Mavzu: korxonaning iqtisodiy havfsizligi


Download 29.86 Kb.
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi29.86 Kb.
#1718850
1   2   3   4
Bog'liq
Korxonaning iqtisodiy havfsizligi va tijorat sirlari korxona xav

Xavfsizlik tamoyillari xavfsizlikni ta'minlash taktika va strate- giyasiga bo'lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifala- rini hal qilishning to'g'ri yo'llarini tanlashga yo'naltirilgan bo'lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
  • qonuniylik;


  • mustaqillik va mas'uliyat;


  • iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik;


  • maqsadli-dasturiy rejalashtirish;


  • o'zaro hamkorlik va uni muvofiqlashtirish;


  • mehnatni ilmiy tashkil qilish;


  • oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg'unligi;


  • ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka.


2. Korxona xavfsizligini ta’minlashning tashkil etish va boshqarish


Xavfsizlik hodisalarning oldini olish va ogohlantirish chorasi si- fatida, har bir alohida holatdagi aniq harakat bo'lib, korxona xarak- teri, uning joylashuvi, ahamiyati va hokazolarga bog'liq bo'ladi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining o'zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik konsepsiyasini ish­lab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur.
Xavfsizlik konsepsiyasi, birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligi- ga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan tashqi muhit ta'sirini inobatga olishi zarur. Bu ta'sirni quyidagi chizma ko'rinishida aks ettirish mumkin.
Shu bilan bir vaqtda, korxona o'z faoliyatining muhim yo'na- lishlari xavfsizligini ta'minlashi uchun muayyan chora-tadbirlar- ni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo'riqlash tartibini yaratish lozim.
Xavfsizlik xizmati korxonaning tuzilmaviy birligi bo'lib, xavf­sizlik tartibini ishlab chiqish, o'rnatish va qoilab-quvvatlash, shu- ningdek, unga rioya qilinishini nazorat qilishni amalga oshiradi. U o'z faoliyatida quyidagilarga asoslanishi lozim:
  • qo'riqlash tartibini tashkil etish bo'yicha qoidalar;


  • rahbar, mutaxassis va texnik-yordamchi xodimlar uchun max- fiy maiumotlar bilan ishlash bo'yicha lavozim yo'riqnomasi;


  • maiumotlarni texnik-muhandislik jihatidan himoya qilishni tashkil etish bo'yicha lavozim yo'riqnomasi;


  • xorijiy vakolatxonalar va vakillar bilan ishlash bo'yicha lavo­zim yo'riqnomasi.


Korxona xavfsizlik xizmati tarkibida axborot-tahlil bo'linmalari, xavfsizlikni ta'minlash yo'nalishlari bo'yicha tashkiliy bo'g'inlar hamda muayyan vazifalarni bajarish uchun vaqtinchalik tuzilmalar yaratilishi mumkin.


Korxona rahbariyati yoki aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qa- roriga ko'ra, muayyan maqsadlar va yuzaga keluvchi sharoitlarda xavfsizlikni ta'minlashning murakkab vazifalarini hal qilish uchun korxonaning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda vaqtincha- lik tuzilmalar yaratilishi mumkin.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun korxonaning xavfsizlik xizmati Quyidagilarni amalga oshiradi:


  • ma'muriy-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik tartibini o'rnatish va ta'minlash, mas'ul shaxslarning korxona xavfsizligini ta'minlash masalalari bo'yicha huquq va majburiyatlarini belgilash, shuning- dek, korxonaning mazkur faoliyat turi sohasidagi vakolat funksi- yalarini amalga oshirishga oid qarorlar tayyorlash;


  • xo’jalik-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik xizmatining korxona xavfsizligini ta'minlashda zarur bo'lgan resurslarni belgilash, kor­xona mulki va intellektual boyliklarini saqlash va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish;


  • hisob-nazorat funksiyasi, tijorat-moliyaviy faoliyatning eng muhim yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish va korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid soluvchi xavf-xatarning oldini o'z vaqtida olish, ularning manbalarini baholash, xavfli holatlarni nazorat qi­lishni yo'lga qo'yish, korxona xavfsizligiga ta'sir ko'rsatuvchi sal- biy omillarni hisobga olish, shuningdek, korxonaning hayotiy ehti- yojlariga tahdid soluvchi g'irrom raqiblar, ishonchsiz hamkorlar, shaxslar va tashkilotlar haqida ma'lumotlar yig'ish;



  • Download 29.86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling