Mavzu: Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi
Download 37.94 Kb.
|
Mavzu Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona xavfsizligini ta’miniashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.
Mavzu: Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi. Reja:
2. Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi 3. Korxonaning tijorat siri mohiyati va uni himoya qilish mexanizmlari 4. Raqobatchilar to’g’risida axborot olish uslublari, turlari va ularni himoya qilish subyektlari Korxona xavfsizligini ta’miniashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. Xavfsizlik bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va ko’pincha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtayi nazaridan baholanadi va ko’rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, piyoda xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi yoki zararsizligi kabi tushunchalarni uchratsak-da, korxona xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo’q. Xavfsizlikni ta’minlash hamisha, hamma joyda, hamma narsalar uchun muhim bo’lib kelgan. Insoniyat paydo bo’libdi-ki, xavfsizlik masalasi uning oldida hamisha dolzarb bo’lib hisoblangan. Bugungi bozor munosabatlari sharoitida hamma korxonalarga erkinlik va mustaqillik joriy qilinayotgan bir paytda, uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash ham o’ta dolzarb va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bo’lgan usulda muhim jarayondir. Bu jarayonni to’g’ri va to’liq anglash uchun uning tushunchasi, maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishni taqozo qiladi. «Mustaqil rivojlanish yillarida - tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo’lga kiritdi, buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o’zgarib, jahon hamjamiyatidagi o’rni va nufuzi yuksalib bormoqda». Mahsulotlaming zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg’oqchiligining diqqat markazida turib, korxona va mamlakat uchun ma’lum bir xavf tug’diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozirgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo’limlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish Vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur bo’ladi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini doimiy ravishda ta’minlab turish uning rahbariyatidan katta e’tiborni, tashkiliy ishlarni amalga oshirishni va uni oqilona boshqarib borishni talab qiladi. Bu jarayonni to’g’ri tashkil qilish uchun umuman xavflilik va xavfsizlik tushunchalarining nima ekanligini aniqlashni taqozo qiladi. Mazkur ishda korxonaning umumiy xavfsizligi emas, balki iqtisodiy jihatdan xavfsizligi xususida gap boradi. Uni ta’minlash uchun esa korxona rahbariyatidan juda katta tashkilotchilikni talab qiladi. Download 37.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling