Mavzu: Kõp atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smolalar reja
Download 403.5 Kb.
|
Mavzu K p atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smo
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. ASOSIY QISM 1.1. Ko‘p atomli spirtlarning izomeriyasi va nomenklaturasi.
Mavzu: Kõp atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smolalar REJA KIRISH I. bob. ASOSIY QISM 1.1 Ko‘p atomli spirtlarning izomeriyasi va nomenklaturasi. 1.2 Ko‘p atomli spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari. 1.3 Ko‘p atomli spirtlarning olinishi va ishlatilishi. 1.4 Ko‘p atomli spirtlarning ayrim vakillari. II.bob. AMALIY QISM. 2.1. Ko‘p atomli spirtlarga hos labaratoriya tajribalarini o’rganish. 2.2. Fenol asosida sintez qilinadigan smolalar. XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. KIRISH Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. Atrofimizni oʻrab turgan dunyo, hayvonot olami va jonsiz tabiat bularning barchasi moddalardan tarkib topgan. Kimyo fani ana shu moddalar tarkibi, xossalari, tuzulishi, shuningdek, bir turdan ikkinchi turga oʻtishini oʻrganadi. Kimyo tabiat haqidagi fan boʻlib, u fizika, biologiya, minerologiya kabi fanlar bilan uzviy bogʻliq. Organik moddalar kishilarga qadimdan ma’lum, ular organik bo‘yoqlarni (alizarin, purpur, indigo), uzum sharbatini bijg‘itib sirka hosil qilishni, o‘simliklardan shakar hamda moy olishni, yog‘larni ishqorlar bilan qaynatib sovun hosil qilishni bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Organik kimyo organik moddalarning asosiy manbalari — toshko‘mir, neft, tabiiy gaz, o‘rmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘li bilan xalq xo‘jaligi uchun yoqilg‘i, bo‘yoq, portlovchi modda, dori-darmon, sun’iy ipak, o‘g‘it va boshqa kerakli mahsulotlar yetkazib beradi. Paxta tolasini qayta ishlash, sun’iy ipak, kapron, neylon va lavsan kabilarning olinishi organik kimyoni to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga qo‘shgan katta hissasidir. Organik kimyo fanining taraqqiyoti, texnikaning va umuman ishlab chiqarishning rivojlanishida hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi. I BOB. ASOSIY QISM 1.1. Ko‘p atomli spirtlarning izomeriyasi va nomenklaturasi. Molekulasida ikki va undan ortiq gidroksil guruhlari bo‘lgan birikmalar ko‘p atomli spirtlar deyiladi. Ko‘p atomli spirtlarning molekulasidagi gidroksil guruhlar turli uglerod atomiga bog‘langan bo‘ladi. Agar bir uglerod atomiga bir necha gidroksil guruh birikkan bo‘lsa, ular barqaror emas, u holda undan suv molekulasi ajralib chiqishi natijasida aldegid, keton va kislotalar hosil bo‘ladi. Ikki atomli spirtlar (glikollar yoki diollar). Bular har bir uglerod atomiga bittadan gidroksil guruh saqlagan birikmalardir. Sistematik nomenklaturaga ko‘ra ularga “diol” so‘zi qo‘shib va shu gidroksil guruh qaysi uglerod atomiga turganligini ko‘rsatib aytiladi. Butandiolning oltita izomeri bor: 1. CH2-CH-CH2-CH3 butilenglikol 1,2 –(α izomer) | | OH OH 2. H2C-CH2-CH-CH3 butandiol -1,3 ( β-izomer) | | OH OH 3. CH2- CH2-CH2-CH2 butandiol -1,4(γ-izomer) | | OH OH 4. CH3-CH-CH-CH3 butandiol-2,3 (α-izomer) | | OH OH 5. CH2- CH( CH3)- CH3 2-metilpropandiol-1,2(α-izomer) | | OH OH 6. CH2-CH(CH3)-CH3 2-metilpropandiol-1,3 ( β- izomer) | | OH OH Glikollar gidroksil guruhlarining joylashishiga qarab α, β,γ holatlarda bo‘ladi. Glikollarning ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo‘lishi mumkin. Bunda ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo‘lishi mumkin, ikkita gidroksil guruh qo‘shni uglerod atomida joylashgan bo‘ladi. Ular pinakollar deb ataladi. Ayrim hollarda ikki atomli spirtlarni dioksi birikmalar deb ham atashadi. Masalan; dioksietan CH2- CH- CH3 1,2-dioksipropan | | OH OH Uch atomli spirtlar (gliserinlar yoki triollar). Uch atomli spirtlarda uchta uglerod atomiga uchta gidroksil guruhi birikkan bo‘ladi, ularning umumiy formulasi: CnH2n-1(OH)3 Ular Jeneva nomenklaturasiga ko‘ra triollar deb ataladi, ularning birinchi vakili gliserin yoki propantriol deyiladi. 1,2,3-propantriol bo‘ladi. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling