Mavzu: korxonaning asosiy fondlari va
Asosiy fondlar amartizatsiyasi va ulardan foydalanish
Download 17.26 Kb.
|
Reja Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi-fayllar.org
3. Asosiy fondlar amartizatsiyasi va ulardan foydalanish
ko'rsatkichlari Ma'lumki, asosiy fondlar ishlatilishi jarayonida eskirib boradi va o'zining boshlang'ich qiymatini bosqichma-bosqich yo'qotib boradi. Ularning real qiymatini aniqlash uchun eskirgan qismining qiymatini aniqlash zarurati to'g'iladi. Ularning boshlang'ich yoki tiklanish qiymatidan eskirish so'mmasi ayrilib asosiy fondlarning qoldiq qiymati aniqlanadi. Eskirishning jismoniy va ma'naviy ko'rinishlari farqlanadi. Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning boshlang'ich iste'mol qiymatining bosqichma-bosqich yo'qolib borishi tushuniladi. Bunda nafaqat ularning ishlash jarayonidagi eskirishi, balki bekor turishi natijasida ham eskirganligi kiradi. Asosiy fondlarning fizik eskirishi asosiy fondlar sifatiga, ularning texnik takomillashganligiga, texnologik jarayonning xususiyatlariga, ularning ishlash vaqtiga, tashqi ta'sirlardan himoyalanganligiga hamda asosiy fondlarni parvarish qilish va ularga xizmat ko'rsatish darajasiga bog'liq. Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi hatto ularning bir xil elementlarida ham har xil bo'ladi. Asosiy fondlarning to'liq va qisman eskirishi farqlanadi. To'liq eskirganda ishlab turgan, asosiy fondlar yo'qotiladi va joyiga yangisi (kapital qurilish yoki eskirgan asosiy fondlarni joriy almashtirish vositasida) keltiradi. Qisman eskirish ta'mirlash yo'li bilan qoplanadi. Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi haqiqiy xizmat qilgan davrni normativdagi davrga bo'lish va 100 ga ko'paytirish yo'li bilan hisoblanishi mumkin. Nisbatan to'g'ri usul bu ob'ektning tabiiy holatini tekshirishdir. Ma'naviy eskirish bu - mashina va uskunalar qiymatining ularni takror ishlab chiqarish uchun ketadigan umumiy, zaruriy xarajatlarining qisqarishi, yangi va unumdor mashina va uskunalarning joriy qilinishi ta'sirida pasayishidir. Ushbu omillar ta'sirida asosiy fondlar o'zining texnik tavsifi va iqtisodiy samaradorligi jihatdan qoloq bo'lib qoladi, ya'ni ma'naviy eskiradi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonlarda asosiy fondlarni yangilashga ketadigan xarajatlarni qoplashning asosiy manbai ularning o'z mablag'lari hisoblanadi. Bu mablag' asosiy fonddan foydalanish mobaynida amortizatsiya ajratmasi shaklida jamg'ariladi. Amortizatsiya - asosiy fondlar eskirishini mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qismlab o'tkazish yo'li bilan yig'ilib boriladigan pul mablag'laridir. Amortizatsiya hisoblanadigan mulk tarkibiga O'zbekiston Respublikasini qonunchiligiga ko'ra qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ortiq bo'lgan va foydalanish muddati 1 yildan oshadigan mulklar kiradi. Yer uchastkalari, qazilma boyliklar, o'rmonlar va moliyaviy aktivlar bunga kirmaydi. Amortizatsiya ajratmasi so'mmasi asosiy fondning qiymatiga, undan foydalanish muddatiga va modernizatsiya xarajatlariga bog'liq. Amortizatsiyaning yillik so'mmasini asosiy fondlar qiymatiga nisbatan foizlarda ifodalash orqali uning normasi aniqlanadi. Amortizatsiya normasi asosiy fondlar yiliga o'zining balans qimatining qancha qismini mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo'shayotganligini bildiradi. Amortizatsiya normasini hisoblash quyidagi formula bo'yicha amalga oshiriladi: F1-Fy Nam= ————— x 100, Tm? F1 bu yerda: F1 - asosiy fondlarning boshlang'ich qiymati, so'm; Fy - asosiy fondlarning yo'qotilgan qiymati, so'm; Tm - asosiy fondlarning me'yoriy xizmat muddati, yil. Misol. Dastgohlarning jami boshlang'ich qiymati 20,0 mln. so'm., xizmat muddati - 8 yil. Modernizatsiya xarajatlari 4,0 mln. so'm., demontaj sarflari 0,5 mln.so'm., stanoklarning qoldiq qiymati 0,9 mln.so'm. Bu holatda amortizatsiya normasi 11,25% [(20,0-0,9):(20,0?8)] x100, amortizatsiya ajratmalari so'mmasi esa [(20,0 +4,0+0,5-0,9)]:8=2,95 mln.so'mni tashkil etadi. Amortizatsiya ajratmalari miqdori uch usulda hisoblanadi: bir maromli; bajarilgan ish hajmiga nisbatan sonlar so'mmasi bo'yicha va qiymatni hisoblab chiqarish (kumulyativ) tezlashtirilgan usullar. Amortizatsiya ajratmalari miqdorini bir maromli usulda hisoblash asosiy fondlarning bir maromda jismoniy va ma'naviy eskirishiga mo'ljallangan 3.1-jadvalga qaralsin. Hozirgi kunda uskunalar qiymatining katta qismini dastlabki yillardayoq ishlab chiqarish xarajatlariga o'tkazishni ta'minlaydigan notekis amortizatsiya keng qo'llanilmoqda. Masalan, birinchi yil - 50%, ikkinchi yil - 30%, uchinchi yil - 20% o'tkaziladi. Bu korxonalarga inflyatsiya sharoitida qilingan xarajatlarni tezroq qoplash va uskunalarni yangilash imkonini beradi. 1-jadval Amortizatsiya ajratmalari miqdorini bir maromli usulda hisoblash tartibi Asosiy fondlar ko'rinishlari O'rtacha balans qiymati, mln. so'm Amortizatsiya ajratmalarining yillik normasi, % Amortizatsiya ajratmalari-ning yillik miqdori, mln.so'm (gr.2 x gr.3) Download 17.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling