki nazorat tizimini o’rganishda quyidagi asosiy tamoyilga tayaniladi:

  • Ichki nazorat tizimining tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi uchun ma’muriyat javobgarligi;

  • Ichki nazorat tizimi to’liq bo’lmasayam moliyaviy hisobotning yetarli darajadagi haqqoniyligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilishi.

  • Mavjud cheklashlar: agar ichki nazorat tizimi, uning ishlab chiqarish va amalda qo’llanish hususiyatlari hisobga olinmasa, uni samarali deb tan olish mumkin emas;

  • Axborotni ishlash uslubi: ichki nazorat tizimi axborotlar qo’lda ishlanganida ham, kompyuterda ishlanganida ham, samarali ishlov berishni ta’minlashi lozim.



Xulosa va takliflar
Kurs ishining xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalariga va ishni yozish jarayonida tahlil qilingan ma’lumotlar asosida, bugungi kunda korxona, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini nazoarat qilish mexanizmini takomillashtirish masalalari yuzasidan quyidagi asosiy xulosa va takliflarimizni aks ettiramiz.
KorxonaKorxona moliyaviy nazorat - bu maxsus shakl va uslublarni qo’llash orqali xo’jalik yurituvchi va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig’indisidir. Korxona moliyaviy nazorat har bir korxona va muassasa faoliyatining moliyaviy ishochliginini aniqlash va mustahkamlashning muhim qurolidir hamda har bir korxona va tashkilotning joriy xo’jalik-moliyaviy faoliyati holati, natijasi va samaradorligini aniqlashga imkon beradi va istiqbol uchun aniq va ishonchli rejalar ishlab chiqish zaminini yaratadi. Boshqacharoq aytadigan bo’lsak, Korxona moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo’lishidir. Odatda, Korxona moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishdaqaraladi:
- barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy
intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy
tartibga solingan faoliyati;
- moliyaviy operatsiyalarning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini
ta’minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini
boshqarishning ajralmas elementi.
Korxona moliyaviy nazorat quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:

  • jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat, mahalliy davlat hokimiyati organlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarining bajarilishini tekshirish;

  • davlat va mahalliy korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ularning ixtiyorida yoki kundalik boshqaruvida bo’lgan pul mablag’laridan to’g’ri va maqsadga muvofiq foydalanilayotganligini tekshirish;

  • yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, hisobkitob, hisobot va pul mablag’larini saqlash va sarflashning qonunchilik bilan o’rnatilgan talablariga rioya etilishini tekshirish;

  • ishlab chiqarishning ichki zahiralarini aniqlash;

  • moliyaviy intizom buzilishi hollarini bartaraf etish va ogohlantirish.

Korxonalarda soliq nazoratini to’g’ri va oqilona tashkil etilishi ularning
kelgusida qonuniy ravishda faoliyat yuritishlari uchun muhim omillardan biri
bo’lib hisoblanadi. Soliq nazorati samaradorligini oshirish, soliq qonunchiligini
buzilishini keskin kamaytirish va soliq organlari xodimlarining nazoratni qonuniy
amalga oshirishini ta’minlash yo’llari bizningcha qo’yidagilardir:

Download 121.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling