Mavzu: Korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlili. Reja: kirish


Kriditga layoqatlilikni baxolashda tijorat banklarining kridit siyosatining o’ziga xos jixatlari


Download 51.21 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi51.21 Kb.
#1609808
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TEMUR TAHLIL KURS ISH

Kriditga layoqatlilikni baxolashda tijorat banklarining kridit siyosatining o’ziga xos jixatlari.

E'tirof etish joizki, tijorat banklarining kreditlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta'minlashda muhim o'rin tutmoqda. Shu sababli tijorat banklariga tarmoq va bo'g'inning, iqtisodiyotning lakomotivi siaftida qaralayotganligi ham bejiz emas. Bank kredit siyosati – joriy yil mobaynida bank kredit portfelini shakllantirish, xususan, kreditlash borasidagi bank faoliyatining Markaziy bankning kredit munosabatlarini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlari talablaridan kelib chiqib, kreditlash tamoyillariga mosligini ta'minlash, kredit portfelini samarali boshqarish, kredit berish jarayonida yuzaga keladigan xatarlarni baholash hamda ularni minimallashtirish, kredit monitoringi o'tkazish va uni so'ndirish jarayoni bilan bog'liq amallarni belgilash, kredit portfelini diversifikasiyalash hamda bank foiz siyosatini yuritish bilan bog'liq tadbirlar yig'indisidan iboratdir.


Iqtisodchi olim T.I.Boboqulovning e'tirof etishicha: "kreditlarga nisbatan aholining daromad darajasi past. Bizda qayta moliyalash stavkasi baland. Masalan 2017 yilda 9%dan 14%ga ko'tarildi, 2018 yilda 16% qilib belgilandi, Markaziy bank boshqaruvining 2020 yil 14 apreldagi navbatdan tashqari yig'ilishi qaroriga asosan, Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi".
O'zbekistonda kredit foizlarining yuqori bo'lishiga sabab ikkita:
1. Inflyasiya darajasi yuqori
2. O'zbekiston bank tizimida arzon kredit resurslari yo'q.
Milliy valyutaning iflyasiya darajasi yuqori bo'lganligi uchun kreditlarni foiz stavkasini pasaytirish imoniyati juda ham cheklangan. Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bank o'z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalda joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va boshqaruvi a'zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslari zmmasiga yuklatiladi.4 Inflyasiya va inflyasion kutilmalar. 2020 yilning fevral oyida yillik inflyasiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning dekabr (15,2 foiz) oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi.
2020 yil fevralda bazaviy inflyasiya 2019 yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi. Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi.
Kredit siyosatining yo'nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakliga, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o'rtasidagi nisbatiga, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoniga, kredit portfeli hamda mablag'larning qaytarilishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlariga muhim e'tibor qaratiladi.
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo'ladi: uzoq muddatli investisiyalardan aktsiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta'minlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikasiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo'lgan extiyojini qondirish. Kredit siyosati hujjatli kreditlarni boshqarish jarayonining poydevori hisoblanadi. Tijorat banki tomonidn ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan kredit siyosati kreditlarni oqilona boshqarishning samarali yo'llaridan biri hisoblanadi. Ushbu hujjat bankning kreditlashtirish faoliyatining andozalari va parametrlarini belgilab beradi.
Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat.
-Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash muddatlari, miqdori va sifati) bilan bog'liq masalalar;
-Bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o'rinbosari, kredit qo'mitasi raisi va kredit inspektoriga Yuklangan vakolatlar ro'yxati (eng ko'p kredit summalari va turlari);
-Bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish bo'yicha jami majburiyatlar;
-Kredit arizalari bo'yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni;
-Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan hujjatlar ro'yxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, garov, kafolat haqida shartnoma va hokazolar);
Har bitta bankning kredit siyosati O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, fuqarolik kodeksi, O'zbekiston Respublikasining "aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi, "banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi va bank faoliyatiga doir boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining moliya-bank tizimiga oid Farmon va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining "tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo'yiladigan talablar to'g'risida"gi Nizom talabalari asosida mustaqil ishlab chiqiladi.
O'zbekiston bank tizimida banklarning jami aktivlari 2019 yil yakunlari bo'yicha 254,9 trln. so'mni tashkil qilib o'tgan yillarga nisbatan ko'paygan. Kreditlarning summasi ham ko'payish tendentsiyasiga ega, kreditlarning jami aktivlardagi ulushi 2019 yil 83 foizni tashkil qilib, 2018 va 2017 yillarga nisbatan kamaygan. Muammoli kreditlarning summasi 2019 yilda 1,8 trln. so'mni, jami kreditlardagi ulushi 1,5 foizni tashkil qilib, o'tgan yillarga nisbatan ko'paygan.
Umumiy jihatlar. Kreditga layoqatlilikni banklar tomonidan tahlil qilishda quyidagi kompleks ko'rsatkichlar tizimi o'rganilishi lozim.
Korxonaning to'lovga layoqatliligi – korxona kapitaliga zarar etkazmagan holda barcha majburiyatlarni to'lay olish qobiliyatidir. Umumiy holda korxona likvidliligi texnologik, ya'ni aktivlarning pulga aylanish tezligi jarayoni, qolaversa, korxona buxgalteriya balansining likvidligi hamdir. Passivdagi joriy majburiyatlarni qoplash maqsadida jooriy aktivlarni tezkor ravishda sotish orqali balans likvidligiga ega bo'linadi. Passivdagi joriy majburiyatlarni qoplash maqsadida joriy aktiv mablag'larni tezkor ravishda sotish orqali balans likvidligi yuzaga keladi. Balans likvidligini taminlashda mablag'larni joylashtirish muddatining ularning majburiyatlarga jalb qilinishi muddatiga to'g'ri kelishiga alohida ahamiyat qaratish lozim.




  1. Download 51.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling