Mavzu: korxonaning asosiy fondlari va


Download 17.26 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi17.26 Kb.
#1828763
  1   2   3   4
Bog'liq
Reja Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi-fayllar.org


Reja: Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi

Mavzu: KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA


ISHLAB CHIQARISH QUVVATI
Reja:
1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi.
2. Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi.
3. Asosiy fondlar amartizatsiyasi va ulardan foydalanish
ko'rsatkichlari.
4. Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash.

Kirish
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab
chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol`
o'ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish
bo'yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Korxonalarning asosiy belgisi ularning o'zlariga tegishli mulkning mavjudligidir. Aynan shu
narsa korxonalarning moddiy- texnik imkoniyatlarini belgilab beradi hamda ularning
iqtisodiy erkinligi va kelajagini taminlaydi. Muayyan mulkdan foydalanmasdan hech bir
korxona o'zining xo'jalik faoliyatini amalga oshira olmaydi.
Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzulmasi
bir xil bo'lmaydi. Masalan yengil va oziq – ovqat sanoatida binolar asosiy o'rin egalaydi
(44-46%), yonilg'i sanoatida inshootlar (17-19%), elektro energetika sanoati korxonalarida
uzatish qurilmalari (30-33%), mashinasozlik korxonalarida mashina va jihozlar asosiy o'rin
egallaydi.
1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi
Korxonalar egalik qiladigan mulk ko'chmas va ko'chirib bo'ladigan mulklarga ajraladi. Ko'chmas
mulkka yer uchastkalari, yer osti boyliklari, maxsus suv ob'ektlari va umuman yer bilan bog'liq
bo'lgan buzilmas narsalar, shu jumladan o'rmonlar, ko'p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar
kiradi. Ko'chirib bo'ladigan mulkka ko'chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag'lari
va qimmatli qog'ozlar kiradi.
Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish mumkin. Bunda
korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko'rinishi balki ishlab chiqarish jarayonidagi roli, ahamiyati
va korxona iqtisodiyotiga ta`siri ham hisobga olinadi.
Uzoq muddatli aktivlar yirik va o'rta korxonalar mulkining 65-85% ini tashkil qiladi. Uning
tuzilishi keltirilgan.
Uzoq muddatli aktivlar Asosiy fondlar
Nomoddiy aktivlar Kapital qo'yilmalar
Uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalar
Uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi
Uzoq muddatli aktivlar korxona xo'jalik faoliyatida uzoq muddat mobaynida qatnashadi. Bu
amortizatsiya jarayonining davomiyligi va aylanma tezligining sekinligi bilan bog'liq. Shuning
uchun ular uzoq muddatli yoki sekin aylanadigan aktivlar yoki immobilizatsiya fondlari deb ataladi.
Korxonalarda uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi va tarkibi bir-biridan jiddiy farq
qiladi. Biroq, barcha korxonalar uzoq muddatli aktivlari tarkibida asosiy fondlar salmoqli hissani tashkil etadi.
Asosiy fondlar - bu moddiy (ashyoviy) boylik bo'lib, o'zining tabiiy ko'rinishi, uzoq vaqt
mobaynida o'zgartirmaydi hamda qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga qismlab o'tkazadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari umumiy ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi hisoblanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnatning qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish
fondlarining hajmiga bog'liq. Asosiy fondlarning va mehnatning qurollanganlik darajasining
oshishi mehnatga ijodiy xarakter bag'ishlaydi va jamoaning madaniy – texnik darajasini oshiradi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarish samaradorligini
oshiruvchi, iqtisodiy o'sishni ta`minlovchi barcha omillar ichida asosiy o'rinni egalaydi.
Asosiy fondlar jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning 65% dan
ko'prog'i asosiy ishlab chiqarish fondlariga to'g'ri keladi.


Download 17.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling