Mavzu: korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari reja


muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash


Download 21.8 Kb.
bet2/3
Sana09.03.2023
Hajmi21.8 Kb.
#1254787
1   2   3
Bog'liq
MAVZU1

muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;

  • soliq idoralarida ro`yxatdan o`tish.

    Tashkiliy-huquqiy shakl Qonuniy tartibda tasdiqlangan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish shaklidir. U majburiyatlar uchun javobgarlikni, korxona nomidan tuzilgan bitimlarga bo'lgan huquqni, boshqaruv tuzilishini va korxonalarning iqtisodiy faoliyatining boshqa xususiyatlarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasida odatda iqtisodiy jihatdan alohidalangan, ajralib turadigan huquqiy shaxslar tijorat faoliyatining ishtirokchilaridir. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida “huquqiy shaxs tasarrufida, xo‘jalik yoki tezkor boshqaruvida alohidalangan mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha shu mulki bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni qo‘lga kirita oladigan, majburiyatlar bajaradigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar tan olinadi. Huquqiy shaxslar mustaqil balans yoki jamlama (smeta)ga ega bo‘lishlari kerak”, deb ko‘rsatilgan. Tijorat tashkilotlari bo‘lgan huquqiy shaxslar xo‘jalik yurituvchi o‘rtoqliklar va jamiyatlar, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat va munitsipal, unitar korxonalar shaklida tuzilishlari mumkin. Tijorat tashkiloti hisoblangan huquqiy shaxs bank muassasida hisob-kitob raqamini ochadi. Notijorat tashkilotlari bo‘lgan huquqiy shaxslar muassalar, xayriya va boshka jamg‘armalar mulkdori tomonidan moliyalanadigan iste’molchilar kooperativlari, jamoat yoki diniy tashkilotlar (birlashmalar) shaklida tuzilishlari mumkin. Huquqiy shaxslar – notijorat tashkilotlarga joriy hisob raqamlari ochiladi. Huquqiy shaxs nizom yoki nizom hamda ta’sis shartnomasi yoxud faqat ta’sis shartnomasi asosida harakat qiladi. Huquqiy shaxslar – tijorat tashkilotlari – ro‘yhatga olinishlari va yagona Davlat reestriga kiritilashlari kerak. Reestr – bu huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lum zarur ma’lumotlarni kiritish lozim bulgan hisob daftaridir. Qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning juda aniq turlari ko‘zda tutilgan. Boshqa shakllarda faoliyat yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti, tadbirkorlik tashkilotlari (firmalar) tuzadi. Ularni tuzishning, faoliyatining, firmani qayta tashkil qilish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar haqida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. Firma – bu tijorat hisob-kitobi tamoyillari asosida ishlovchi xo‘jalik, sanoat, savdo korxonasi yoki alohida biznesmen, ya’ni huquqiy shaxsdir. Kichik korxonalar tadbirkorlikning alohida turi emas, bu termin faqat miqdor parametrlarini bildiradi xolos, tadbirkorlikning shakli esa har xil: yakka tartibdagi korxona, o‘rtoqlik, MChJ, XJ va boshqa bo‘lishi mumkin. Kichik korxonalarga:- sanoat va qurilishda – ishlaydigan xodimlari soni 100 kishigacha bo‘lgan; - fan sohasida va ilmiy xizmat ko‘rsatishda ishlaydigan xodimlari 50 dan 100 kishigacha bo‘lgan; - ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida ishlaydigan xodimlar soni 50 kishigacha bo‘lgan; - ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida ishlaydigan xodimlar soni 50 kishigacha bo‘lgan; - ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarda ishlaydigan xodimlar soni 50 kishigacha bo‘lgan; - chakana savdoda ishlovchi xodimlari soni 5 dan 15 kishigacha bo‘lgan huquqiy shaxslar kiradilar.


    Download 21.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling