Mavzu: Korxonaning investitsiya strategiyasi Reja: Kirish
№ Investor mamlakatlar
Download 161.32 Kb.
|
Korxonaning investitsiya strategiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy hajmidagi ulushi (2022 y.%)
- Iqtisodiyot sohalari 2008y. 2009y.
- Umumiy hajmdagi ulushi (2022 y.%) jami
- Tog`-kon sanoati va uni qayta ishlash
- Neft xomashyosi va tabiiy gaz
- Metallurgiya sanoati va tayyor metal maxsulotlarini ishlab chiqarish(mashina va uskunalardan tashqari)
- Ulgurji va chakana savdo, avtomobil va mototsikl ta’mirlash
- Moliya va sug`urta faoliyati
- Ko`chmas mulk bilan bog`liq operatsiyalar, tadbirkorlarga xizmat ko`rsatish va ijara
Manba: Qozog`iston Respublikasi Milliy banki ma’lumotlari 1.2.1-jadvaldan ko`rinib turibdiki, mamlakatga kiritiladigan investitsiyalar miqdori 2022-yilda 22469 mln. AQSh dollari ni tashkil etgan bo`lib, asosiy investor davlat bu – Niderlandiya, mamlakatga kiritilgan jami xorijiy investitsiyalarning deyarli uchdan bir qismi Niderlandiyaga tegishli. Mamlakatning asosiy investorlari asosan Yevropa mamlakatlari( Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Shetsariya kabi taraqqiy etgan davlatlar)dir. Shuningdek, Osiyoning Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlari ham Qozog`iston bilan investitsion hamkorlikni yo`lga qo`yishgan. Buyuk Britaniyaning kiritgan investitsiyalari Qozog`istonga kiritilgan jami xorijiy investitsiyalarning 2,4%ini tashkil etadi. Bu 541,8 million AQSh dollari demakdir. Lekin bu 2008-yildagidan 3,5 barobarga kam. Bu kamayishning sababi 2008-yilda dunyoni domiga tortgan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bo`lishi mumkin. Ular Qozog`istonning qaysi iqtisodiy tarmoqlarida namoyon bo`ladi? Bu savolga 1.2.2-jadval orqali ma`lumot olish mumkin. 1.2.2-jadval Qozog`iston Respublikasi iqtisodiga kiritilgan to`g`ridan-to`gri xorijiy investitsiyalar hajmi (iqtisodiy sohalarda million AQSh dollarida)
Manba:Qozog`iston Respublikasi Milliy banki Demak, Qozog`istonning tabiiy resurslari xorijlik investorlarni qiziqtirgan ekan. To`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsiyalarning deyarli uchdan bir qismi tog`-kon sanoati hamda neft va gaz sohalariga kiritilgan. O'zbekistonda investitsiya siyosatining maqsadi xo'jalik sub'ektlarining manfaatdorligini oshirish, moliyalashtirish manbalari tuzilmasini takomillashtirish va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda qo'shma korxonalar tashkil qilish asosida mamlakatning investitsiya saloxiyatini oshirishdan iborat. Oqilona investitsiya siyosati, birinchi navbatda, investitsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish orqali barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Investitsiya siyosati milliy va xorijiy investorlarning xo'jalik faoliyatini yuritishlari uchun qulay shart-sharoit yaratishi kerak. O'zbekistonda investitsiya siyosati islohotlarning dastlabki bosqichida iqtisodiyotga chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan edi. Shu maqsadda Davlat investitsiya dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiy rivojlanish sur'atlarini barqarorlashtirish imkonini berdi. Xususan, 2022 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'ati amalda 8,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2000-2022-yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar oshdi. Bu uning investitsion jozibadorligini oshiradi. Shuningdek, xorijiy kompaniyalarni ham o`ziga jalb etadi, chunki bu ko`rsatkichlar mamlakatdagi barqaror iqtisodiy va siyosiy vaziyatdan dalolat beradi. Mazkur ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi. Bu 2000-yildan 2022-yilgacha bo`lgan davr davomidagi YaIM dinamikasi ko`rsatkichlarida namoyon bo`ladi (1.2.1-rasm). 1.2.1-rasm YaIMning o'sish sur'atlari (o'tgan yilga nisbatan % da) Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi ma’lumotlari Rasmdan ko'rinib turibdi, real YaIMning o'sish darajasi oxirgi yetti yilda 7 %dan yuqori bo'lib kelmoqda, jumladan 2005 yilda – 7 %ni, 2006 yilda - 7,3 %ni, 2007 yilda - 9,5 foiz, 2008 yilda – 9 foiz, 2009 yilda – 8,1 foiz, 2020 yilda – 8,5 foiz, 2021 yilda 8,3 foiz, 2022 yilda esa 8,2 foizni tashkil etdi. Yuqorida qayd etilgan omillar ta'sirida 2022 yilda mamlakatimizda YaIMning mutlaq hajmi 96,6 trln. so'mga teng bo'ldi. So'nggi yillarda faoliyat ko'rsatatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik-texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e'tibor qaratildi. 2022 yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko'rsatkich 2021 yilga nisbatan 14 foizga o'sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million dollardan ortig`ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko'prog`i to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalardir. E'tiborga sazovor tomoni shuki, jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo'naltirildi.O'zbekistonda investorlar uchun, aytish mumkinki, ko'p jihatdan beqiyos, o'ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferentsiyalar tizimi yaratilgan, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi yildan yilga ortib borayotgani ham buning yorqin dalilidir. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo'lgan. O`zbekistonda qaysi tarmoqlarga xorijiy investitsiyalar kiritiladi? Quyidagi rasmlarda bu savol o`z javobini topgan(1.2.2 va 1.2.3-rasmlar) 1.2.2-rasm O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda ishlab chiqarish sohalariga yo`naltirilgan investitsiyalar miqdori (mlrd. so`m) Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi Rasmdan ko`rnib turibdiki, eng ko`p investitsiyalar transport va aloqa sohasiga yo`naltirilgan bo`lib, 4026,9 mlrd.so`mni tashkil etadi. Issiqlik energiyasiga 3768,4 mlrd.so`m, avtomobilsozlikka 953,8 mlrd.so`m, qishloq xo`jaligiga 905,8 mlrd so`m, metallurgiyaga 649,8 mlrd.so`m, yengil sanoatga 618,8 mlrd.so`m, kimyo va neft-kimyoga 499,9 mlrd. so`m, qurilish materiallariga 415,8 mlrd. so`m va 398 mlrd.so`m mablag` oziq-ovqat sanoatiga yo`naltirilgan. Ayni vaqtda O'zbekiston chet el investisiyalarini jalb etishda mintaqada Qozog'iston va Turkmanistondan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tanlangan tadrijiy rivojlanish modelining izchil hamda aniq maqsadli amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlariga ishonchli bardosh bermoqda. Shu bilan birga mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning barqaror o‘sish sur’atlari saqlanmoqda. XULOSA Bugungi kunda korxona va tashkilotlar boshqaruv tizimida strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma’muriy ish bo’lib, tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya madaniyatini hamda boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat. Kompaniyaning ko’rinishi qanday bo’lishi va qanday raqobat mavqeiga ega bo’lishi lozimligini aniqlash bu kompaniyaning strategik tasviri yoki ko’rinishi demakdir. Zamonaviy rahbar o’z kompaniyasining mavqeini va ushbu mavqega ta’sir etuvchi muhit qanday o’zgarishini tasavvur etishi lozim. Strategiyaga mos yo’nalishni belgilash deganda biz asosiy boshqaruv funktsiyalarini tushunamiz. Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta’sir etuvchi tezkor strategiyalarni qo’llab, vaziyatni nazoratga olishdir. Strategiyani quvvatlovchi ishchanlik muhitini yaratish - bu asosan menejerning tashkiliy o’zgarishlarni amalga oshirishi, xo’jalikni to’g’ri yuritishi va ishchi-xodimlarni maqsadlarni bajarishga jalb etish jarayonidir. Tijorat banklarida ishlab chiqariladigan maxsulot o’zida bank operatsiyalarini, bank xizmatlarini va bank ishlarini aks ettiradi. Jadvalda operatsiyalar o’tkazganda paydo bo’ladigan xavf-xatar nuqtai nazaridan bank maxsulotlari xilma-xilligi ko’rsatilgan. Bank maxsulotlarini sotishdagi strategik yo’nalish, bank taraqqiyotining muhim muammosi bo’lib hisoblanadi. Umumiy ma'noda ularni funktsional-ob'ekt yo’nalishli, asosiy maqsadi bir gurux bank maxsulotlarini sotish yo’li bilan yoki mijozlar ma'lum guruxining aloxida bank maxsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish yuli bilan daromad olishdan iborat banklarga ajratish mumkin. Bu tizimda xisob raqamlar rejasining o’zgarishiga moslanish imkoniyatini, xisob va shaxsiy raqamlarning o’zgaruvchan tuzilmasini, mijozlarning istalgan soni bilan ishlashni, komission yig’imlarni qo’shib yozib qo’yishning turli usullarini, rivojlangan tizimlarda tuzilmali cheklashlarning oldini ta'minlash kerak. Ko’pchilik muammolar boshqaruv sifatiga, bank marketingiga tashkilot tuzilmasiga, moliyaviy oqimlarga, xisob-kitobga, iqtisodiy taxlilga, biznes-rejalashtirishga, shuningdek, xodimlar malakasiga chambarchas bog`liq bo`ladi. Bank tizimida yuzaga kelayotgan holatlar, bugungi kunda bank menejmenti va marketingini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Banklar sonini ko’payishi bu raqobatning kuchayishidir. Bu esa bank boshqaruvida yangi yangi vazifalar belgilaydi. Bizningcha, korxona va tashkilotlar tuzilmalarida strategik boshqaruvni takomillashtirishda quyidagi yo`nalishlarga asosiy e`tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir: 1. O`z xodimlarini ish malakasini oshirishga qaratishi lozim va ko`proq yosh xodimlarni sinov asosida ishga qabul qilish. 2. Diversifikatsiyalash (yangi turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish). 3. Xodimlar sonini ish hajmiga moslashtirish (qo`shimcha ishchi kuchlarini korxonaga jalb qilish). 4. Yangi texnika va texnologiyani sotib olishga mablag` ajratishini ko`zda tutish. Strategik boshqaruv tamoyillarini to`g`ri belgilash va boshqaruv tizimining samarali amal qilishini ta`minlashning asosiy maqsadi bozor iqtisodiyotida yuz berishi mumkin bo`lgan ichki va tashqi nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari, hamda xom-ashyo va materiallarning samarsiz ishlatilishini oldini olishdan, ishlab chiqarishni boshqarishni bozor talablariga tobora ko`proq moslashtirishdan iboratdir, deb aytish mumkin. Bugungi kunda modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Respublikada yangi ishlab chiqarish sohalarini yaratish va eskilarini modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilish bo`yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizni ham tashqi, ham ichki bozorda mavqega ega bo`lishini ta`minlash uchun korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish darkor. Korxonalar raqobatbardoshligini oshirish qat`iy tejamkorlik tuzilmasini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirishni talab etmoqda. O`tgan yili faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga boshqaruv tizimini takomillashtirish yo`nalishlarini belgilash dastlab bo`linmalar va ularning tarkibiy guruhlarining bajarayotgan ishlari ko`lamini aniq belgilab berish, ularning ma’suliyatida bo`lgan ishlar uchun vakolatlilik darajasi va javobgarligini to`g`ri taqsimlashga qaratilishi zarur. Yuqorida ta`kidlangan boshqaruv tamoyillarini tadbiq etishda quyidan yoki yuqoridan vujudga kelayotgan tashabbuslarni qo`llab quvvatlash, bu tashabbuslarni chuqur o`rganish orqali avtonom qarorlar qabul qilish va hatto alohida moddiy mablag`lar bilan ta`minlash imkoniyatlarini yaratish kerak bo`ladi. Bunda bir tomondan tarkibiy bo`linmalarning o`zaro hamkorlik qilishlari uchun sog`lom muhit yaratilib borilsa, ikkinchi tomondan bo`linmalar o`rtasida halol raqobat muhitini shakllantirish imkoniyat tug`iladi. Xulosa qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda korxonalar faoliyatini to’g’ri tashkil qilish hamda samarali boshqarish orqali yuqori daromad olish masalasi dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Bu masalani hal qilishda esa bizga strategik rejalashtirish hamda strategik boshqaruv tizimi va uni amalga oshiruvchi raxbarlar hamda top menejerlarning yordamiga ehtiyoj seziladi. To’g’ri tanlangan va rejalashtirilgan strategik boshqaruv tizimi – korxona va tashkilotlarning, shu jumladan, moliya muassasalarining muvaffaqiyat kalitidir. Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining Bo’ka filialida ham aynan to’g’ri tanlangan strategiya orqali bugungi kunda samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Download 161.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling